Javohir Berdiyev | Blog
5.27K subscribers
560 photos
276 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Siz uchun WEB DASTURLASH suhbat

Bugun qilgan suhbatimizni yozib olgandim. Suhbatda qatnasha olmaganlar uchun ham manfaatli bo'ladi degan umiddaman.

👉 https://youtu.be/CEALWpEkeH0
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔇 MUZO - shovqinlardan holi muhitni yarating

Kundalik hayotimizda yon-atrofdagi chalg'ituvchi tovushlardan charchaganimizda diqqat-e'tiborimizni o'z ishimizga qaratish ancha mushkul.
Muzo antiakustik qurilmasi sizning muhitingizda "jimlik" tovushlarini paydo qilib, barcha intruziv shovqinlarni bo'g'ishga xizmat qiladi. Shuningdek, u nutqingiz maxfiyligini himoya qilib, atrofdagilar sizni tinglashiga yo'l qo'ymaydi.

@javohir_webdev
#maqola
🖥 Dasturlashni oʻrganish uchun 10ta sabab💡
Har bir inson bir ishga kirishar ekan, uni oldinga intilishga undaydigan narsa boʻlishi kerak, dasturlashda ham shunday. Shu maqsadda sizlarga "Dasturlashni oʻrganishga 10ta sabab" mavzusidagi maqolani taqdim etamiz. Foydali boʻladi degan umiddamiz.

Quyida dasturlashni oʻrganishga oʻnta sabablar👇

1️⃣ Dasturlash insonga qanday fikrlashni oʻrgatadi.
Dasturlashni oʻrgangan har bir odamda fikrlash oʻsadi. Dasturlash sohasi mos kelmasa, boshqa sohada oʻzini sinab koʻrishi oson kechadi. Umuman har bir inson, dasturchi boʻlmasa ham, uning asoslarini oʻrganishi kerak

2️⃣ Dunyoda dasturchilarga ehtiyoj koʻp, dasturchilar esa ish topishda chegaralarga qarab oʻtirmaydi, istalgan joyda, imkoniyatlarga qarab ish topib olishi mumkin.

3️⃣ Dasturlashni oʻrganish, insonda muammolarga yechim topish qobiliyatini rivojlantiradi, bunday qobiliyatlar hayotda har bir inson uchun kerak.

4️⃣ Dasturchi boʻlish uchun hech qanday hujjat kerak boʻlmaydi, ish beruvchilar koʻproq qobiliyat, bilim va tajribaga e'tibor berishadi.

5️⃣Dasturchi ish qidirib yurishi yoki ish beruvchilarni kutib oʻtirishi shart emas. Mustaqil tarzda oʻzini ish bilan taʼminlashi mumkin.

6️⃣ Dunyodagi eng koʻp mablagʻ topadigan soha vakillari ichida dasturchilar ham bor. Dunyoning eng boy odamlari ham shu sohaga aloqador odamlar💰💰💰

7️⃣ Dasturlashni o'rganish uchun maʼlumotlar bazasi katta va internet orqali istalgan odam uni oʻrganishi mumkin📚

8️⃣ Oʻzingizga mos va qulay ish sharoitida ishlay olish imkoniyati. Dasturchilar dunyoning istalgan joyida turib ishlashi mumkin.

9️⃣ Barqaror rivojlanayotgan va ishonchli kasb egasi boʻlish. Dasturlash sohasi yildan-yilga rivojlanib bormoqda va asosiysi bu rivojlanish muntazam ravishda kuzatilmoqda.

🔟 Doimiy oʻsib borish imkoniyati.
Dasturchilar uchun doimiy oʻsib borish va yangi narsalarni oʻrganish ham imkoniyat ham majburiyat. Chunki bu soha har doim oʻsib borishni talab etadi.

Maqolaning foydasi tekkan boʻlsa, boshqalarga ham ulashing.
Hurmat bilan, UzTab Group
@javohir_webdev
Forwarded from Najot Ta'lim
Mission Impossible: Ishga kirish — Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klass

Maqolani eʼtiboringizni hozirda bozorda uchrayotgan qiziq bir holatga qaratish bilan boshlamoqchimiz. Atrofimizga qarasak, juda koʻp yoshlarni, taʼlim olgan, hunar oʻrgangan, biror ishni uddalash darajasida boʻlganlarning ish qidirayotganliklarini koʻramiz.

👨‍💻 Xoʻsh, nahot ishga kirish shunchalar qiyin boʻlsa, nega bunchalik koʻp yoshlar haligacha biror joyda muqim ishlashni boshlamagan deb, vakansiyalar eʼlon qiluvchi veb-saytlarni koʻzdan kechirsak yoki nomi ancha taniqli boʻlib ulgurgan korxonada ishlovchi doʻstimiz bilan gaplashsak, kadr yetishmovchiligidan noliyotganligini koʻrishimiz mumkin.

Qiziq, yuqorida taʼkidlagan sifatlarimizga ega boʻlgan yoshlar ish qidirmoqda, aynan oʻsha yoʻnalish boʻyicha esa bozorda yetarlicha vakansiyalar mavjud.

💸 Unda muammo nimada? Ish beruvchilar koʻp narsa talab qilishmoqdami yoki ularga taklif qilinayotgan maosh yoshlarni qoniqtiradigan darajada emasmi? Yoki ishga kirish uddalab boʻlmas topshiriqmi?

Bozorda qanday kadr qadrlanmoqda, ishga kirish uchun qanday bosqichlardan oʻtish kerak, barcha ketma-ketlik qanday kechadi oʻzi?

Hozir sizga havola etilayotgan video orqali, aynan yuqoridagi savollarga oʻz tajribasidan kelib chiqib javob bergan, yoshlar bilan oʻz bilimlarini ulashgan ustoz Muhammadjavohir Surʼatovdan maxsus master-klassni koʻrishingiz mumkin.

📌 Premyera bugun, 30-oktabr, 20:00 da boshlanadi

🔗 Havola:
https://youtu.be/tU5F2bJvnds
Dasturlashni o’rganishdagi xatolar

Dastavval qay usulda bo’lmasin bilim olish foydali ekanligi haqida aytib o’tish lozim, chunki ular inson miyasining harakatlanishiga olib keladi. Biroq, biz shunchaki miyani chiniqtirish emas, balki kasb egallash va pul topish haqida gaplashayotgan ekanmiz, eng yaxshi usullarni ajratib chiqishimiz kerak.

Quyida esa yaxshi dasturchi bo’lish uchun xalaqit beruvchi o’qish usullarni bilib olib ulardan ehtiyot bo’lish lozim.

Energiyani noto'g'ri taqsimlash
G’arbiy ta’limda texnik o’z-o’zini o’qitish usullari bor. Ulardan har biri 3 bosqich ta’sirchanligiga ega. Shunday qilib, masalan bitta axborotni doimo qaytadan o’qish deyarli befoyda. Uni aniq savol va vazifalardan iborat kichik qismlarga ajratish esa materialni tezroq o’zlashtirish imkonini beradi.

Professional sifatli o’quv kurslari aynan shunday tuzilgan: teoriya – amaliy vazifalarni bajarish – yuzaga kelgan savollarni yechish.

Oson o’qish
Turli blog va forumlarda dasturlash mavzusiga bag’ishlangan materiallarni ko’rish mumkin. Albatta, biror dasturlash tilini mukammal egallash niyatingiz bo’lsa, ularni o’qish foydali. Ammo bu usul bilan chuqur bilimga ega bo’lishning uddasidan chiqish qiyin, shu bois bekorga vaqt va energiya sarflaganingiz qoladi.

Amaliyotning yetishmasligi
Dunyoqarashni kengaytirish uchun bilimni amaliyotda qo’llash kerak. Buning bor foydasi shunda. Bular uchun vaqt va kuch sarflash kerakmi? Dasturlash – ilmiy aniqlik va maksimal tarzdagi amaliyotni talab qiladi. Shunday ekan, mustaqil o’qishga qaror qilgan ekansiz, o’rganganlaringizni amaliyotda imkon qadar foydalanishga harakat qiling.

Qobiqda o’ralib o’qish
Mustaqil ravishda o’qishni uddasidan chiqayotgan bo’lsangiz ham, ertami-kechmi o’z malakalaringizni atrofdagilarga ko’rsatishingiz kerak. Siz kod yozsangiz-u uni hech kim ko’rmasa nima foydasi bor? Jamoada o’qish nafaqat savollarga tezda javob olish, balki o’zingiz haqingizda boshqalarga ma’lum qilish, ichki ishonchni his qilishga ham yordam beradi. Biror kishi sizga alohida o’rganishni taklif qilsa bu haqida yodga oling.

Noto’g’ri mentor
Agar mentor topish va uning kurslariga yozilishni niyat qilgan bo’lsangiz, u haqida imkon qadar ko’proq bilishga harakat qiling. Chunki sizning kelgusi karyerangiz aynan shu kishiga bog’liq bo’ladi. Faqatgina o’qituvchining o’zi haqida emas, u o’qitgan kishilar, ularning qayerda ishlayotgani haqida ham qiziqing. O’zingiz kelajakda nima xohlayotganingiz aynan shunga bog’liq.

Shu sababli tanlagan kursingizdagi mentorga butunlay ishonib qolish – xavfli. Kurslarda har doim bir nechta ustozlar, guruhdoshlar bo’ladi. Ular bilan ishda maslahatlashish kerak. Bundan tashqari rasmiy ro’yxatdan o’tgan kurslar har doim ham shaxsiy kelishilgan kurslarga qaraganda ko’proq kafolat berishini unutmang. ©️DevelopersUz

@javohir_webdev
👍1
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥 React JS 5-dars, React Props haqida.

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
IT mutaxassislarini CAMBRIDGE va MODME jamoalarimizga taklif qilamiz

Doimiy rivojlanish istagida bo'lgan FULLSTACK developerlarni jamoamizga ishga taklif qilamiz.

Jamoamizga qo'shilib quyidagilarga ega bo'lasiz🤩
- Kuchli xalqaro SENIOR MENTORlar va TEAMLEADlar bilan ishlash imkoniyati
- Doimiy o'sish
- Xalqaro loyihalarda ishtirok etish
- Yaxshigina oylik maosh
- Jamoaviy muhit va issiqqina qahva ☕️😁

Fullstack developerga talablar:

• Vue.js (html, css, js, Vue.js, Vue-router, Vuex)
• PHP (Laravel framework)
• MySQL, PostgreSQL (SQL zapros yoza olish)
• REST API
• Git, Github, Gitlab da ishlay olish
• Linux buyruqlar satri bilan bazoviy darajada ishlay olish

Web safihani verstka qilish talab etilmaydi
Githubda portfolio bo'lishi shart
Minimal daraja: JUNIOR


👉 Jamoamizga qo’shilish uchun formani to'ldiring: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdDTLpiH8yn4kznamLwp12xRubMNyt0Owmh63fkYXIwuZgYhg/viewform?usp=sf_link
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Va nihoyat ! Front end kursimizga(pullik) yangi guruh tashkil qilamoqchiman, o'rganishni xohlaydiganlar bormi ?
Anonymous Poll
33%
Ha albatta bor 🖐
43%
Menda hozir sharoit yo'q 😕
13%
Menga qiziq emas 😜
12%
Qanday kurs ekan qiziq 🤨
surish fikrim qat’iylashdi
boshqa iloj yo'q menimcha
Web Dasturlash kanali
Va nihoyat ! Front end kursimizga(pullik) yangi guruh tashkil qilamoqchiman, o'rganishni xohlaydiganlar bormi ?
Surish dan oldin dasturlashini o'rganib oling

xudo xohlasa tez kunda yangi online guruhga start beramiz 😁
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Web dasturlashni "0" dan o'rganmoqchi bo'lganlarga ajoyib yangilik.

FRONTEND dasturlash kursining yangi formatdagi darslariga qabul boshlandi.

Bu kursimizda siz professional WEB dasturchi bo'lib yetishasiz. Asosiy talab - vazifalarini o'z vaqtida bajarsangiz bo'lgani.

Kursni muvaffaqiyatli tugatganlarga amaliyot va ish topishda yordam beriladi. (WebDev jamoasiga qo'shilish imkoniyati mavjud)

Kurs oxirida pulingiz qaytarib beriladi. (Darslarimizdan qoniqmasangiz yoki ishga kira olmasangiz)


🔸 Format: Onlayn (1-dars tekin);
🔸 Narxi: Oyiga 440 000 so‘m (550 000 so'm);
🔸 24/7 dars bo'yicha savollaringiz javob beradigan professional jamoa;
🔺Chegirma tugash muddati: 30-noyabr;

🔸 Joylar soni: 20 ta. (Imkoniyatni qo'ldan chiqarmang)

👨‍💼 O'qituvchi: Berdiyev Javohir:
🔹 5 yillik tajribaga ega
🔹 30+ loyihalar bilan ishlagan, WebDev loyihasining asoschisi.
🔹Kurs haqida to'liqroq - linkni bosing

✍️
Murojaat uchun: @javohircoder
Davomiyligi: 6 oy (+ 1 oy amaliyot)
🎯 Hozirgi kunda eng aktual sohalardan biri bo'lgan Dasturlash sohasini o'rganish Sizni serdaromad insonlar safiga qo'shishi tayin.

🔥 Quyida keltirilgan veb-saytlar orqali siz dasturiy muhandislik, Web dasturlashning asoslari, Frontend: HTML, CSS, Sass, Bootstrap ko'nikmalariga ega bo'lish va mahoratingizni oshirish imkoniyatiga ega bo'lasiz.

👉 www.frontendmentor.io
👉 www.acefrontend.com
👉 www.100dayscss.com
👉 www.codewars.com
👉 www.codier.io
👉 www.coderbyte.com

@javohir_webdev
Ish vaqti endi boshlandi 😁
Tunda ishlaydigan dasturchilar bormi oramizda 😇

@javohir_webdev
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Maqsad sari intiling

Natija sari emas maqsad sari intiling. Ya'ni, biror vazifani o'zingizga yoqqani yoki bu faoliyat kimgadir foyda keltirishi yoki foydali mashg’ulot ekanligi uchun bajaring. Moddiy foyda yoki obro'ni ko'zlab ish tutmang. Ularning o'zi sizni qidirib keladi. Dunyo shu tamoyil bilan ishlaydi.

© Robin Sharma

@javohir_webdev