TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.16K subscribers
9.07K photos
1.11K videos
6 files
5.48K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #ochiq_muloqot #Bektemir #korrupsiyaga_qarshi_kurash
AHOLI BILAN OCHIQ MULOQOT

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi T.Yuldashev hamda Bektemir tumani filiali boshlig‘i O‘.Saliyev ishtirokida “Rohat” MFY binosida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

📃 Unda yig‘ilganlarga O‘RQ-997-sonli Qonun mazmun-mohiyati haqida ma’lumot berilib, mazkur Qonun yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

◼️Bundan tashqari “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida"gi 937-sonli Qonunga binoan tasdiqlangan reja-jadval asosida mahallalarda olib borilayotgan xatlov ishlariga ham toʻxtalib oʻtildi. Fuqarolarning ushbu qonun yuzasidan hamda kadastrga oid boshqa murojaatlari tinglanib, tegishli yechim, huquqiy tushunchalar berildi.

◼️Shuningdek, xatlov jarayonida firibgarlik, manfaatlar to‘qnashuvi, poraxo‘rlik kabi holatlar kuzatilsa tegishli tashkilotlarga murojaat qilishlari mumkinligi haqida zarur ma’lumotlar taqdim etildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📣 DIQQAT E’LON! 📣

Poytaxtimizning Sergeli tumani fuqarolari va tadbirkorlari!

◼️Sizning kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlaringizni ko‘rib chiqish maqsadida ⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkaziladi.

📃 Kadastrga oid masalalaringiz bo‘lsa, sayyor qabulda ishtirok etishingiz mumkin.

🗓 Kuni: 2024-yil, 24-dekabr, soat 11:00 dan.

📞 Qabulga yozilish uchun: (+99871) 231-03-04.

📍 Manzil: Sergeli tumani, “O‘zgarish” MFY binosi.

▶️ Mo‘ljal: “Olmazor-Sergeli” yer usti metro yo‘nalishining O‘zgarish bekati.

🗣Lokatsiya.

#Kadastr #sayyor_qabul #Sergeli

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #huquqiy_asos #Qonun_997
YERGA OID HUQUQBUZARLIKLARNI BARTARAF QILISH MEXANIZMLARI TAKOMILLASHTIRILDI

🗓 2024-yilning 15-noyabrida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga yer uchastkalaridan samarali foydalanish, sohadagi huquqbuzarliklarning oldini olish mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 997-sonli Qonun qabul qilindi.

📊 Infografika orqali mazkur qonunning ahamiyatli jihatlari hamda davlat mulkida bo‘lgan yer uchastkasini qaytarish, o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ishlarni yuritishning o‘ziga xos xususiyatlari haqida batafsil ma'lumotlar olishingiz mumkin.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #aholi_fikri #kadastr_xizmatlari
KADASTR XIZMATI HAQIDA AHOLI FIKRI

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi va uning tuman filiallari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqida aholi qanday fikrda?

▶️ Batafsil mazkur reportajda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos #javobgarlik
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH

◾️Yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olish, shu jumladan ushbu yer uchastkalariga nisbatan qonuniy huquqlari mavjud bo‘lmagan holda ulardan foydalanish, xuddi shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining uch yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikni cheklash yoki bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi, 229-modda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #atamalar

◼️ Turar joy – fuqarolarning doimiy yashashiga mo‘ljallangan, belgilangan sanitariya, yong‘inga qarshi, texnik talablarga javob beradigan, shuningdek belgilangan tartibda maxsus uylar (yotoqxonalar, vaqtinchalik uy-joy fondi uylari, nogironlar, faxriylar, yolg‘iz qariyalar uchun internat-uylar, shuningdek bolalar uylari va boshqa maxsus maqsadli uylar) sifatida foydalanishga mo‘ljallangan joylar.

◼️ Turar joy ko‘chmas mulk hisoblanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📍2024-yil 1-dekabr holatiga Yoshlar uchun ajratilgan dehqon xo‘jaliklari hamda ularni Kadastr idoralaridan ro‘yxatdan o‘tkazilish holati to‘g‘risida ma'lumot.

#Kadastr_agentligi #infografika

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Qanday holatlar kadastr pasporti berishni rad etish uchun sabab bo‘lishi mumkin?

Javob: Vazirlar Mahkamasining 02.09.2020 yildagi 535-son qaroriga asosan, quyidagilar kadastr pasporti berishni rad etish uchun asos bo‘ladi:

◾️so‘rovnomada noto‘g‘ri ma’lumotlar ko‘rsatilishi;

◾️ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud emasligi;

◾️ariza beruvchi yoki uning vakili kelishilgan manzilda bo‘lmagan taqdirda;

◾️vakolatli organ tomonidan kadastr pasportini rasmiylashtirish bo‘yicha ko‘chmas mulk obyektiga taqiq yoki xatlov qo‘yilganligi.

◾️Kadastr pasportini rasmiylashtirishni ushbu bandda ko‘rsatilmagan asoslar bo‘yicha rad etish qat’iyan taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM