KA Projects
421 subscribers
71 photos
1 video
4 files
39 links
💻Kompyuter Akademiyasi asoschisi va a'zolari tomonidan tashkil etilgan hamda yuritiladigan loyihalar haqida maʼlumot berib boriladigan kanal!

😎 @wmteam95
Download Telegram
KA Projects
Bepul ta'lim #kanal Manzil: https://t.iss.one/bepul_talim_uz Ishga tushirilgan sana: 29.10.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Assalomu alaykum hammaga!

Juma ayyomi muborak boʻlsin!

Ushbu kanalni bir do'stimizga berdim (bepulga). Oʻylaymanki kanalni foydali va qiziqarli rivojlantiradilar.

Kanalni bervorishimga sabablar:
- Loyihalarim koʻpligi sababli koʻpincha ulgurmayapman;
- Hamma narsa meniki deyish odatimdan qutulmoqchiman 😁.

💼 @ka_projects
Bir qiziqgandimda 😁

💼 @ka_projects
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Men bor yoʻgʻi sababchiman

Shu kunga qadar nimaiki loyihani amalga oshirgan boʻlsam va bu narsalar odamlarga yoqgan boʻlsa bu albatta Allohning marhamati.

Allohning meni bunga sababchi qilgani uchun shukronalar boʻlsin 😊.

💼 @ka_projects
KA Projects
🧠 Bilim - bu qudrat! #kanal Manzil: https://t.iss.one/bilim_bu_qudrat Ishga tushirilgan sana: 20.10.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
BBQ bizdan ketdi, ketdi, ketdi...

🤫 Ushbu kanalimdan ham ayrildim, ya'ni sotdim. Qanchaga va kimgaligi aytilmaydi.

Sotganimga sabablar:
- Unga vaqt ajratishim juda qiyin bo'lib borayotgan edi.
- Kelajagi uchun yangiliklar tadbiq etolmayotganim uchun obunachilar soni kamayib borayotgan edi.

🤗 Nasib qilsa yangi egasi menda ham yaxshiroq yuritadi va xalqimizning ilmiy salohiyatini oshirishga o'z hissasini qo'shadi.

💼 @ka_projects
Bismillah deb Instagramda faoliyat yuritishni boshladik

Yordamchilar yordamida instagramda sahifa ochib, unga shu kunga qadar e'lon qilingan maʼlumotlarni joyladik.

Birinchi jonli efir 22.02.2022 da boʻlib oʻtdi va 10 yaqin kuzatuvchi ishtirok etdi. Albatta bu kam koʻrinishi mumkin, lekin boshlanishiga yaxshi natija deyishdi, Alhamdulillah.

😶 Olgan xulosalarim:
- Shunchaki jonli efir qilish kerak emas, birorta mavzu boʻyicha gapirish kerak ekan. Boʻlmasam koʻpchilikga zerikarli boʻlar ekan.
- Efir boshlanishidan oldin yetarlicha reklama qilish kerak ekan.

🤗 Inshaalloh, hali instagramda yaxshi faoliyat yuritishda davom etamiz.

💼 @ka_projects
ExcelDarsBot'dan to'liq foydalanish uchun KA'ga a'zo bo'lishingiz majburiy 😎

🙃 Oxiri botlarimni kanalimga majburiy obuna sifatida ulashga qaror qildim.

Bunga bir qancha sabablar bor:
- Ham botni, ham kanalni reklama qilish uchun kattaroq budjet kerak 😅.
- KA ni ko'pchilik tanib qolgani uchun uni reklamasidan uncha katta efekt kelmayapti (meni nazarimda).
- O'ylab qarasa o'zaro bog'liqlik yo'q emasda 😁.

🔜 Qani ko'raylikchi qanday natijalarga erishamiz....

💼 @ka_projects
UzAutoCADbot
#bot

Manzil: https://t.iss.one/uzautocadbot
Ishga tushirilgan sana: 09.05.2022
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
UzAutoCADbot #bot Manzil: https://t.iss.one/uzautocadbot Ishga tushirilgan sana: 09.05.2022 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Ko'p sohalarda qo'llanilishi mumkin bo'lgan, universal dastur bo'lmish AutoCAD dasturini o'rganishga ko'mak beruvchi bot.

O'zimning asosiy soham ham shu dastur bilan chambarchars bog'liq bo'lgani uchun nasib qilsa ushbu loyiha "gullaydi".

🔄 Tah.: Loyiha boshqa insonga sotilgan.

💼 @ka_projects
Muhandislar Maktabi (YouTube)
#kanal

Manzil: https://youtube.com/channel/UC5hqh0PCO4cmHNjXy1ATmJA
Ishga tushirilgan sana: 09.05.2022
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov va do'stlarim

💼 @ka_projects
KA Projects
Muhandislar Maktabi (YouTube) #kanal Manzil: https://youtube.com/channel/UC5hqh0PCO4cmHNjXy1ATmJA Ishga tushirilgan sana: 09.05.2022 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov va do'stlarim 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Ushbu loyiha doirasida muhandislik sohasida faoliyat yuritayotgan insonlarga foyda beradigan turli xildagi kontentlar yaratish reja qilingan. Muhandislikning ham sohalari ko'p, hozircha esa men va sheriklarimni "tishi o'tadigan" sohalar bo'yicha ilm ulashamiz, inshaalloh. O'zim ham muhandis bo'lganim uchun nasib qilsa bu loyihamiz ancha uzoqga boradi.

💼 @ka_projects
KA Projects
UzIELTSbot - IELTS is easy with us! #bot Manzil: https://t.iss.one/uzieltsbot Ishga tushirilgan sana: 04.07.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Bu loyiha ham sotildi.

IELTS oʻqituvchisi botni sotib oldi, menda yaxshiroq qarashiga ishonaman. Inshaalloh bu bot kopchilikga ilm ulashishda davom etadi.

💼 @ka_projects
KA Projects
UzAutoCADbot #bot Manzil: https://t.iss.one/uzautocadbot Ishga tushirilgan sana: 09.05.2022 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Bu loyiha ham sotildi.

Yangi egasi ushbu boshlagan loyihani oxirigacha olib boradi degan umiddaman.

💼 @ka_projects
Forwarded from KOMPYUTER AKADEMIYASI (Valijon Maxmudov)
YouTube meni xafa qilishda davom etmoqda 😭

10 kuncha oldin 3DS Max dasturini o'rnatish va aktivlashga oid videoni o'chirgan ekan. Oxiri crack so'zini ishlatmay qo'yamiz shekilli...
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👋 Kichik loyihalarimni yopishga qaror qildim!

💬 "Biror nimaga erishish uchun boshqasidan kechish kerak" degan gapga koʻp amal qilaman. Bunga yana bir sabab minimalizmni yoqtirishim ham boʻlsa kerak.

🚫Ushbu kichik loyihalarimni toʻliq yopishga qaror qildim, balki keyinchalik davom etarmiz:

@foydali_apk1

@yosh_admin_kundaligi

@ka_kinolar

💼 @ka_projects
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Mana men motivatsiyani qayerdan olaman 😎

Barchasi uchun Alhamdulillah 🥹
💼 Portfolio - Valijon Maxmudov

👨‍💻 Mening ismim Valijon. 2020-yil boshrog'idan beri ijtimoiy tarmoqlarda asosan taʼlimga oid loyihalarni yaratib/yuritib kelaman.

🗒 Hozirga qadar asos solgan loyihalarim:

📱 Telegram:
@kompyuter_akademiyasi*
@bilim_bu_qudrat

🤖 Botlar:
@ExcelDarsBot*
@OfisDarsBot*
@UzIELTSbot
@UzAutoCADbot
@KiberXavfsizlikBot
@UchDsMaxBot

📱 Instagram va TikTok:
Kompyuter Akademiyasi (Instagram)*
Kompyuter Akademiyasi (TikTok)*

📱 YouTube:
Kompyuter Akademiyasi (o'chirildi): Yangi
Muhandislar maktabi*

💸 Pullik info mahsulotlarimiz:
Kompyuter Savodxonligi kursi (kompyuter-savodxonligi.uz)

📱 Kichik loyihalarim:
@Maxmudovning_tajribasi *
@vmblogi *
@ka_pptx *
@vm_library *

* Hozirda oʻzim boshqarayotgan loyihalarim. Qolganlari sotilgan yoki buyurtmaga tayyorlab berilgan.

Loyihalarimdagi obunachilar sonini kirib koʻrishingiz mumkin. Hech qaysi loyihamga nakrutka aralashmagan (sotilganlariga javob bermayman).

👝 @KA_Projects
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kunlik postlar e'lon qilinishi grafigi

😬 Erinmagan TgStat hamma ma'lumotlarni jamlab borar ekan. Ushbu rasmda kun davomida qaysi vaqtlarda kanalimda postlar e'lon qilinganini ko'rish mumkin.

Eslatma: Rasmdagi 7 bizni vaqtda 9 ga ya'ni +2 soat bo'ladi (ruslar bizdan 2 soat ortda yurishadi).

❇️ Och ranglar 1 ta post, o'rtacha to'q - 2 ta, juda to'q rang - 3 ta post e'lon qilinganini anglatadi.

💼 @KA_Projects
KA Projects
Kunlik postlar e'lon qilinishi grafigi 😬 Erinmagan TgStat hamma ma'lumotlarni jamlab borar ekan. Ushbu rasmda kun davomida qaysi vaqtlarda kanalimda postlar e'lon qilinganini ko'rish mumkin. Eslatma: Rasmdagi 7 bizni vaqtda 9 ga ya'ni +2 soat bo'ladi (ruslar…
🤨 Bundan nimalarni anglash mumkin?

😎 Kanal admini uchun: Kun davomida qancha postni qanchalik vaqt oralig'ida e'lon qilayotganini tahlil qilishi mumkin. Birdaniga ko'p postni yaqin oraliqda e'lon qilish postni obunachilar tomonidan yetarlicha "hazm qilinmasligiga" ko'mak berishi mumkin. Masalan, 27-oktyabr kuni 8 ta postni 10 soat ichida e'lon qilgan ekanman. (Shu kuni rosa reklama tushgan bo'lsa kerakda :)

🕵️‍♂️ Mustaqil tahlilchilar uchun: Kanalda qaysi paytda postlar "yog'ilishi"ni aniqlashi va postlar kamroq tushadigan paytni aniqlab reklamasini joylashtirishi mumkin. Balki boshqa maqsadlar uchun ham kerak bo'lar...

💼 @KA_Projects
YouTube'dagi kanalimizdagi obunachilar soni 40 000 ga yetdi!

🤗 Alhamdulillah, oz qilgan mehnatimizni Alloh barokatli qilmoqda. Nasib qilsa 100 000 obunachilarga ham birgalikda erishamiz.

🫡 Shu o'rinda bizni doimo qo'llab-quvvatlovchi obunachilarimizga alohida tashakkur aytaman. Bu yutuqlar sizlarning ham yutug'inglar hisoblanadi. Sizlar borsiz bu kanal va mehnatlar qilinmoqda. Boringizga shukur aziz obunachilar!!!

💼 @KA_Projects
🔥 2024-yilda 60k

💻 Kompyuter Akademiyasini YouTube'dagi kanaliga 1 yil ichida 18968 obunachi qo'shilibdi, alhamdulillah. Vaholanki bu yilda juda dangasaligim tufayli kam video e'lon qilindi (14 ta video, uni 2 tasi shorts).

😅 To'g'risi yil boshida 21k bo'lgani esimda yo'q edi. Nasib qilsa 2024 yilning boshiga qadar kamida 60k dan oshishga harakat qilamiz.

💼 @KA_Projects
Please, Subscribe 🫠

Mana, nima uchun YouTube'dagilar kanal a'zolariga doimo kanalga a'zo bo'lishni unutmang deyishadi 😅.

💼 @ka_projects