KA Projects
421 subscribers
71 photos
1 video
4 files
39 links
💻Kompyuter Akademiyasi asoschisi va a'zolari tomonidan tashkil etilgan hamda yuritiladigan loyihalar haqida maʼlumot berib boriladigan kanal!

😎 @wmteam95
Download Telegram
Firuz Allayev Asaxiy.uz internet do’koni va Asaxiy | Books online kitob do’konlari asoschisi va rahbari hisoblanadi.

Bugun shu inson kanalimizni o'z bloglarida obunachilariga tavsiya qilibdilar.

Bunday ishonchdan so'ng kanalga foydali kontent tayyorlashga bo'lgan shijoat albatta oshadi. Ishlashda davom etamiz.

💼 @ka_projects
YouTube kanalimizdagi monetizatsiyani o'chirdim 😔

😎 YouTube kanalimizdagi monetizatsiyani o'chirishga qaror qildim. Bunga bir qancha sabablar mavjud:
- Monetizatsiyani yoqish bo'yicha muammolar (hudud taqiqi, tasdiqlovchi xat kelishi va h.k.);
- Kanal yo'nalishi yoki kontent pul ishlashga to'g'ri kelmasligi (o'rtacha videolar 300-400 ko'rishlar soniga ega bo'lmoqda);
- Foydalanuvchilarning asablarini ximoyalash (TV dagi reklamalar ham yetarli 😁).

💲Shu kunga qadar 11$ ga yaqin pul to'plangan edi.

🤝 Hamkorlik masalalari bo'yicha takliflaringiz bo'lsa: @wmteam95

▶️ YouTube'dagi kanalimiz

💼 @ka_projects
💻 Kompyuter Akademiyasining YouTube'dagi kanali obunachilari soni 10 000 dan oshdi 🥳.
@kompyuter_akademiyasi ga qachon nakrutka urilgandi?

Javob: hech qachon!

⚠️Nakrutka - obunachilar sonini sunʼiy oshirish (botlar va "o'lik profillar" hisobiga).

👀 Uzoqdan qaraganda kanalga nakrutka urilganga o'xshaydi. Chunki odam soni ko'p, postlarni ko'rishlar soni esa kam. Buni sababini bilish uchun yaqindan qaraymiz 🔎.

💻 Taʼlim sohasiga oid barcha turdagi kanal, guruh va boshqa loyihalarga talab boshqa turdagilarga nisbatan juda past (oddiy misol, o'zingiz nechi soat vaqtingizni internetdan ta'lim olishga sarflaysiz?). Shu sababli ham obunachilarning vaqti bo'lganda yoki biror muammoga duch kelishganda kanalda faol bo'lishadi va bu normal holat hisoblanadi.

Kanalga hech qanday nakrutka urilmagan, qaytanga har yakshanba kunlari maxsus bot bilan quyidagi toifadagi obunachilarni o'chiraman:
• o'chirilgan profillar;
• ancha oldin kirgan profillar;
• 1-6 oy davomida kanalga kirmagan profillar.

😎 Bu maʼlumotni o'zimni oqlash uchun emas, bu sohaga qiziquvchilar uchun tajriba sifatida joyladim.

💼 @ka_projects
22222 😎

💼 @ka_projects
UzIELTSbot - IELTS is easy with us!
#bot

Manzil: https://t.iss.one/uzieltsbot
Ishga tushirilgan sana: 04.07.2021
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
UzIELTSbot - IELTS is easy with us! #bot Manzil: https://t.iss.one/uzieltsbot Ishga tushirilgan sana: 04.07.2021 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Ingliz tilini yetarli darajada o'rganib, IELTS xalqaro imtihoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun eng sara va sinalgan resurslar jamlangan bot. Ushbu botga faqatgina eng foydali fayl va videolar qo'yib borishga harakat qilaman.

🆕 Loyihaga oid yangiliklar faqatgina @UzIELTSnews kanalida berib boriladi.

🔄 Tah.: Loyiha boshqa insonga sotilgan.

💼 @ka_projects
Ushbu kanalimiz uchun ham guruh ochildi. Savollaringizga javob olishingiz mumkin.

👉 @ka_projects_gr
Soyalar

Kanalimdan so'ramasdan video va ma'lumotlarni olib, hech qanday mualliflik huquqiga e'tibor bermasdan "kanali" yoki "boti"da e'lon qiladiganlar ko'payib ketmoqda.

Ularning o'zini ovutadigan bahonalari:
• Nima qilibdi, biror joyingiz kamayib qolmaydiku
• Odamlar ko'rishi uchun chiqargansizku, men ham odamlarga yetib borishiga xizmat qilyapman.
• Sizniki ekanligini isbotlang 😁. (shirali ovozimdan aniqlasa ham bo'ladiku). Va boshqa bahonalar....

Haqiqatan meni hech qayerim kamayib qolmaydi, lekin meni jahlimni chiqishiga sabablar ham bor:
• Hamma ruscha yoki inglizchadan olib kanaliga joylashi tabiiy. Lekin tayyorini "uxlatish" ish emasda.
• Birovni muvaffaqiyatiga taqlid qilib oxir oqibat hech kim bo'lmay qolishlariga achinaman 😔.
• Birovning haqqi degan tushuncha ham bor (qonunlarda ham dinimizda ham).

Umuman olganda kanalimdan maʼlumot olib tarqatish bo'yicha ko'pchilik ruhsat so'raganda yo'q demaganman. Chunki men bu narsalarni xalqimizning savodxonligi oshishi uchun yaratmoqdaman. Biroq "birov chaynagan narsani yeb katta bo'layotganlarga" rahmim keladi.

Bu mavzuga boshqa qaytmayman. Chunki olg'a yurishda davom etishimiz kerak, sababi o'rganishimiz kerak bo'lgan narsalar hali anchagina.

💼 @ka_projects
Ma'noli dunyo (facebook)
#sahifa

Manzil:
https://m.facebook.com/manolidunyo
Ishga tushirilgan sana: 28.08.2015
Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov

💼 @ka_projects
KA Projects
Ma'noli dunyo (facebook) #sahifa Manzil: https://m.facebook.com/manolidunyo Ishga tushirilgan sana: 28.08.2015 Loyiha rahbari: Valijon Maxmudov 💼 @ka_projects
Loyiha haqida: Unutilgan loyihalarimdan biri 😔.
Yaratilish tarixi quyidagicha:
Yoshligimdan hikmatli gaplarga qiziqar edim, ularni shaxsiy bloknotimga yozib yurardim. Vaqt o'tishi bilan bloknot eskirib, baʼzan baʼzi sahifalari yirtilishini boshlaganidan keyin mavjud aforizmlarni birorta ijtimoiy tarmoqlarda saqlashim kerakligini angladim va ushbu sahifani ochib, keyinchalik ham uchragan aforizmlarni joylab bordim.

Ushbu loyihani reklama qilganimni eslolmayman, o'zi bilan o'zi mashhur bo'lib hozirda 3.2k dan ortiq obunachiga ega.

Ushbu sahifadagi oxirgi postim 10/04/2019 da joylangan ekan.

💼 @ka_projects
📊 СТАТИСТИКА БОТА

@UzIELTSbot
▪️Создан: 10.05.2021

▪️Пользователей: 8888
▫️Активных: 8888
▫️Удаленных: 0
▪️Админов: 0

▪️Структура бота:
▫️Кнопок: 152 / 400
▫️Сообщений: 541 / 800
▫️Переменные: 1 / 1
▫️Бонусные кн.: 0 / 0
▫️Кнопки фикс.обм.: 0 / 0
▫️Кнопки курс.обм.: 0 / 0
▫️Кнопки вывода: 0 / 0
▫️Action-ы: 0 / 0
🥳