Jizzax_adliya_boshqarmasi (Rasmiy)
1.8K subscribers
10.4K photos
1.2K videos
17 files
4.41K links
Download Telegram
Jizzax viloyat adliya boshqarmasi hamda Jizzax viloyat yuridik texnikumi hamkorligida “Tegdoshimga huquqiy yordam” loyihasi doirasida tengdosh-tengdoshga tamoyili asosida tashkil etilgan targ'ibot guruhlari barcha hududlardagi umumta'lim maktablarida b'lishib, o'quvchilar bilan davra suhbatlari tashkil etishmoqda. Bu orqali ularni huquqshunoslik kasbiga hamda ushbu sohaga qiziqishlari oshib borayotganligi yuridik texnikum o'quvchilarini o'z tengdoshlari bilan bevosita muloqotlarida yaqqol namoyon bo'lmoqda.

Zarbdor va Sharof Rashidov tumanlarida adliya organlariga biriktirilgan maktablarda tashkil etilgan targ'ibot tadbirlari davomida adliya tizimi, mazkur soha vakillarining vazifa va funksiyalari, jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni oshirish borasidagi sayi-harakatlari alohida ta'kidlandi. "Huquq sinfi"ni tashkil etishdan maqsad yuzasidan ham ma'lumotlar berildi.

Bundan tashkari, o'quvchilarning savollaridan kelib chiqib yuridik texnikumda va yurisprudensiya yunalishida o'qish uchun qanday fanlarni puhta o'rganishi kerakligi, qabul jarayonlari, huquqshunos mutaxassiligi bilan qaysi davlat organlarida ishlashi haqida batafsil tushunchalar berildi.

Viktorina o'yinlari orqali o'quvchilarning bilimlari sinovdan o'tkazilib, eng faol yoshlarga esdalik sovgali taqdim etildi.
⚜️Zarbdor tumanida otaliqqa olingan hamda 4-sektor hududidagi maktablarda “Mamlakat kelajagi – qonunga itoatkor va huquqbuzarlikka toqatsiz yoshlar bilan” g‘oyasi asosida “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Ushbu tadbirlarga Jizzax yuridik texnikumining zukko hamda a’lochi bitiruvchi o‘quvchi talabalari jalb etildi.

Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube

👉 https://t.iss.one/Zarbdor24kanal 👈
ADLIYA ARALASHGACH...

Zafarobod tuman adliya bo‘limiga “Uzun” qishlog‘ida yashovchi R.Davranova murojaat qilib, 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2005-yildan 2021-yilga qadar ishlab kelgani, ushbu mehnat faoliyati davomida mehnat ta’tili olmaganli sababli, kompensatsiya to‘lab berilmayotganligidan norozi bo‘lgan.

Aniqlanishicha, fuqaro 9-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida 2005 yildan 2021 yilga qadar mudira lavozimlarda ishlagan. 2021-yil 19-aprelda Zafarobod tuman maktabgacha ta’lim bo‘limining 2021-yil 19-aprelda 10-K-sonli buyrug‘iga asosan R.Davranova bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor bo‘lgan. 2005-2006-2007-yillar davomidagi har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun kompensatsiya hisob kitob qilinganligi, 2008-yildan 2019-yilgacha davrdagi asosiy va qo‘shimcha ta’tillari uchun kompensatsiya to‘lovlari amalga oshirilmaganlini ma’lum bo‘ldi.

Aniqlangan qununbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga taqdimnoma kiritilib, foydalanilmasdan qoldirilgan asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun 38 142 551 so‘m kompensatsiya to‘lab berilishi ta’minlandi.