Jizzax_adliya_boshqarmasi (Rasmiy)
1.8K subscribers
10.7K photos
1.23K videos
17 files
4.5K links
Download Telegram
#taqdirlar

Gulchehra opaning 4 nafar farzandi bor. Turmushning pastu-balandliklari, tashvishlariyu-qiyinchiliklari uning yuzlarida o'z aksini qoldirgan. O'z oilasi, turmush o'rtog'i, farzandlari uchun tinim bilmay harakat qilgan bu mushtipar ayol betob bo'ldiyu qaynonasiga ham, turmush o'rtog'iga ham kerak bo'lmay qoldi. 4 bolasi bilan qo'chaga quvilgan onaning boshida kundoshlik savdosi ham bor edi. Insonlar o'rtasida shunday rishtalar borki, ular butun boshli oilani tartibga soladi, gullab yashnatadi. Bu ishonch, sadoqat, mehr-oqibat, hurmat... Biz o'z hurmatini bilmaydigan va o'zgalar qadrini ham toptaydigan insonlarning hatti-harakatlarini qonun bilan tartibga solamiz. Har bir ish adolat ko'zi bilan ko'riladi, odillik tarozusida o'lchanadi. O'z huquqlarini himoya qilishlarini so'rab adliya xodimlariga murojaat qilgan har bir xotin-qizlarning huquq va erkinliklari tiklanadi. Mazkur murojaat ham ayni paytda o'ganish jarayonida va albatta uning qonuniy yechimi haqida ma'lumot beramiz.
"Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" 📽📽📽 Jizzax viloyat teleradiokompaniyasi tomonidan adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda o'z huquqlarini tiklash uchun murojaat qilgan xotin-qizlarning muammolarini hal etish maqsadida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda tok-shou tashkil etildi. Maqsad bir ayolning muammolariga yechim topish orqali uni baxtiyor etish. Mazkur ko'rsatuv 1-mart kuni efirga uzatiladi. Bizni kuzatib boring👇
https://t.iss.one/jizzax_adliya_boshqarmasi
📌#TAYINLOV

Pirxalov Bekzod Tursunovich - Adliya vazirining buyrug‘i bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi lavozimiga tayinlandi.

📑 Pirxalov Bekzod Tursunovich 1983-yilda Jizzax viloyati G'allaorol tumanida tug‘ilgan, millati o'zbek, ma'lumoti oliy, 2013-yilda Toshkent davlat yuridik institutini tamomlagan, mutaxassisligi huquqshunos.

⚡️ Ma'lumot uchun, B.Pirxalov 2021-yildan buyon Jizzax viloyat adliya boshqarmasi Huquqiy xizmat ko‘rsatishni davlat tomonidan tartibga solish bo‘limi boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.

⚖️ Jizzax viloyati adliya boshqarmasi jamoasi Bekzod Tursunovichni ushbu tayinlov bilan tabriklaydi va kelgusi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!

ℹ️ Batafsil 👉 https://t.iss.one/jizzax_adliya_boshqarmasi
#Ҳуқуқий_ахборот_кунлари
#davrasuhbat
⚖️Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan Ma'muriy ishlar bo'yicha Jizzax viloyati sudi sudyasi, tumanlararo ma'muriy sudi raisi va tuman mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda manzilli dastur ijrosini ta'minlash maqsadida davra suhbati tashkil qilindi.
Suhbat davomida, yangi qabul qilingan qonun hujjatlaridan xabardor bo'lish, uchrayotgan muammolarni bartaraf etish usullari va boshqa holatlar bo'yicha fikr almashildi. Bizni kuzatib boring👇
https://t.iss.one/jizzax_adliya_boshqarmasi
#Акция

Аёлингиз учун энг яхши совғаларни чегирилган нархларда (–10%) харид қилинг!

Қуйидаги учта китобни харид қилиб, 10% бонус + совға + бепул етказиб бериш хизматига эга бўлинг:

▫️Аёлларга ҳуқуқий мадад
▫️Ёшлар учун юридик энциклопедия
▫️Болалар учун юридик энциклопедия

🗓 Акция 2022 йил 31 мартгача давом этади.

📍 Шартнома учун манзил
📍 Дўкон манзили

☎️
+998 33 280 55 40
☎️ +998 33 280 55 41
☎️ +998 33 280 55 47

👨🏻‍💻@adolatnashr_bot

Каналга уланиш👇
https://t.iss.one/hudud24official
______________________________
#Маҳаллий
"Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy"
👩🏻‍🦱👩🏻‍🦳👱🏻👱🏻‍♀️Sharof Rashidov tuman adliya bo'limi tomonidan tumandagi XTB ga qarashli 13-umumta'lim maktabida “Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy” tadbiri munosabati bilan xotin-qizlarning muammolarini aniqlash hamda ularning huquqiy bilimlarini oshirish maqsadida huquqiy targ'ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda, soha vakillari ham ishtirok etib, qabul qilingan qonun hujjatlarining mohiyati, ijrosi va axamiyati to'g'risida tushuntirishlar berildi.
Forwarded from Bobur Umurzakov
🏢O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fevral va mart oylari "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" etib belgilangan. Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasi, sudlar, davlat xizmatlari markazi, sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda 5-mart kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabul tashkil etilishi rejalashtirilgan. Hurmatli "Peshag'or" MFY xotin-qizlari mazkur sayyor qabullarni o'tkazishdan asosiy maqsad Sizlarning ijtimoiy muammolaringizni o'rganish va unga yechim topish.
🩺🔬💉Bundan tashqari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiy ko'rik ham o'tkaziladi. 👩🏻‍🦱👩👱🏻‍♀️👱🏻👩🏻‍🦳 Xech bir xotin-qiz o'z muammosi bilan o'zi yolg'iz qolmaydi!
🏢O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan fevral va mart oylari "Xotin-qizlar huquqlari bo'yicha dolzarb ikki oy" etib belgilangan. Shu munosabat bilan viloyat adliya boshqarmasi, sudlar, davlat xizmatlari markazi, sog'liqni saqlash boshqarmasi bilan hamkorlikda 5-mart kuni soat 10:00 dan boshlab sayyor qabul tashkil etilishi rejalashtirilgan. Hurmatli "Peshag'or" MFY xotin-qizlari mazkur sayyor qabullarni o'tkazishdan asosiy maqsad Sizlarning ijtimoiy muammolaringizni o'rganish va unga yechim topish.
🩺🔬💉Bundan tashqari tajribali shifokorlar tomonidan tibbiy ko'rik ham o'tkaziladi. 👩🏻‍🦱👩👱🏻‍♀️👱🏻👩🏻‍🦳 Xech bir xotin-qiz o'z muammosi bilan o'zi yolg'iz qolmaydi!