JIZZAX OVOZI gazetasi
253 subscribers
7.94K photos
1.72K videos
220 files
5.24K links
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президентининг “Ўзбекистон Республикаси давлат мустақиллигининг ўттиз икки йиллиги муносабати билан ҳарбий хизматчилар ва ҳуқуқни муҳофаза қилиш органлари ходимларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида"ги Фармони

Указ Президента Республики Узбекистан "О награждении в связи с 32-летием государственной независимости Республики Узбекистан группы военнослужащих и сотрудников правоохранительных органов"

〰️〰️〰️〰️〰️
Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/gazetalar_sharhi
#Тезкор #Расман
❗️Мустақиллик байрами муносабати билан пенсия тўловлари олдиндан тўлаб берилади

Пенсия ва нафақа тўловларини нақд пулсиз (банк карта) шаклда олувчи фуқароларнинг жорий йил сентябрь ойи учун пенсия ва нафақалари 2023 йил 29-31 август кунлари уларнинг банк пластик карталарига ўтказиб берилади.

Нақд пул шаклида пенсия ва нафақа олувчиларга тўловлар 2023 йил 4 сентябрь кун бошидан Халқ банки сайёр кассалари томонидан графикка мувофиқ амалга оширилади.

@jizzax_vohasi
#Тезкор #Хушхабар
⚡️1-сентябрдан 18 ёшгача бўлган болалар учун музейга кириш бепул бўлади.

Ўзбекистон фуқароси ҳисобланган ва 18 ёшгача бўлган болаларнинг маданий мерос объектларига, жумладан кўргазмалар, тарихий обидалар ва зиёратгоҳлар, шунингдек, давлат музейларига тўловсиз кириш тартиби жорий этилмокда.
@jizzax_vohasi
Jizzaxda ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod maktablarining rahbar va pedagog xodimlari uchun
"SIFATLI TA’LIM-KUCHLI JAMIYAT" mavzusida o'quv-trening bo‘lib o‘tmoqda.
     Tadbir doirasida ishtirokchilar "Jizzax ovozi" tahririyatida ham bo‘lishdi.
     Mehmonlar bu yerda asosan gazetaning tayyorlanish jarayoni bilan yaqindan tanishdilar. Ayniqsa, "Jizzax ovozi"ning mo‘jaz muzeyi ularda alohida taassurot qoldirdi.

@jizzax_vohasi
📣 Jizzax viloyat adliya boshqarmasi tomonidan viloyatda qonunchilik hujjatlari va topshiriqlar ijrosining tashkil etilganlik holati yuzasidan “Jamoatchilik monitoringi va eshituvi” tashkil etilmoqda. Ushbu tadbirga fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari, faoli yoshlarni va jamiyat rivoji uchun oʻzini dahldor deb bilgan yurtdoshlarimizni taklif etamiz.

30-avgust soat 11:00 - Jizzax shahar adliya boʻlimi (Davlat xizmatlari markazi)

⚖️ Jamoatchilik nazorati qonuniylikni taʼminlashning eng samarali usulidir!
33-сони.pdf
2.3 MB
"Jizzax ovozi" gazetasining 2023-yil 30-avgust kungi 33-soni mutolaa uchun tavsiya etiladi.

Gazetamizning bugungi sonida:

➡️ TAHRIRIYATDA MEHMONLAR
JAM BO‘LDI;
➡️ MUROJAAT HUDUDDAGI
MUHITNI YAXSHILAYDI;
➡️ 87 TA YURAKKA JO BO‘LGAN
ISHONCH;
➡️ JINOYATGA JAZO MUQARRAR;
➡️ YANA SERIALLAR HAQIDA
      kabi maqolalar;
➡️ HUQUQ VA BURCH sahifasi hamda Jizzax shahrining ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy hayotiga doir boshqa xabarlar tafsiloti bilan tanishishingiz mumkin.

@jizzax_vohasi
#seminar #korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa

Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmalari majlislar zalida tuman (shahar) bo‘lim va filial xodimlari uchun (ZOOM platformasi orqali) “Korrupsiyaga qarshi kurashish – dolzarb vazifa” mavzusida seminar tashkil etildi.

Kadastr agentligi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i N. Sidikov, Davlat kadastrlari palatasi Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i S.Kodirqulov hamda DXX Jizzax viloyati boshqarmasi mas’ul xodimlari K.Kanibaev hamda L.Usmonovllar ishtirok etgan mazkur seminarda 2023- yil 9- avgustda 01/04-3225-son bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Jizzax viloyati boshqarmalarida huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha 2023 yilning avgust-dekabr oylariga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasiga muvofiq korrupsiyaga qarshi kurashish va jinoyatchilikni oldini olish, shuningdek, sohada firibgarlik va tamagirlik omillarini butunlay yo‘qotish, jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo albatta muqarrar ekani to‘g‘risidagi qonun talablari yuzasidan qatnashchilarga misollar asosida kerakli tushuntirishlar berib o‘tildi.

@jizzax_vohasi
🌐Jizzax shahar 2 sektor hududidagi mahalla binosi foydalanishga topshirildi.

Yaqinlashib kelayotgan mustaqillik bayrami arafasida shahrimizning “A.Navoiy” mahalla fuqarolar yig‘ini o‘z yangi binosiga ega bo‘ldi. Mazkur bino zamonaviy ko‘rinish kasb etib, barcha qulayliklarga ega.

Aytib o‘tish joizki, bino ichki xonalari to‘liq zamonaviy jihozlar bilan taʼminlangan. Tadbirda shahar hokimi A.Xolmurodov shahar prokurori M.Mamatov va boshqa mutasaddi tashkilot rahbarlari ishtirok etdi.


Bundan tashqari, bayram munosabati bilan bayram dasturxoni yozilib konsert dasturlari bo‘lib o‘tdi.

✍🏻Jizzax shahar hokimligi Axborot xizmati

Hokimlik rasmiy sahifalariga a’zo bo‘ling👇🏻
jizzaxcity.uz | Telegram Live | Facebook

#31avgust #хабар #новости #news #Жиззах #Джизак #Jizzax