Jizzax_adliya_boshqarmasi (Rasmiy)
1.85K subscribers
9.97K photos
1.17K videos
17 files
4.33K links
Download Telegram
ADLIYA ARALASHGACH...

Zafarobod tuman adliya bo‘limiga “Uzun” qishlog‘ida yashovchi R.Davranova murojaat qilib, 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2005-yildan 2021-yilga qadar ishlab kelgani, ushbu mehnat faoliyati davomida mehnat ta’tili olmaganli sababli, kompensatsiya to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, fuqaro 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2005 yildan 2021 yilga qadar mudira lavozimlarda ishlagan. 2021-yil 19-aprelda Zafarobod tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining 2021-yil 19-aprelda 10-K-sonli buyrug‘iga asosan R.Davranova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan. 2005-2006-2007-yillar davomidagi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya hisob kitob qilinganligi, 2008-yildan 2019-yilgacha davrdagi asosiy va qo‘shimcha ta’tillari uchun kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmaganlini ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan qununbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, foydalanilmasdan qoldirilgan asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun 38 142 551 so‘m kompensatsiya to‘lab berilishi ta’minlandi.
“Oila maktabi” faoliyati davom etmoqda

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 5-iyuldagi 15- son majlis bayonida belgilangan “Yosh kelin-kuyovlar maktabi” faoliyatini olib borish va unda maxsus oʻquv kurslarini tashkil qilish yuzasidan tuman adliya bo'limi, Oila va xotin-qizlar boʻlimi, tuman bosh imom xotibi, “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi, “Oqila ayollar” harakati aʼzolari bilan hamkorlikda “Oila maktabi” maxsus oʻquv kursida navbatdagi yosh nikohlanuvchilar oʻqitildi.

Yosh nikohlanuvchilar oilalar mustahkamligini taʼminlash, oilaviy ajralishlarni oldini olish, nikohlanuvchi shaxslarda oilaviy qadriyatlarni saqlash, oilalarda sogʻlom maʼnaviy-axloqiy muhitni yaratish hamda ibratli ota-ona boʻlish koʻnikmalarini shakllantirish yuzasidan biriktirilgan oʻqituvchilar tomonidan oʻqitilib,oʻquv jarayonida yosh kelin-kuyovlarga maxsus sertifikatlar berildi.
⚡️Baxmal tumani hokimligida ekspress-trening tashkil etildi

❇️Hokim va uning jamoasini yagona maqsad yo‘lida o‘zaro birlashtirish, hokimlik va sektor rahbarining samarali faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni berish maqsadida navbatdagi ekspress-trening Baxmal tumanida o‘tkazildi.

Trening ishtirokchilariga davlat fuqarolik xizmati sohasidagi yangiliklar, sektor rahbarlari faoliyati samaradorligini baholash mexanizmi, vazifalar, reja va amaldagi ko‘rsatkichlar bo‘yicha ma’lumotlarning shakllanishi, baholash tartibi tushuntirildi, sektorlar faoliyatining 2024 yilning birinchi yarim yillik natijalari muhokama qilindi.

Davlat xizmatchilariga faoliyatda tizimli natijadorlikka erishish, vaqtdan samarali foydalanish, odob-axloq qoidalariga rioya qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Shu bilan birga, korrupsiyaga oid islohotlarni birdek ta’minlanishiga barcha mas’ul ekanligi ta’kidlandi.

Kanalimizga a'zo boʻling:
👉🏻@baxmal_tumani_hokimligi
👉🏻@baxmalhokimi
ADLIYA ARALASHGACH
Do‘stlik tuman adliya bo‘limi tomonidan fuqaro U.Jangirov va boshqalarning Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lib yo‘llagan murojaatlari ko‘rib chiqildi.

Aniqlanishicha, Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasining TKTMP oilaviy shifokori U.Jangirov 2024-yil 29-fevraldan 2024-yil 1-aprelga qadar malaka oshirish kursida o‘qigan hamda uning xizmat safari amalga oshirganligi haqida 233-sonli xizmat safari guvohnomasi Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmasi hisobxonasiga taqdim etilgan bo‘lsada, biroq, ushbu xodimga 4 212 200 so‘m xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmagan.

Xuddi shunday, Do‘stlik tuman tibbiyot birlashmaning tegishli buyruqlari bilan xizmat safariga yuborilgan 48 nafar xodimlarga jami 65 841 600 so‘m xizmat safari xarajatlari to‘lab berilmaganligi aniqlanib, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Do‘stlik tumanlararo sudiga fuqarolar manfaatida da'vo arizasi kiritilib, pul mablag'lari to'lab berilishi ta'minlandi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi hamkorligida “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi doirasida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida tashkil etilgan targ'ibot guruhlari barcha hududlardagi umumta'lim maktablarida b'lishib, o'quvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etishmoqda. Bu orqali ularni huquqshunoslik kasbiga hamda ushbu sohaga qiziqishlari oshib borayotganligi yuridik texnikum o'quvchilarini o'z tengdoshlari bilan bevosita muloqotlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diyor yangiliklari

Baxmal tumani hokimligi boshqaruv xodimlari uchun ekspress-trening

Bizni kuzatib boring:📲
Facebook | Instagram | Youtube |Telegram