TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.04K photos
1.1K videos
6 files
5.45K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #ro_yxatdan_o_tgan #statistika
1 917 TA OBYEKT DAVLAT ROʻYXATIDAN OʻTGAN

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tumanlardagi filiallari tomonidan 2023-yilning 25-yanvar – 1-fevral kunlarida jami 1 917 ta koʻchmas mulk obyektlariga boʻlgan huquqlar davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Ularni tumanlar kesimida koʻradigan boʻlsak:

🔷 Bektemir tumanida – 47 ta
🔷 Chilonzor tumanida – 130 ta
🔷 Mirobod tumanida – 103 ta
🔷 Mirzo Ulugʻbek tumanida – 194 ta
🔷 Olmazor tumanida – 112 ta
🔷 Shayxontohur tumanida – 95 ta
🔷 Sergeli tumanida – 182 ta
🔷 Uchtepa tumanida – 125 ta
🔷 Yakkasaroy tumanida – 89 ta
🔷 Yangihayot tumanida – 340 ta
🔷 Yashnobod tumanida – 306 ta
🔷 Yunusobod tumanida – 194 ta.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятида қайта тикланувчи энергия манбаларини оммалаштириш ва аҳоли бандлигини таъминлаш чоралари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам расширения использования возобновляемых источников энергии и обеспечения занятости населения в Андижанской области.

#Mirziyoyev #safar #Andijon #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Kadastr #aholini_ro_yxatga_olish
QADIMDA AHOLINI RO‘YXATGA OLISH

📊 Aholini dastlabki ro‘yxatga olish qadimgi Gretsiya, Vavilon, Mesopotamiya, Rim, Xitoy, Yaponiya va Misrda o‘tkazilgan.

✍🏼 Aholini ro‘yxatga olishdan asosiy maqsad soliq to‘lash layoqatiga ega va harbiy xizmatga yaroqli bo‘lgan aholi sonini aniqlash bo‘lgan. Shuning uchun ham aholini ro‘yxatga olish tadbirlarida asosan erkaklar ro‘yxatga olingan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #DXMdagi_xizmatlarimiz
MUHIM ESLATMA

🏠 Ko'chmas mulk sotib olish arafasida bo'lsangiz hamda turli xil noqulay va noxush vaziyatlarga tushmaslikni oldini olishni istasangiz, unda ushbu obyekt buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotga ega bo'lish foydadan holi bo'lmaydi.

Buni qanday amalga oshirish mumkin?

🔸Juda oddiy, siz onlayn tarzda – YIDXP (my.gov.uz) yoki oflayn tarzda – Davlat xizmatlari markazi orqali murojaat qilib, ma'lum bir ko'chmas mulk buzilishga tushgan yoki tushmaganligi to'g'risida ma'lumotnoma olishingiz mumkin.

🔸Xizmatdan foydalanish uchun faqatgina ko'chmas mulk obyektining kadastr raqami kerak bo'ladi.

🔸Xizmatdan jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi mumkin.

🔸Xizmat narxi - 15 000 so'm (BHMning 5 foizi) miqdorida.

🔸Xizmat ko'rsatish muddati – 3 ish kuni.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

◻️Joriy yilning 1-fevral kuni ijtimoiy tarmoqlardan birida “Koʻp qavatli uylar oʻrtasida oʻzboshimchalik bilan qurilish boshlandi” sarlavhasi ostida murojaat joylandi.

◻️Ushbu murojaat boʻyicha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni maʼlum qiladi.

◻️Murojaatda koʻrsatilgan holat Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Yangihayot tuman boʻlimi xodimlari tomonidan joyiga chiqib oʻrganildi. Oʻrganish natijasida 2022-2023-yillarda mahallalar infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 25.10.2022-yildagi PQ-408-son qarori ijrosi boʻyicha Yangihayot tumani, “Yangi Umid" mahallasi 47- va 46-uylar oldiga Sport majmuasi qurilayotganligi aniqlanib, buyurtmachi Toshkent shahar hokimligi ekanligi maʼlum boʻldi.

◻️Shu bilan birga, Yangihayot tuman hokimligi mutasaddi rahbarlari tomonidan ushbu mahallada yashovchi fuqarolar bilan uchrashilib, qurilayotgan sport majmuasining loyihalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #yer_nazorati #bekatlar
O‘ZLASHTIRILGAN BEKATLAR

🏢Kadastr agentligining Toshkent shahar boshqarmasi xodimlari tomonidan bekatlar muntazam oʻrganilmoqda.

⚜️ Masalan, Yakkasaroy tumanida joylashgan “Doʻstlik bogʻi bekati”ning umumiy maydoni 50 kv.m.

Bekat majmuasi hududida umumiy 6 kv.m yer maydoni tadbirkorga ajratilgan, biroq tadbirkor tomonidan fuqarolarning umumiy foydalanishida boʻlgan bekat qismining 13 kv.m va doʻkon yonida 7 kv.m, jami 20,0 kv.m yer maydonini oʻzboshimchalik bilan oʻrab qoʻygani va qurilma qurganligi aniqlangan.

Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Yakkasaroy tumani boʻlimi inspektorlari tomonidan tadbirkorga oʻzboshimcha egallangan yer maydonini 15 kunlik muddatda ixtiyoriy bartaraf etish va yer maydonini yaroqli holatga qaytarish yuzasidan koʻrsatma berilgan. Natijada tadbirkor belgilangan muddatda bartaraf qilish ishlarini amalga oshirgan.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #rasmiy_munosabat
RASMIY MUNOSABAT

Bugun ijtimoiy tarmoqlardan birida “Derazasi yopilib qolgani uchun uyimni buzdurmoqchi...” sarlavhasi ostida murojaat joylandi.

🏢 Ushbu murojaat boʻyicha Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari quyidagilarni maʼlum qiladi.

◻️Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Chilonzor tumani boʻlimi xodimlari tomonidan holat joyiga chiqib oʻrganilganda, fuqaro X.G. tomonidan Tirsakobod 4-tor koʻchasi, 69-uyda 159.0 kv.metr yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallangan boʻlib, ushbu yer maydonida noqonuniy qurilma qurilganligi aniqlandi.

◻️Shuningdek, fuqaro X.G.ga, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 266-moddasiga muvofiq, Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasiga berilgan vakolatlarga asoslanib, Oʻzbekiston Respublikasi MJtKning 60-moddasi 3-qismiga asosan jarima qoʻllanilgan va sud organlariga noqonuniy barpo etilgan qurilmani buzdirish uchun daʼvo arizasi kiritilganligi va sud tomonidan qanoatlantirilganligi maʼlum qilinadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari

🔹Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalari ushbu uylarning turar joylari va yashash uchun moʻljallanmagan joylari mulkdorlariga doimiy foydalanish uchun beriladi.

🔹Koʻp kvartirali uylar atrofidagi yer uchastkalaridan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.

🇺🇿 Oʻzbekiston Respublikasining Yer Kodeksi, 63-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Kadastr #ma_rifat_soati
“SIYOSIY-MAʼRIFAT SOATI”

❇️ Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-maʼrifat soati” tashkil etildi.

❇️ Unda Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Toshkent shahar boshqarmalari, uning tarkibidagi barcha tuman filiallari xodimlari faol ishtirok etishdi.

❇️ Bugungi “Siyosiy-maʼrifat soati”da davlat fuqarolik xizmatchilarida kreativ fikrlash mavzusi maʼruzachi tomonidan atroflicha yoritildi.

❇️ Shuningdek, oʻquv soatida yurtimiz va xorijda roʻy berayotgan ahamiyatga molik voqealar haqida ham maʼlumot berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube