TOSHKENT SHAHAR KADASTR
3.32K subscribers
10.3K photos
1.32K videos
6 files
6.37K links
🗞Toshkent shahar kadastr boshqarmasi Matbuot xizmati
📡 Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimizga obuna bo'ling va yangiliklardan xabardor bo'ling
📍 Yashnobod tumani, KXAY kòchasi, 9-uy
📞 +99871 231 68 51
👨‍💻 Murojaat uchun:
[email protected], [email protected]
Download Telegram
#Kadastr #kadastr_xizmatlari
KO‘CHMAS MULK TARIXI HAQIDA MA'LUMOT OLISH

⌨️ Murojaatlar qabul qilinadi:
Davlat xizmatlari markazi;
YIDXP – my.gov.uz orqali.

💬 Xizmatdan foydalanuvchilar:
Jismoniy va yuridik shaxslar

💬 Xizmatni ko‘rsatish uchun kerak bo‘ladigan hujjatlar:
talab etilmaydi

💬 Xizmatni ko‘rsatish muddati:
3 ish kuni davomida

📃 Xizmatni ko'rsatishning huquqiy asosi:
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 14-avgustdagi 380-son qarori

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😀😃😄😆😊

QONUN HAQIDA Bilishingiz muhim


⚖️ Kutilgan qonun Davlatimiz rahbari tomonidan imzolandi. Qonunning tub mohiyati, tartibi hamda talablari haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishingiz uchun mazkur ruknda aholidan kelayotgan barcha savollarga javoblarni berib boramiz.

🔹 Savol yo‘llang: @Dkpuz_bot va biz unga javob berib boramiz!

🤯Sizdan yo'llangan savollar:
1. Yer uchastkalaridagi binolar 2018-yilgacha qurilganligini qayerdan bilsa bo‘ladi?
2. Hujjati umuman mavjud emas yerlar nima bo`ladi davlatga qaytariladimi yoki buzib tashlanadimi?

😮 Javob videoda 👆

#DavKadastrPalata #bilishingiz_muhim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👏1
#Kadastr #tezkor_munosabat TEZKOR MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqlarning birida Sergeli tumanidagi qabriston hududi yuzasidan eʼlon qilingan murojaat 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan nazoratga olinib, hozirda ishchi guruhi o‘rganish ishlari olib borayotganligini maʼlum qilamiz.

◼️Holat yuzasidan qo‘shimcha maʼlumot berilishi taʼminlanadi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun kuchga kirgandan so‘ng hammaning uy-joylari bir vaqtning o‘zida qonuniylashtiriladimi?

🫥Oʻzbekiston axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi binosida 🌟 Kadastr agentligi tomonidan “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tgan edi.

Ushbu matbuot anjumanda ,berilgan savollarga javoblar.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Oʻzbekistonda 1 kv km yer maydoniga qancha aholi soni toʻgʻri keladi?


📊 Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilning 1-iyul holatiga, Oʻzbekistonda 1 kv km yer maydoniga oʻrtacha 82,7 nafar doimiy aholi soni toʻgʻri keladi.

Bu oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda oʻrtacha 1,7 kishiga ortgan (2023-yil 1-iyul holatiga 1 km2 ga 81,0 kishi toʻgʻri kelgan).

#DavKadastrPalata #ma_lumot_o_rnida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUQUQNI E’TIROF ETISH ASOSLARI

🌏 O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024 yildagi “Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi 937-sonli Qonunda nazarda tutilgan tartib-taomillar infografika ko'rinishida.

#Kadastr #infografika #huquqiy_savodxonlik

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #bizning_manzillar #Bektemir
BIZNING MANZILLAR: BEKTEMIR TUMANI FILIALI

⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining Bektemir tumani filiali

📃 Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish kunlari:
dushanbadan-jumagacha, soat 9:00 dan 18:00 gacha.

💠 Manzil:
Toshkent shahri, Bektemir tumani Suvsoz dahasi 29-uy, 118-xonadon.

📍 Lokatsiya:

📞 Murojaat uchun telefon:
(+99871) 295-33-99.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

❗️Uchtepa tumanidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash uchun ovoz berishda ishtirok eting!

Geografik obyektlarni nomlash va qayta nomlash masalalari bo‘yicha Toshkent shahar komissiyasiga Uchtepa tumani hokimligining tuman hududidagi nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash bo‘yicha takliflari kelib tushgan.

Toshkent shahar hokimligi “Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 4-1-moddasiga muvofiq, mahalliy aholining fikrini o‘rganish maqsadida poytaxt aholisini Uchtepa tumani hududida joylashgan nomsiz ko‘chalarni nomlash hamda amaldagi ayrim ko‘chalarni qayta nomlash yuzasidan o‘z fikrini https://geonom.tashkent.uz saytida ovoz berish yo‘li bilan bildirishga taklif etadi.

Shu bilan birga, aholi fikri quyidagi shakllarda ham qabul qilinadi:
📲Og‘zaki ravishda: +998-71-210-04-13 telefon raqamiga (ish kunlari soat 09:00-dan 17:00-gacha) murojaat qilish orqali;
✉️Yozma: 100060, Toshkent shahar, Chilonzor tumani, Islom Karimov ko‘chasi, 51-uy pochta manziliga xat yuborish orqali;
💻Elektron shaklda: [email protected] elektron pochtasiga xat yuborish yo‘li bilan.

🗓Mahalliy aholi ovoz berish jarayonida joriy yilning 20-avgust kunidan 3-sentyabr kuniga qadar qatnashishi mumkin.



Уважаемые граждане!

❗️ Примите участие в голосовании по присвоению наименований и переименованию некоторых улиц Учтепинского района!

В комиссию по вопросам присвоения наименований и переименования географических объектов города Ташкента поступило предложение от хокимията Учтепинского района по присвоению наименований и переименованию некоторых географических объектов.

В соответствии со ст. 4-1 Закона Республики Узбекистан "О наименованиях географических объектов", с целью изучения мнения местного населения, хокимият города Ташкента приглашает жителей столицы выразить свое мнение относительно присвоения наименований и переименования некоторых улиц Учтепинского района путём голосования на сайте https://geonom.tashkent.uz.

Также своё мнение можно выразить одним из нижеследующих способов:
📲 Устно по телефону: +998-71-210-04-13 (в рабочие дни с 09:00 до 17:00);
✉️ Письменно, направив письмо по адресу: 100060, г. Ташкент, Чиланзарский район, улица Ислама Каримова, 51;
💻В электронной форме, направив письмо на электронную почту: [email protected]

🗓 Жители столицы могут участвовать в процессе голосования с 20 августа по 3 сентября текущего года.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #korrupsiyaga_qarshi_kurash #Yashnobod
KORRUPSIYA – TARAQQIYOTGA TAHDID

Tartib-intizom, halollik va mas’uliyat har bir sohada yutuqlarga yetaklovchi jihatlar hisoblanadi.


⭐️Kadastr agentligi va 🌟Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmalarining tuman bo‘lim-filiallari xodimlari o‘rtasida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida muntazam profilaktik tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.

📍Navbatdagi davra suhbati Yashnobod tumanida tashkil qilindi.

◾️Unda Kadastr agentligi Toshkent shahar boshqarmasining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi H.Nosirov tomonidan xodimlarga korrupsiyaga oid huquqbuzarlik, uning huquqiy oqibatlari aniq misollar yordamida tushuntirildi.

◾️Shuningdek, 🌏“Oʻzboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga boʻlgan huquqlarni eʼtirof etish toʻgʻrisida”gi O‘RQ 937-sonli Qonunning mazmun-mohiyati va ahamiyatiga toʻxtalib oʻtilib, uning ijrosini amalga oshirish jarayonida kadastr xodimlarining ta’magirlik, korrupsiya, manfaatlar to‘qnashuvi kabi holatlarga yo‘l qo‘ymasligi yuzasidan tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #auksion #yer_uchastkalari
SHAYXONTOHUR TUMANIDAN YERLARNI SOTIB OLING!

◼️Toshkent shahridan "E-auksion" platformasida turgan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun mo'ljallangan yer uchastkalari savdosida ishtirok eting!

📍 Shayxontohur tumani

"Yangi Beltepa" MFYda 2 ta
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10945247
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10945246

"Qoratosh" MFYda 1ta
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10945245

"Olim Xo'jayev" MFYda 3 ta
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10889407
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10889408
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10889409

"Oqilon" MFYda 4 ta
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10889416
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10889417
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10889414
https://e-auksion.uz/lot-view?lot_id=10889406

Barcha yerlarni ko'rish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📚📚📚📚

RASMIY MUNOSABAT

◼️Ijtimoiy tarmoqlarning birida eʼlon qilingan Sergeli tumanidagi qabriston hududiga oid murojaat yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Toshkent shahar boshqarmasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

◼️Toshkent shahar hokimining 10.10.2018 yildagi qaroriga asosan Sergeli tumani, Choshtepa, 1-tor ko‘chasi manzilida joylashgan 5 564 kv.m ga teng qabriston hududi “Fuqarolarga xizmat ko‘satish boshqarmasi” Davlat muassasasiga tegishli.

◼️Videomurojaatda ko‘rsatilgan mazkur qabriston yonidagi bolalar maydonchasi joylashgan yer maydoni yuzasidan boshqarmada ma’lumot mavjud emas hamda kadastr pasportini shakllantirish yuzasidan buyurtma kelib tushmagan.

◼️Sergeli tumani filiali xodimi tomonidan qayd etilgan yer maydoni joylashgan joyga chiqib o‘tkazilgan o‘rganish ishlari natijasida bugungi kunda ushbu yer maydonidan bolalar maydonchasi sifatida foydalanib kelinayotganligi, ko‘chadan kirish tomoniga devor va eshik qurilganligi hamda ushbu yer maydoni qabriston hududiga qarashli emasligi ma’lum bo‘lgan.

◼️Shuningdek, boshqarmaning maʼlumotlar bazasiga muvofiq, Sergeli tumani, Choshtepa, 1-tor ko‘chasi manzilida joylashgan qabriston hududiga nisbatan kadastr pasportini rasmiylashtirish yuzasidan kelib tushgan buyurtmaga asosan 2022- yil 21-aprelda kadastr pasporti rasmiylashtirib berilganligi ma’lum qilinadi.

#Kadastr #rasmiy_munosabat

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #sizdan_savol
SIZDAN SAVOL, BIZDAN JAVOB

Savol: Ko‘chmas mulkni bo‘lish qay tartibda amalga oshiriladi?

Javob: Umumiy birgalikdagi mulkni bo‘lish ushbu umumiy mulk ishtirokchilari o‘rtasidagi kelishuvga yoki sud qaroriga asosan amalga oshiriladi.

💬 Jismoniy va yuridik shaxslarga ijara, doimiy foydalanish, meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqlarida tegishli bo‘lgan yer uchastkalarining bino va inshoot bo‘lmagan bo‘sh qismini alohida qismlarga bo‘lishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #huquqiy_asos
SIZ UCHUN MAʼLUMOT

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan quyidagi huquqlar yoki cheklovlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim:

◾️ mulk huquqi;
◾️ doimiy egalik qilish huquqi;
◾️ doimiy foydalanish huquqi;
◾️ meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi;
◾️ ijara huquqi;
◾️ ikkilamchi ijara huquqi;
◾️ xo‘jalik yuritish huquqi;
◾️ operativ boshqarish huquqi;
◾️ ko‘chmas mulkni ishonchli boshqarish huquqi;
◾️ bepul foydalanish huquqi;
◾️ renta;
◾️ ipoteka;
◾️ servitut;
◾️ ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarga nisbatan qonundan kelib chiqadigan yoki vakolatli davlat organlari tomonidan qo‘yilgan (belgilangan) cheklovlar.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatib boring👇🏼
🚀 Telegram | 🔵Facebook |📷 Instagram | 🎬YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xususiy mulkning va mulkdorlar huquqlarining himoya qilinishi kafolatlari kuchaytiriladi


🇺🇿 Prezident tomonidan imzolangan Qonun (OʻRQ-950-son, 29.08.2024-y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

◼️Unga koʻra, uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga uy-joyning qiymati hamda u koʻrgan zararlarning oʻrni belgilangan tartibda qoplanishini nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

◼️Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablagʻlarining, ushbu subyektlar davlat roʻyxatidan oʻtgan hududdan qatʼi nazar, Oʻzbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi taʼminlanishi belgilanmoqda.

◼️Bundan tashqari, Shaharsozlik kodeksiga sel va koʻchki xavfi mavjud boʻlgan hududlarda binolar va inshootlarni loyihalashtirish hamda qurish taqiqlanishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

📌 Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

#DavKadastrPalata #qonunchilikdagi_o_zgarishlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Soha a'lochilari hamda iftixorlari taqdirlandi

💐Mustaqilligimizning 33 yilligi munosabati bilan tantanali tadbirlar qatorida tizimning munosib vakillarini e'tirof etish maqsadida Kadastr agentligi binosida taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Bunda Kadastr agentligi tomonidan tizim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan eng namunali va tajribali xodimlar uchun "Soha a'lochisi" hamda "Soha iftixori" ko'krak nishonlarini topshirish marosimi o‘tkazildi.

🏅Mazkur tadbirda eng munosib soha vakillari sifatida jami 25 nafar xodim ko'krak nishonlari bilan taqdirlanishdi.

🔠Bu kabi eʼtibor va eʼtirofning bo‘lishi nafaqat qilingan ishlar uchun rag‘bat, balki kelgusi ishlarda yana-da muvaffaqiyatga erishish uchun ham turtki bo‘lishiga ishonamiz va bu kabi yutuqlar bardavom bo‘lishida yakdilmiz !

⭐️Kadastr agentligi tomonidan alohida e'tirof etilib, ko'krak nishonlari bilan taqdirlangan soha fidoyilarini samimiy muborakbod etib, kelgusi faoliyatlarida muvaffaqiyat va zafarlar tilab qolamiz.
💐💐💐Mukofotlar muborak bo'lsin!


#Kadastr #mustaqillik_bayrami #33_yil #Soha_a_lochisi

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM