Javohir Berdiyev | Blog
5.3K subscribers
560 photos
275 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
Tavsiya qilinadigan 3 kitob

Dasturlashni o'rganishdan puldan boshqa maqsad topa olmaydiganlar yuqoridagi kitoblarni o'qimagan bo'lsalar kerak.

Ilm o‘rganish har bir musulmon uchun farzdir

Abu Dardo’ raziyallohu anhu Rasululloh sallallohu alayhi va sallamdan quyidagilarni eshitdim dedilar. Rasululloh sallallohu alayhi va sallam: "Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta, farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lib, qanotlarini yozib turadilar. Darhaqiqat, olim kishi uchun yer – osmondagi mavjudotlar va hattoki suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadilar. Albatta olimning obidga nisbatan fazilati to‘lin oyning yulduzlarga ko‘ra fazliga o‘xshaydi. Darhaqiqat, ulamolar payg‘ambarlarning merosxo‘ridir. Payg‘ambarlar dinor va dirhamlarni meros qoldirmadilar, ular faqatgina ilmni meros qoldirganlar. Kimki uni olsa, to‘liq nasiba olibdi" – dedilar.

Siz qanday kitoblarni tavsiya qilgan bo'lardingiz?
@javohir_webdev
Dasturchi bittagina dastur (loyiha) bilan millioner bo’la oladi!

Rejani katta qiling, maqsadingiz o’zingiz qo’rqib ketadigan darajada ulkan bo’lishi kerak. Tasavvuringizga kuni kelib Sizni millioner qila oladigan dastur kelgan zahoti reja tuzib oling va har kuni bosqichma-bosqich o’z ustingizda shu reja asosida ishlang.

Misol tariqasida aytsak Candy Crush Saga - shu o'yin 2019 yilda 1,5 mlrd $ daromad topgan! Bu 50 000 ta Malibu 2 sotib olsa bo'ladi degani. Bitta o'yin loyihasi bilan shuncha pul.

Bitta dastur, kuchli g’oyaga ega bo’lgan bittagina loyiha sizning butun kelajagingizni siz kutmagan darajada yuqoriga olib chiqishi mumkin. Men bunga ishonaman. Siz ham ishoning!

@javohir_webdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
JUMA AYYOMINING BAROKATI SIZGA MUKAMMAL YOG'ILSIN, AZIZ DINDOSHIM!

Sayyidul ayyom va hajjul masokinning hayri va barakasi siz-u bizlarga boʻlsin ☺️

@javohir_webdev
Qaniydi bu 7 gaplarni ertaroq eshitganimda…

@javohir_webdev
Dasturchi bo'lishni xohlayman, ammo qanday?

Dasturchi bo'lish ko'p narsa talab qilmaydi ammo, o'rganishga bo'lgan ishtiyoq bo'lsa yetarli. Sabr juda muhim, 5–6 oyda dasturchi bo'lishingiz mumkin, lekin eng yaxshi dasturchilar qatorida bo'lishingiz uchun ko'p yillar mehnat qilishingiz kerak.

Ikki asosiy faktorni keltiraman, bu sizga dasturchi bo'lishingizda tayanch bo'lib o'tab beradi.

Samarali mashg'ulot — o'rganayotgan dastur tilingizda ko'p mashq qilishingiz kerak. Loyihalar ustida ishlash kerak, Github open sourceda dasturchilar loyihalaridan foydalanib o'zingiz ustingizda ko'p ishlashingiz kerak.

Senior dasturchilar ko'magi — tajribali dasturchilar ko'magidan foydalanish kerak, savollar berib muammolarni yechishga odatlanish kerak. Stackoverflow tajribali dasturchilar bilan liq to'la. Muammolaringizni ular bilan hal qilishingiz juda oson.

@javohir_webdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Agar dasturlar dasturlash tillarida dasturlashtirilsa, unda dasturlash tillarida dasturlashtiruvchi dasturlar qaysi dasturlovchi dasturlarda dasturlanarkin?

@javohir_webdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bunaqa insonlar hayotda hech nimaga erisha olishmaydi.

Bu yangi dasturchi bo'laman deb va juda tez taslim bo'lgan insonlar toifasidandir. Dasturchilik shunday kasb hisoblanadiki, bu kasbni o'rganish uchun sabr kerak.

Shuni unutmang, hech narsaga juda tez erishib bo'lmaydi. Siz hozir qorong'ilikdasiz, soat 03:00 bo'ldi, sabr qiling, tong yorisha boshlaydi😊

@javohir_webdev
Juda ko'plab yosh dasturchilar, dasturlashni qayerdan va qanday o'rgansam ekan degan savollarni beraverishadi, albatta bu yaxshi, lekin shu savollarni berishdan oldin internetdan oddiygina so'rovlar orqali juda ko'plab dasturlash bo'yicha manbalarni topish mumkin...

Men sizga dasturlashni o'rganish uchun eng zo'r 5ta saytni ro'yxatini bermoqchiman. Nafaqat dasturlash balki, ko'plab dasturlash tillarini bemalol video darslar va mashqlar yechish orqali tezda o'rganib olishingiz mumkin bo'ladi.

1 – The New Boston

Video darslar.
C, C++, Java, HTML, JavaScript va boshqa ko'plab texnologiyalar.
O'rganish : Oson.
The New Boston (Yangi Bo'ston ;) veb saytida juda ko'plab mavzularda video darslar mavjud. Videolar 5 daqiqadan 15 daqiqagacha davom etadi va har bir mavzu o'zida 50 dan ko'p qismlardan tashkil topgan.



2 – Codecademy

Mashqlar.
Veb texnologiyalar : HTML, JavaScript, CSS, Python, Ruby, PHP.
O'rganish : Oson.
Agar siz dasturlashni bilmasangiz yoki endi boshlayotgan bo'lsangiz, bu sayt sizga juda katta yordam beradi. Codecademy o'zida juda oson tushuntirilgan maqolalar va mashqlardan tashkil topgan. Har bir mashqlarni bajarib borsangiz sizga "badge" beriladi. Yana bu saytning eng zo'r imkoniyati, yozgan kodlaringizni shu payti tekshirib xatolaringizni aytib boradi.



3 – Dasturlashni murakkab yo'l bilan o'rganing
Elektron kitoblar.
Tillar : C, Python, Ruby, Regex, SQL.
O'rganish : O'ziga yarasha murakkabligi mavjud.
Bu sayt sizga hech qayerda yo'q bo'lgan yo'llar va mashqlar asosida dasturlashni o'rganishga yordam beradi. Ya'ni siz dasturlashni kitoblar orqali o'rganasiz. Lekin saytdagi kitoblar pullik. Saytdagi Python haqidagi kitob yarim milliondan ortiq marta yuklab olingan.



4 – Wibit.net

Video darslar
C, C++ ,C#, Java, Python
Wibit.net saytini boshlovchilar uchun deyishimiz mumkin. Sayt sizga darslarni, dasturlash tillarining tarixlaridan boshlaydi, albatta bu yaxshi. Saytda siz dasturlashni va dasturlash tillarini kuchli o'rgatadi. Saytdagi elektron kitoblarni Play Store va App Store lardan ham yuklab olish imkoniyati mavjud.



5 – W3Schools

Mashqlar va maqolalar.
HTML, JavaScript, PHP, CSS, ...
O'rganish : Oson.
Siz dasturlashni umuman bilmasangiz, ya'ni oldin dasturlash bilan shug'ullanmagan bo'lsangiz, bu sayt ham sizga juda katta yordam beradi. Bu sayt ma'lum ma'noda veb texnologiyalariga qaratilgan. Shu bilan birga, boshqa texnologiyalar ham mavjud.

Agar siz yana shularga o'xshash katta bazaga ega saytlarni bilsangiz izoh qilib yozib qo'ying! E'tiboringiz uchun raxmat!

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!

👇👇👇
@javohir_webdev

Telegram | YouTube | Instagram
👍1
O'zingizni asrang 😁

@javohir_webdev
#python #dasturlash
Dasturlashni o'rganishingiz uchun juda foydali sayt va kerakli sayt. Ushbu sayt orqali siz Python dasturini pul sarflamasdan, deyarli qiyinchiliklarsiz o'rganishingiz va tajribaingizni ham oshirishingiz ham mumkin.

Link: python-scripts.com

👉 @webdev07
​​ JavaScript dasturlash tili haqida muhum ma'lumotlar.

JavaScript nima?
Bu savolga har xil javob berish mumkin. Bu dasturlash tili, to‘g‘rirog‘i veb dasturlash tili, undan ham to‘g‘rirog‘i klient tomonda ishlaydigan dasturlash tili, ya’ni bu veb dasturlash tili ishlashi uchun hech qanday server kerak emas, oddiy brauzerda ishlayveradi.

🤓 JavaScript veb dasturlash tilini qachon o‘rgangan ma’qul? - Bu dasturlash tilini HTML, CSS kabilarni o‘rganib olgandan keyin boshlagan yaxshi. Shunda o‘rganish ham oson bo‘ladi. Ko‘pchilik darhol PHP veb dasturlash tilini o‘rganishni boshlab yuborishadi, keyin qiynalib qolishadi, mani fikrimcha dasturlash tilidan dastlab Javascript’ni o‘rgangan yaxshi va yengil.

📈 JavaScript dasturlash tilining rivoji va kelajakdagi o'rni qanday? - Hozirgi kunda ushbu dasturlash tili dasturchilar orasida alohida xurmatga egadir. Jumladan ushbu dastur yordamida web-sayt yaratish, telefonlar uchun dasturlar yaratish va boshqa muhim va katta dasturlash yaratiish mumkin.

💰 JavaScript dasturlash tili orqali qancha daromad topsa bo'ladi? - Hozirgi kunda dasturchilik kasbiga bo'lgan extiyoj va e'tibor kun sayin ortib bormoqda. Daromadiga kelsak, O'zbekistonda ham yaxshi daromad topishadi.

👨‍💻 Ish topish qiyinmi, oson!? - Ish topish juda oson. Siz ushbu internet saytlar orqali doimiy va vaqtinchalik ish topishingiz mumkin: Freelance.comgiglancer.uzwebdastur.uzFreelance.rufl.ru

P/S: Vaqtingizni bekor ketkazmay, harakatni hozirdan boshlang va o'z natijangizga erishib, yuqori daromad topishni boshlang.

@javohir_webdev
Frontend dasturlash asoslari kursi
Mayoq
Kechagi "Frontend dasturlash asoslari" mavzusidagi audiochat yozib olingan varianti.

Kursning 2-qabuliga saralash bosqichi davom etyapti. Maketlarni topshirish muddati uzaytirildi. Ishlaringizni 4-oktabr soat 23:59 gacha yuborishingiz mumkin.

🔗 Maketga link

Maketni tekshirish uchun mezonlar

📃 Saralash ishlarini topshirish shakli

📚 Mohirdevga joylangan bepul videokurs

▶️ Videokursning YouTubega joylangan varianti

ℹ️ Kurs haqida batafsil ma'lumot
Javascriptdagi Array methodlar haqida qisqa izoh

@javohir_webdev