Javohir Berdiyev | Blog
5.29K subscribers
560 photos
275 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
EHTML — kengaytirilgan HTML

EHTML yoki Extended HTML bu bizga tanish HTML ning imkoniyatlarini kengaytiruvchi kutubxona. Uning ideyasi oddiy: sodda va muntazam amallarni Javascriptsiz faqat HTML yordamida bajarish. Masalan, formani json formatida yuborish, HTML templatelarni ayni bir sahifaga yuklash, turbolinklar va boshqalar.

LINK 👉 github.com/Guseyn/EHTML

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qachon taslim bo‘lmang!

Toki siz tirik ekansiz, barcha narsaning iloji bor. Faqatgina bir sabab uzrli bo‘lishi mumkin, bu ham bo‘lsa o‘limdir. Toki siz tirik (sog‘-salomat va ozod) ekansiz, sizda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p marotaba urinish imkoni bor.

Qiyinchilik bo'layaptimi demak siz to'g'ri yo'ldasiz, yuqoriga ko'tarilish doim qiyin bo'lgan, pastga sakirash doim oson.
#motiv

@javohir_webdev
👍1
Savollar bormi ? Voicechat qilasizmi ?
Live stream started
Live stream finished (46 minutes)
Dasturlashni o'rganayotganlar uchun maslahatlar

1. Izchil bo'ling
Dasturlashni o'rganishning eng zo'r yo'li bu kod yozishdir. Ko'proq kod yozish. Har kuni kod yozish. Kod yozib, muammolarni yechish.

2. Konspekt qiling
O'zingiz uchun. Qulay va tushunarli tarzda. Xohlagan uslubda. Qo'lda yozilgan yozuvlar uzoq muddatli yodlash uchun eng yaxshisidir.

3. Dam oling
Qizib ketmaslik uchun. Quvvatni qayta to'ldirish uchun. Aqlni joyga keltirish uchun.

4. Vaqt bilan ishlashni o'rganing
Kuniga 18 soat degan gaplarni esdan chiqaring. Shunchaki uzoqqa borolmaysiz. Rejimni yo'lga qo'ying: 8 soat uyqu, to'laqonli ovqatlanish, quyoshga chiqib turish. Dasturlash hayotingizni asosiy qismi bo'lsin, ammo uni butunlay egallab olmasin.

@javohir_webdev
Frontend-dasturchi. Hayolda va aslida.

«Frontend ko'proq dizayn haqida, uning dasturlashga aloqasi yo'q»
Zamonaviy frontend nafaqat vyorstka yoki animatsiyalar haqida, balki bu to'laqonli ishlab chiqarish va dasturlash sohasidir va ayrim hollarda nafaqat Javascriptda.

«Brauzerlar hammasi bir xil»
Hozirgi vaziyatda brauzerlar borgan sari operatsion tizimlarga o'xshab bormoqda, lekin ahvol avvalgidan ancha yaxshi. Har bir brauzer uchun alohida stil yozish, katta miqdorlarda qo'l bilan prefikslar qo'yib chiqish ortda qoldi. Standartlashtirish tobora rivojlanyapti, lekin krossbrauzerlikni esdan chiqarish hali erta.

«Frontend web-ilovani chiroyli, quvvatli, zamonaviy va qulay qilishga qaratilgan»
To'g'ri.

@javohir_webdev
juda ko'p uchraydigan vaziyat 😂

Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07
O'qishga kira olmagan bo'lsangiz xafa bo'lmang

IT sohasini oliy ta'lim orqali o'rgansangiz nimalarni yo'qotasiz?

Eng birinchi o'rinda siz vaqtingizni yo'qotasiz, ortiqcha 4 yil umringiz zoya ketadi. 3-4 yil vaqtingiz va undan tashqari kontrakt, ijara, kiyimlar, ovqatlanish va boshqa qo'shimcha xarajatlar sizni kutib turibdi.

Oliy ta'limda o'qishning eng yaxshi taraflaridan biri sizda diplom bo'ladi. Albatta, diplom kerak va u bilan ko’p ishlar qilsa bo’ladi. Ammo IT sohasida ishga joylashish uchun, sizdan faqat bilim va tajriba talab etiladi.

Dasturchilik kasbini misol qilib olsak, bu kasbni siz 1 yil davomida video kurslar va tinimsiz mehnat orqali uncha-muncha narsani o'rganib olib yaxshigina daromad topish mumkin.

🤔 Siz endi mantiqan o'ylab ko'ring. Siz qay birini tanlagan bo'lardingiz, masalan o'zim albatta mehnat qilib, ishtiyoq bilan qisqa vaqtning ichida o'rganishni tanlayman.

@javohir_webdev
Live stream scheduled for
Yosh dasturchilarning TOP-3 xatosi

Hozir dasturlash olamiga endi kirib kelgan dasturchilar ko'p xato qilishadi. Shulardan top-3 tasini taqdim etamiz

1. Dasturlashni o'rganishdagi ishtiyoqsizlik

Ayrimlar dasturlashni boshlashadi, ertasiga esa yoqmaydi. Keyin o'rganarman deb qo'yishadi. Lekin shular qattiq adashishadi. Keyinga qolgan ish oxirigacha bormaydi. Kunning grafigini tuzish kerak, kuniga 2 soat yetadi.


2. So'rashishni bilishmaydi

Ayrimlar dasturida xato chiqsa, telegramdagi ayrim gruppalarga shunchaki tashab qo'yishadi. Xuddi meni o'rnimga qilib ber degandek. Lekin ular StackOverFlowni bilishmaydi.

3. Faqat bitta narsani o'rganishadi.

Siz masalan Javani o'rganyapsiz. Bu degani faqat Java emas. To'g'ri, qolganlari haqida ham ma'lumot kerak. Ular haqida tasavvurga ega bo'lish kerak. Ya'ni Python nima, Frontend nima deganda, hayolga oz-muncha ma'lumot kelishi kerak!

#consultation

@javohir_webdev
Dasturchi bo'lmoqchilar, qani yaqinroq kelinglar. Gap bor...

Hullas, tajribali Web dasturchi Javohir Berdiyev 29-avgust kuni o'z kanalida Ovozli chat tashkillabdi!

Mavzu: Dasturlashga ilk qadam yoki dasturlashni o'rganishdagi xatolar

Dasturchi bo'lishni maqsad qilib yurganlar uchun bu ajoyib taklif. Agar bu mavzu sizga qiziq bo'lsa tezroq kanaliga obuna bo'lib, ovozli chatda qatnashing!

Ha aytgancha, ovozli chat davomida boshqa tajribali adminlar ham qatnashadi.

Chat manzili: 👉 @javohir_webdev
Dasturlash bo'yicha eng yaxshi 10 ta kitob

Dasturlash bo'yicha ko'plab kitoblar mavjud, ammo ularning ozgina qismi haqiqatan ham foydali va yillar davomida qarimaydi. Dasturlash bo'yicha kitoblar o'qish unchalik ham oson bo'lmagan biroz murakkab materialdir. Shuning uchun dasturlash bo'yicha kitoblardan maksimal darajada foydalanish uchun siz to'g'ri mualliflarni va to'g'ri kitoblarni tanlashingiz kerak.

1) Dasturchi karyerasi. Google, Microsoft yoki boshqa etakchi IT-kompaniyalarda qanday qilib ish topish mumkin
2) Mukammal Kod, Stiv MakKonnell
3) “Mukammal kod. Yaratish, tahlil qilish va qayta tiklash ”, Robert C. Martin
4) "Pragmatik dasturchi. Shogirddan masterga sayohat ”
5) "Dasturchi yo'li", Jon Sonmez
6) “Algoritmlar. Qurilish va tahlil "
7) “Release it! Befarq emaslar uchun dasturiy ta'minotni yaratish va loyihalash ", Maykl Neigard
8) "Dasturchilar ishda! Dasturchi hunari to'g'risida mulohaza yuritish ”, Piter Seibel
9) Afsonaviy odam-oy, Xill Chapel, Frederik Bruks
10) "Meni o'ylashga majbur qilmang", Stiv Krug

@javohir_webdev07
Live stream started
Live stream finished (59 minutes)
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas

👇👇👇
@javohir_webdev