TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.22K subscribers
9.26K photos
1.14K videos
6 files
5.62K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
📝📝📝📝

HAR BIR MUROJAAT E’TIBORDA


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalari mutasaddilari ishtirokida poytaxtimizning📍Uchtepa tumani aholisi uchun sayyor qabul o‘tkazildi.

◼️Yig‘ilganlarga dastlab 🌏 Oʻzbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-937-sonli qonunining mazmun-mohiyati, unda nazarda tutilgan tartib-taomillar, aholiga yaratilgan imkoniyatlar haqida ma'lumot berildi.

📃 Qabul davomida 20 ga yaqin fuqaroning ko‘chmas mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish, kadastr pasportini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirishga doir savol va muammolari tinglanib huquqiy tushunchalar berildi.

Darhaqiqat, kadastr tizimida soha mutasaddilari tomonidan tashkil etilayotgan sayyor qabullar fuqaro va tadbirkorlar murojaatlariga tezkorlik bilan yechim topilishiga, davlat idoralarining xalqqa yanada yaqin bo‘lishiga xizmat qilmoqda.

#Kadastr #sayyor_qabul #Uchtepa

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Geodezik_punkt #javobgarlik
GEODEZIK PUNKTLARDAN QANDAY MAQSADLARDA FOYDALANILADI?

Geodeziya punkti – yer yuzasiga (yerga, bino yoki boshqa sunʼiy inshootga) maxsus tarzda o‘rnatiladigan va geodezik usullar bilan aniqlangan koordinatalari aniq bo‘lgan nuqta.

🫥 Geodeziya punkti geodeziya tarmog‘ining elementi bo‘lib, u yer relefini topografik suratga olish va bir qator boshqa geodeziya ishlari uchun geodezik asos bo‘lib xizmat qiladi va maqsadiga ko‘ra rejali, balandli va gravimetrik usullarga bo‘linadi.

⚡️Egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, – fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik taʼminlanadi

🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-973-son, 09.10.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi

📃 Qonunga koʻra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalariga boʻlgan oʻz huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari oʻzgartirilmagan holda boshqa shaxsga oʻtkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

🫥 Shuningdek, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov oʻrniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.

📜 Bundan tashqari, eng yaxshi taklifni tanlab olish yoʻli bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshiruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini toʻgʻridan-toʻgʻri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablagʻlar toʻlanishi nazarda tutilmoqda.

Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikda_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HAMMASI KADASTR PASPORTI HAQIDA


Kadastr pasporti qanday hujjat va u qanday hollarda rasmiylashtiriladi?

Kadastr hujjatini olish uchun yuborilgan arizalar nima sababdan rad etilishi mumkin?

💠 Ochun uz saytida e’lon qilingan maqolada 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘yicha bosh mutaxassisi M.Azimov shu kabi muhim savollarga to‘liq javob berdi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #kadastr_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

@DKPUZ_bot ga murojaat qilish tartibi

🤖 Fuqaro va tadbirkorlar kadastr sohasiga oid savol va muammolarini Davlat kadastrlari palatasiga @DKPUZ_bot orqali yuborishlari mumkin.

▶️ Ushbu videorolikda bot orqali murojaatni yo'llash tartibi bilan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

ESLATMA: Har bir yangi murojaat uchun ushbu ketma ketlikni boshidan bajarishingiz talab etiladi! Shuning uchun murojaatni yaxlit matn ko'rinishida yuborishingiz lozim.

#DavKadastrPalata #murojaatlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Yakkasaroy #Mirobod
KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH – DAVR TALABI

🗣Korrupsiya illatining oqibatlari bilan kurashishdan ko‘ra uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabab va shart-sharoitlarni aniqlash hamda bartaraf etish muhim hisoblanadi.

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari Sh.Ro‘zmatov, T.Yuldashev tomonidan Yakkasaroy hamda Mirobod tumani filiallarida tashkil etilgan davra suhbatida ham xodimlarning o‘ziga yuklatilgan vazifalarga mas’uliyat bilan yondashishi, murojaatlarni vaqtida va sifatli ko‘rib chiqishi, korrupsiya kabi salbiy holatlarga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lishi kabi muhim masalalarga to‘xtalib o‘tildi.

◼️Shuningdek, 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonun ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlikka, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DIQQAT E’LON!


➡️ Ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandisining malaka shahodatnomasini qo‘lga kiritish uchun navbatdagi malaka imtihoni o‘tkaziladi.

🗓 Imtihon kuni: 2024-yil, 21-22-oktabr
🕔 soat 10:00, 11:00, 15:00, 16:00 da

📍 Manzil: Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati binosi.

📹 Imtihon jarayonlarini Davlat kadastrlari palatasining You Tube platformasi orqali to'g'ridan-to'g'ri kuzatishingiz mumkin.

📃 Malaka imtihonida 71 nafar talabgorlar ishtirok etadi.

#DavKadastrPalata #malaka_shahodatnomasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #infografika #yer_fondi_toifalari
TOSHKENT SHAHAR YER FONDINING TOIFALARI BO‘YICHA TAQSIMLANISHI

◼️2024-yil 1-oktabr holatiga Toshkent shahrining umumiy yer maydoni 43 467 gektarni tashkil etadi.

📊 Poytaxt hududidagi yer fondining toifalari bo‘yicha taqsimlanishi mazkur infografikada.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #arxiv_raqamlashtirish #Mirobod
ARXIV HUJJATLARI RAQAMLASHTIRILMOQDA

🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining filiallari idoraviy arxivlarida saqlanayotgan kо‘chmas mulk obyektlarining kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirish va ularni hisobga olish ishlari davom ettirilmoqda.

📍 Boshqarmaning Mirobod tumani filiali arxivida jami 50 524 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanadi.

Shundan:

📊 Turar joy arxiv hujjatlari – 45 889 ta.
📊 Noturar joylar arxiv hujjatlari – 4 635 ta.

Arxiv hujjatlarini raqamlashtirish doirasida bugungi kunga qadar jami 12 474 ta kadastr yig‘majildlarini raqamlashtirishga erishildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #oliy_ta_lim_hamkorlik_aloqalari
TALABALAR UCHUN AMALIY MASHG‘ULOT

◼️Xabaringiz bor, Prezidentimiz tomonidan kollej-texnikumlar va oliygohlarni ish beruvchilar bilan uzviy bog‘laydigan tizim yaratish yuzasidan berilgan topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida ⭐️Kadastr agentligi tomonidan 2024-yilda amalga oshiriladigan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.

◼️Unga muvofiq 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi binosida Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti kafedrasi filiali faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.

◼️Haftaning har shanba kuni mazkur ta’lim dargohining Geodeziya, kartografiya va kadastr yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun “Ko‘chmas mulk kadastri” fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulot darslari o‘tkazilmoqda.

🧊 Navbatdagi amaliy mashg‘ulot davomida talabalar mutaxassislar ko‘magida kadastr sohasida qo‘llaniladigan zamonaviy, yangi avlod o‘lchov vositalari, ulardan foydalanishning o‘ziga xos jihatlari bilan yaqindan tanishdilar.

Kadastr sohasiga qiziquvchi talaba yoshlar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish barobarida qurilmalardan foydalanish ko‘nikmasiga ham ega bo‘ldilar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM