Javohir Berdiyev | Blog
5.24K subscribers
562 photos
276 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Azizlar!

Juma ayyomining xayr va barokati sizga va oilangizga bo'lsin🤲🏻😊
👍205🎉1
Forwarded from Alohida mavzu
"Erga tegma, uylanma!"

Shunday mavzular bo'ladiki, bu borada tajribali insonlarning fikrlariga ehtiyoj sezamiz. Akalardan maslahat olishni istaymiz-u, lekin ko'pincha ularni topolmaymiz.

Biz uka va singillarimiz uchun muhim bo'lgan ana shunday mavzularda suhbatlashish maqsadida "Alohida mavzu" loyihasiga qo'l urdik.

Loyihamizning ilk soni uchun "Erga tegma, uylanma" mavzusini tanladik. Mavzu nomini eshitib, darrov noto'g'ri fikrga bormang. Xulosani to'liq videoni ko'rgandan so'ng chiqarasiz. 😅

Mavzu bo'yicha suhbatlashadigan akalar bilan tanishing:

Valijon Turakulov
Muhammad Ali Eshonqulov
Shavkat Hasan va loyiha muallifi:
Temurbek Adhamov

Suhbatda qachon va qanday inson bilan oila qurish kerakligi, baxtli oila qurish mezonlari, er-xotin munosabatida nimalarga e'tibor berish kerakligi kabilarga to'xtalib o'tdik.

Bularni bilish uchun bugun, soat 20:00 da bo'lib o'tadigan "Alohida mavzu" loyihasining ilk soni premyerasini, albatta, tomosha qiling. 😎

Loyihamizning ilk sonida sizning koʻmagingizga muhtojmiz. Videoni doʻstlaringiz, yaqinlaringiz va koʻtarilgan mavzuni qiziq deb biladigan insonlaringizga ulashing. Zero, har bir ulashuv loyiha rivojiga ulkan hissa qo'shadi.

P. S. Ketkazgan vaqtingizga achinmaydigan suhbat bo'lgan o'ziyam :)

Suhbatni ko'rish: https://youtu.be/p7BJrcfM5Og
😁16👍73
​​Doktor Abdurrahmon Al-Sumayt — zamonamiz qahramoni

Uning to‘liq ismi Doktor Abd Al-Rahmon bin Hamud Al-Sumayt bo‘lib, u 1947-yilda Quvaytda tug‘ilib o‘sgan. Bu shaxs o‘tgan umri davomida juda foydali va xayrli ishlarga qo‘l urgan, bu yo‘lda esa u ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan, suhbatimiz davomida siz azizlar bilan bu insonning umr yo‘llarini birgalikda o‘rganib chiqamiz.

Doktor Abdurrahmon Al-Sumayt islom olimi, shifokor va yana ko‘plab sohalarda faoliyat yuritgan. Biroq u o‘z umrining ko‘p qismlarini gumanitar ishlarga bag‘ishlagan. Xayr va sahovatda peshqadam bo‘lgan bu inson, yuzlab mehribonlik uylari, maktablar, masjidlar qurishda o‘z faolligi bilan insonlar xotirasida muhrlanib qolgan. Bu harakatlari bilan birgalikda 11 million Afrikalikni Islom dinini qabul qilishi uchun hayratlanarli darajada ilhomlantiradi. Bu boshlagan xayrli ishi ham Allohning irodasi ila amalga oshadi.

Doktor Sumayt son-sanoqsiz islomiy tashkilotlarga asos solgan va hammualliflik qilgan. "Musulmon Shifokorlar Jamiyati bo‘limi (AQSH va Kanada 1976 yil), Sharqiy Kanadadagi Musulmon talabalar jamiyatining Monreal bo‘limi va h.k. shular jumlasidan.

35 yoshida u Afrikaga ko‘chib o‘tdi va hayotining 29 yilini millionlab Afrikaliklarning ta’lim olishiga yordam berish uchun sarfladi, ochlik va savodsizlikka qarshi kurashda asosiy rol o‘ynadi.

Shunday ulug‘ va sharafli nomga ega bo‘lgan bu insonni umri mobaynida qilgan ishlarini raqamlar bilan izohlaydigan bo‘lsak, hayratda qoladi kishi...

Tarixda o‘chmas iz qoldirgan Doktor Abdurrahmon Al-Sumayt bir insonni kuchi nimalarga yeta olishini isbotlab bera olgan daholardan biri. U o‘z umri davomida 57000ta masjid, 4ta universitet, 124ta shifoxona, 840ta Qur’on maktablari, 860ta O‘rta ta’lim maktablarini qurilishida katta hissa qo‘shgan, shunday ulug‘ nomga sazovor bo‘lgan inson edi.

Abdurrahmon Al-Sumayt 2013 yil bu olamdan ko‘z yumdi. Doktor bir payt: "Men insonlar ta’lim hissini bilmagan joyda maktab ochib, baxt hissini sezganman", – degan edi. Bu gap o‘z hayotini faqat yaxshilik qilishga sarflagan va shu tufayli "butun ummat kabi inson" deya nom olgan doktorning hayotidagi shiori bo‘ldi desak adashmaymiz.

Biz Bill Geyts, Jef Bezos, Rokfeller kabi filantroplarni bilamiz, ammo musulmonlar orasida ham siz-u biz tanimagan qahramonlar borligini unutmaylik, azizlar!

©️Ittaqillah

@javohir_webdev
👍378😢3
- Nima uchun kitoblaringizni ko'pincha boshqalarga bermaysiz?
- Chunki ko'pchilik kitobga hurmatni bilishmaydi 🥲
Yana ko'pchilik kitobda o'qiganlarim esimda qolmayapti deb nolishadi. 😕

@javohir_webdev
👍41😢6🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍46🔥62😢1
“JavaScript” asoschisi kim?

Brendon Ayk. Bu kamtarin inson, karyerasi davomida mashhur “Firefox”, “Mozilla” va shu kabi katta kompaniyalarda ishlagan. "JavaScript" dasturlash tilini yaratgan. Hozirgi kunda milliarderlarchalik boy bo'lmasa-da, millionlab odamlar hurmatiga sazovor bo'lgan.

🚀 Siz ham biror narsa yaratib, insoniyatga yordam bermoqchimisiz?

Unda birinchi qadamingizni dasturlashning fundamenti hisoblangan "Foundation" bosqichidan boshlang.

Najot Taʼlim markazida Foundation dasturlash uchun kirish imtihoni joriy qilingan. O'quvchilarning imtihon orqali olinishiga sabab, sohaga oz bo‘lsa-da, potensiali bor va maqsadlari aniq bo‘lgan yoshlarga taʼlim berish.

Ushbu bosqichga kirish imtihonlari 26-27-fevral kunlari Najot Ta'lim Chilonzor filialida bo'lib o'tadi. Kirish imtihonlarida qatnashing.

👉 "Foundation" bosqichi imtihoni uchun ro'yxatdan o'tish

Imtihonda qatnashing va o'z kelajagingiz uchun muhim qadamni tashlang.

@javohir_webdev
👍12🔥2
To'rtta ekran bilan ishlash qiyin ekan 😅 (boshida qiziq tuyilgan edi )
🔥86😁49👍29😢53🎉3
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

@webdev07
👍192
Forwarded from Web Dasturlash kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Dasturlashdan nima sababdan yoqmasadan (bezib) qolishi mumkin (zoom darsdan olindi)

@webdev07
👍25🔥4
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥AI(Sunʼiy intellekt) ni o‘rganishni xohlaydiganlarga ajoyib yangilik!

Endilikda siz Machine learning va Computer Vision bo‘yicha kursimizga qatnashish imkoniyatiga egasiz!

Online kursimizning o’quv dasturi qisqacha:

— Python foundation
— Matplotlib
(Data visualization)
NumPy (Linear algebra, Numerical computing)
— Pandas (Data analysis)
OpenCV (Computer vision)
— PyTorch (Machine learning)

🤝 Biz sizga zamonaviy va talab yuqori bo'lgan kasbni egallashda yordam beramiz!

Format: Online(zoom oqali bo'ladi);
Narxi: 1-darsda ma'lum qilinadi;
Kirish darsi: Bepul

Kursga yozilish 👉 @naxalov_admin

Telegram kanal ➞ 🚀@naxalov
👍9
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍42🔥8🎉32😁1
#Iqtibos

"Ta'lim-tarbiyaga pulni ayagan davlat, o'sha pulini qamoqxona qurishga ishlatadi."

Otto fon Bismark
@javohir_webdev
👍49🔥4😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi gaplarni orasida chiqib qolibman 😊
(yaxshi ham bijr-bijr qo'yishmabdi 😁)

@javohir_webdev
👍55🔥9🎉6😁53
Kutubxona va freymvork: farqi nimada?

Kutubxona
— ma'lum bir muammoni yechishga qaratilgan klass va funksiyalar konteyneri. Masalan:

jQuery – DOM bilan ishlashga qaratilgan funksiyalar to'plami.
D3 – SVG yordamida vizualizatsiyalar yaratishga qaratilgan kutubxona.
React – ma'lumotlarni ko'rsatish hamda DOM daraxtni boshqarishga qaratilgan kutubxona.

Freymvork – kutubxonalardan tashkil topgan ilova karkasi. Freymvork ilovangiz arxitekturasi tuzilishini belgilaydi. Masalan:

AngularJS – SPA yaratishga mo'ljallangan freymvork, shuningdek, ishlab chiqarish va tekshirish (developing and testing) uskunalari bor.
Vue.js – Angular kabi SPA yaratishga mo'ljallangan.
Ember.js – SPA yaratish uchun.

*SPA - single page app, "yagona sahifali ilova"

@webdev07
👍15🎉3🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍31🔥8🎉43
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍33🔥62🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥6😁21🎉1