TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.17K subscribers
9.05K photos
1.11K videos
6 files
5.46K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

DKPning yagona aloqa markazi

⭐️🌟 Kadastr agentligining 1097 - ishonch raqamlari va Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi fuqarolarga kadastr sohasi bilan bog‘liq murojaatlariga malakali mutaxassislar tomonidan batafsil ma'lumotlar berilishini ta'minlashga xizmat qilib kelmoqda.

📞 (71) 207 00 03 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilish yoki @Dkpuz_bot telegram boti orqali murojaat qilish orqali yagona aloqa markazi bilan bog'lanishingiz mumkin.

▶️ Ushbu videorolikda Davlat kadastrlari palatasining yagona aloqa markazi faoliyati bilan yaqindan tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #call_center

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

❗️Yer uchastkasiga, binoga, inshootga, ko‘p yillik dov-daraxtlarga yoki boshqa ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlar boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda va huquq turining o‘zgarishini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish vaqtida mazkur yer uchastkasi, ko‘p yillik dov daraxtlar egallagan yer uchastkasi, bino, inshootning kadastr raqami o‘zgartirilmaydi.

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🗂🗂🗂🗂

TELEEFIRDA QONUN TARG‘IBOTI


🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boʻlim boshligʻi B.Abdumalikov hamda boshqarma bosh yuristkonsulti O.Anvarov “Oʻzbekiston” telekanalining tonggi dasturida “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun mazmun-mohiyati, yurtdoshlarimizni qiziqtirayotgan ko‘plab savollar yuzasidan ma’lumot berdilar.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #tv

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from AOKA - Rasmiy kanali
📢 13 сентябрь, жума куни АОКАда ўтказилиши режалаштирилган брифинг:

😉😉😉😉😉

⚫️Мавзу: Кадастр соҳаси бўйича аҳолидан келиб тушган саволлар
⚫️Вақти: 14:00
⚫️Иштирок этади: Муножат Йўлдошева, Давлат кадастрлари палатаси ахборот хизмати раҳбари
😉😉😉😉😉

Telegram |WhatsApp| Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #arxiv #Shayxontohur
ARXIV-KADASTR TIZIMINING YURAGI

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasining hududiy filiallari arxiv xonalarida xodimlar uchun munosib mehnat sharoiti va ish unumdorligini yanada yaxshilash maqsadida zarur ishlar amalga oshirilmoqda.

◼️Jumladan, Shayxontohur tuman filiali idoraviy arxiv xonasi kengaytirilib, qayta ta’mirdan chiqarildi. Yong‘indan xabarlash uchun tutunga ishlaydigan signalizator, o‘t o‘chirish, haroratni elektron o‘lchash vositalari, maxsus ventilyatsiya tizimi o‘rnatildi. Kirish barmoq izi tizimi orqali amalga oshiriladi.

💬 Ma'lumot uchun:

📃 Filial arxivida jami 71 856 ta ko‘chmas mulkka tegishli hujjatlar saqlanadi. Shundan turar joy arxiv hujjatlari – 62 030 tani, noturar joylar arxiv hujjatlari – 9 826 tani tashkil etadi.

🫥 Bugungi kunda arxiv xonasida xodimlar ish faoliyatini yaxshilash, hujjatlarning xavfsiz saqlanishini ta’minlash uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratish jarayoni davom etmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎬🎬🎬🎬 🗂🗂🗂🗂

QONUN HAQIDA RADIOSUHBAT TASHKIL ETILDI


🌏 “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi Qonun OAV orqali keng jamoatchilikka yoritib kelinmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi mas’ul xodimlari B.Abdumalikov hamda O.Anvarov ishtirok etgan 🎥 “Oriat dono” radiosidagi jonli muloqot mavzusi ham aynan yuqoridagi Qonun haqida bo‘ldi.

📃 Mutaxassislar tomonidan 937-sonli Qonun qachondan kuchga kirishi, uy-joylarga huquqni e’tirof etishda nimalar inobatga olinishi, egalik huquqi masalasida aholiga qanday qulayliklar yaratilgani va boshqa muhim savollarga javob berib o‘tildi.

#Kadastr #oav_biz_haqimizda #radio

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🌟Kadastr agentligi direktori o'rinbosari "Geoinovatsiya markazi" DM direktori Abdushukur Xamidovich Abdullayev joriy yilning 11 - sentabr kunida Turon fanlar akademiyasi Akademigi unvoni bilan mukofotlandi va shu munosabat bilan "Akademik" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi.💐

💐Shuningdek, Turon akademiyasining 🏅10 yillik ko'krak nishoni bilan ham taqdirlandi.

🌟Kadastr agenligi jamoasi Abdushukur Xamidovichni Akademik unvoni hamda yutuqlari bilan samimiy tabriklaydi.

#Kadastr_agentligi #taqdirlov #akademik

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Yangi qonun haqida jamoatchilikdan kelayotgan savollarga javob


◼️ AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda Davlat kadastrlari palatasi axborot xizmati rahbari Munojat Yuldasheva kadastr sohasi boʻyicha aholidan kelib tushgan savollarga javob berdi:

Yer uchastkalaridagi binolar 2018-yilgacha qurilganligi qanday aniqlanadi?

⭐️🌟 Kadastr Agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan xatlov oʻtkazilib, axborot tizimiga yuklangan obyektlarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi tomonidan — yer uchastkasi egallab olingan hamda binolar va inshootlar qurilgan davrning ushbu Qonunda nazarda tutilgan muddatlarga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi toʻgʻrisidagi berilgan xulosaga asosan aniqlanadi.

Qonunga ko‘ra, necha sotixgacha bo‘lgan yerlarga mulk va ijara huquqi rasmiylashtirib beriladi?

Yakka tartibdagi uy-joy qurilgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi quyidagi o‘lchamlarda e’tirof etiladi:

▫️ agar yer uchastkasi 1998 yil 1 iyulga qadar egallangan bo‘lsa, — barcha hududlarda 24 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda;
▫️ agar yer uchastkasi 1998 yil 1 iyuldan 2018 yil 1 mayga qadar egallangan bo‘lsa, — Toshkent, Nukus shaharlarida va viloyat markazlarida 6 sotixdan, qolgan hududlarda 12 sotixdan ko‘p bo‘lmagan o‘lchamda ijara huquqi e’tirof etiladi.

✍️ Batafsil

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 📑📑📑📑

🌐 Yer uchastkalari hamda ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalari bilan, mavjud chegaralarning o‘zgarishi va yangi uchastkaning shakllantirilishi bilan bog‘liq ravishda mazkur uchastkani bo‘lish yoki uning boshqasi bilan qo‘shilib ketishini keltirib chiqaruvchi operatsiyalarni amalga oshirish vaqtida yer uchastkalariga hamda ko‘p yillik dov-daraxtlar egallagan yer uchastkalariga belgilangan tartibda yangi kadastr raqami beriladi.

⚠️ Avvalgi berilgan kadastr raqamlari yo‘qotilgan hisoblanadi va ulardan qayta foydalanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

✔️ Bunda bino yoki inshootlarning kadastr raqamlari o‘zgartirilmaydi. Agar bino yoki inshootning bir qismi yangi tashkil etilgan yer uchastkalarida joylashsa, bino yoki inshootning qismini anglatuvchi kadastr raqami qo‘llaniladi.

Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 09.09.2024-yildagi 555-sonli qarori.

#Kadastr_agentligi #Vazirlar_Mahkamasi_qarori #vm_555_son

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
YER UCHASTKALARINI O‘ZBOSHIMCHALIK BILAN EGALLAB OLISH OQIBATLARI

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkasiga, shuningdek qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkasida barpo etilgan har qanday bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqini yoki boshqa mulkiy huquqlarni belgilashga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonunda nazarda tutilgan hollar mustasno.

Yer uchastkasini o‘zboshimchalik bilan egallagan, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan, qurilish uchun ajratilmagan yer uchastkasida qonunga xilof qurilish obyektini barpo etgan shaxslar insofli mulkdor deb tan olinmaydi.

O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalaridagi qonunga xilof qurilish obyektlarini suv ta’minoti, oqova suv, elektr, issiqlik energiyasi va gaz tarmoqlariga ulash taqiqlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlash me'yorlari infografikada

🫥 Arxiv ishi sohasidagi munosabatlar O‘zbekiston Respublikasining 15.06.2010 yildagi O‘RQ-252-sonli "Arxiv ishi to'g'risida"gi Qonuniga asosan tartibga solinadi.

📃 Ushbu Qonunga asosan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning arxiv hujjatlarini, shuningdek jismoniy shaxslarning shaxsiy arxiv hujjatlarini saqlash ular tomonidan mustaqil amalga oshiriladi.

❗️Milliy arxiv fondi tarkibiga kiritilgan arxiv hujjatlari doimiy (muddatsiz) saqlanishi lozim va ularni yo‘q qilib tashlash taqiqlanadi.

◼️Batafsil Idoraviy arxiv hujjatlarining saqlanish me'yorlari bilan ushbu infografika orqali tanishishingiz mumkin.

#DavKadastrPalata #arxiv

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

✔️Joriy yil davomida 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi chegarasini belgilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar hisoboti infografikada.

#Kadastr_agentligi #infografika #41_bayon_ijrosi

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Sergeli
BIZNING MANZILLAR: SERGELI TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Sergeli tumani filiali

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari: dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

◾️ Manzil: Sergeli tumani, Saadiy ko‘chasi, 1-uy.

📍 Lokatsiya.

📞 Murojaat uchun telefon: (+99871) 231-03-04.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #tashkiliy_yig_ilish #tayinlov
TAYINLOV

⭐️Kadastr agentligi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi boshlig‘i B.Shomansurov, Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i Sh.Olimov boshchiligida🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi boshlig‘i A.Yunusov hamda tizimdagi barcha xodimlar ishtirokida tashkiliy yig‘ilish o'tkazildi. Tuman filiallari mas’ullari masofadan ZOOM platformasi orqali ishtirok etdilar.

◼️Yig‘ilishda⭐️Kadastr agentligi direktori buyrug‘iga ko‘ra, Yuldashev Timur Nurullovich🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga tayinlangani e’lon qilindi.

◼️Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi jamoasi T.Yuldashevning kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM