Javohir Berdiyev | Blog
5.26K subscribers
561 photos
276 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🔥Taniqli dasturchi Lazizbek Adhamov
#Internet loyihasidagi nutqida yoshlarga qaysi kasbni egallashdan qat'iy nazar, qo'shimcha dasturchilikni ham o'rganishni tavsiya qildi. O'z yo'nalishini dasturchilik bilan integratsiya qilish kelajakda eng zarur omilga aylanishini ta'kidladi.

Do'stlaringizni biz bilan ulashing 😊
👇👇👇
@webdev07
👍14🔥5
Nima uchun ko'pincha yozish uchun qalam ishlataman, chunki qalam ishlatsam xato qilishdan qo'rqmayman 😊. Bu meni tez ishlashimga yordam beradi.

Ba'zida hayotda xato qilishdan qo'rqitadigan yoki kuladigan odam( yoki narsalar) bo'ladi, menimcha shunchaki ulardan uzoqlashish kerak. Chunki xato qilmagan odam hech nima qilmangan odamdir )

@javohir_webdev
👍30🔥7
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥 Redux 4-dars Redux-toolkit haiqda

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍6
Hamma go'zal odamlar yaxshi bo'lmasligi mumkin, Lekin hamma yaxshi odamlar go'zaldir 😊
Ali roziyallohu anhu

@javohir_webdev
👍385🔥2
#Yuksalish_vaqti

Kitob
odamni - bilag’on, suhbat – topqir qiladi, yozib olish odati esa uni aniqlikka o’rgatadi.

©F. Bekon

Rasmiy sahifalarimizga obuna bo'ling:
Telegram | Instagram | YouTube | Tiktok
👍20😁2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍29🔥11
Forwarded from Javohir Berdiyev | Blog
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Javascript yoki Python qay birni o'rgansak yutqazmaymiz 😎

@javohir_webdev
👍19🔥82
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥21👍1
CHARLI CHAPLIN HIKMATLARIDAN

💠 Komediya suratga olish uchun menga park, polisiyachi va bitta chiroyli qiz kifoya qiladi.

💠 Sevilmaganlargina nafratlanadilar.

💠 Men siyqasi chiqqan mavzudan qo‘rqmayman. Hayotning o‘zi to‘lasicha siyqalik. Axir har birimiz yashaymiz va o‘lamiz, bir kunda uch mahal ovqatlanamiz, sevamiz va sevmay qo‘yamiz.

💠 Hayotdagi eng qayg‘uli hol – hashamatga o‘rganib qolishdir.

💠 Hech qachon bola bo‘lmaganlar katta ham bo‘lmaydilar.

💠 Hamisha yerga qarab yuradigan odam kamalakni ko‘rolmaydi.

💠 Tabassumsiz kun – yo‘qotilgan kun.

💠 Aql meni xavotirga solishi, hatto kasal qilib qo‘yishi mumkin. Biroq uni yuragim bilan uyg‘unlashtira olsam, u o‘sha zahotiyoq mening bebaho ittifoqchimga aylanadi.

💠 Men kambag‘allikda hech qanday joziba yoki ibrat ko‘rmayman. U menga hech narsani o‘rgatmadi, hayotiy qadriyatlar haqidagi tasavvurlarimni buzdi, xolos. Jamiyatning oliy sinfi deb ataluvchi boylarning iqtidori va fazilatlarini hurmat qilmaslikni uqtirdi.

💠 Hamma gap samimiyatda. Chol banan po‘chog‘iga sirpanib yiqilib tushdi – bunga kulmaymiz. Lekin bu holat takabbur va boy jentelmen bilan sodir bo‘lsa, miriqib xoxolaymiz.

💠 Mening og‘rig‘im kimningdir kulgisiga sabab bo‘lishi mumkin, lekin mening kulgim kimningdir og‘rig‘iga sabab bo‘lmasligi kerak.

💠 Oyna – mening eng yaxshi do‘stim. Chunki yig‘lagan paytim u hech qachon kulmaydi.

💠 Fikrlash qobiliyati skripka yoki royal chalishga o‘xshaydi. U bilan har kuni shug‘ullanib turish kerak.

💠 Hayot repetisiya qilinmaydigan pyesadir. Shu bois parda tushib, spektakl tugamagunicha hech qanday qarsakni kutmay kuylang, yig‘lang, raqsga tushing, kuling va qo‘lingizdan kelganicha yaxshi yashang.

Orif Tolib tarjimasi
«Yoshlik» jurnali, 2016 yil, 9-son
👍22🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📹Kim aldasa bizdan emas.
Ilm yo'lida bo'lganlar eshitsin

Osmondagi bolalar video 👉 youtu.be/N2CN7pYcR-I

@javohir_webdev
🔥15👍103😢1
🔴 Agar birov seni deb boshqaga xiyonat qilsa, u bilan do‘stlashma, ertami-kechmi boshqa birov uchun senga ham xiyonat qiladi.

🔵 Hech qachon sabringni yo‘qotma, bu eshikni ochuvchi so‘nggi kalitdir.

🔴 Yashash uchun arziguli narsa uchun o‘lishadi.

🔵 Do‘stlar va sevimli kishilarni sinamang, ular baribir sinovga bardosh bera olmaydilar.

🔴 Sevgi, bu bir-biriga qarash emas, balki birgalikda bir tomonga qarashdir.

🔵 Qalb bilangina ko‘rmoq mumkin, ko‘z bilan asosiylarni ko‘rib bo‘lmas.

🔴 Haqiqiy muhabbat evaziga hech narsa kutmaslikdan boshlanadi.

🔵 Barcha katta yoshdagilar qachonlardir bola bo‘lganlar, faqat bu haqida hammalari ham eslamaydilar.

🔴 Rejasiz maqsad- bu shunchaki orzu!..

🔵 Borish muhim! Biror joyga yetib kelish emas, zero, biz faqat o‘limga yetib kelamiz, xolos.

🔴 Muvaffaqiyat ko‘pgina omadsiz harakatlar natijasida tug‘iladi.

🔵 So‘zlar bir-birini tushunishga xalaqit beradi, xolos.

🔴 Kelajakni oldindan ko‘rib bo‘lmaydi, lekin unga yo‘l qo‘yish mumkin.

🔵 Kattalar hech qachon o‘zlaricha biron narsani tushuna olmaydilar, ularga hadeb hijjalab tushuntirib beraverish esa oxir-oqibat bolalarning ham joniga tegadi.

🔴 Boshing oqqan tomonga ketaverganing bilan uzoqqa ketolmaysan.

🔵 Kattalar raqamlarni juda yaxshi ko‘rishadi. Ular hech qachon asosiy narsa haqida so‘ramaydilar.

🔴 Dunyoda do‘stlarni unutib yuborishdan ham qayg‘uliroq narsa yo‘q, axir do‘st bo‘lish har kimga ham nasib etavermaydi-da.

🔵 Axir, gullar judayam zaif, oqko‘ngil bo‘ladi-ku. O‘zlarini botir ko‘rsatish uchun ham tikan chiqarishadi, go‘yo shunda ulardan hamma qo‘rqadigandek.

🔴 Osongina fosh bo‘lishing muqarrar vaziyatda yolg‘on gapirmoq- borib turgan ahmoqlikdir.

🔵 Og‘izdagi so‘zga emas, amaldagi ishga qarab baho berish kerak.

🔴 Qirollar dunyoga jo‘ngina qaraydilar- ular uchun jamiki odam- fuqaro.

🔵 Har kimdan qurbi yetadigan narsani talab qilish kerak.

🔴 O‘zingni tergash, sud qilib hukm chiqarish o‘zgalarni sud qilishdan ko‘ra ming karra qiyinroq. Agar o‘zingni to‘g‘ri sud qila olsang, demak chindan ham donishmand odam bo‘lib chiqasan.

🔵 Izzattalab odamlarga hamma ularning muxlisi bo‘lib ko‘rinadi.

🔴 Qirollar hech kimga egalik qilolmaydi. Ular faqat hukmronlik qiladi.

🔵 Odamlar orasida ham o‘zingni yolg‘iz sezaverasan...

🔴 Hozir odamlarning biron narsani bilishga vaqti qolmagan.

🔵 Guling senga shuning uchun ham qadrliki, unga ko‘nglingni bergansan.

🔴 Kimniki qo‘lga o‘rgatgan bo‘lsang, uning taqdiriga hamisha javobgarsan.

🔵 Faqat bolalargina nima izlab yurganini bilishadi.

🔴 Eng asosiy narsa- ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmaydigan narsa.

🔵 Ko‘ngil ko‘zi bilan izlash lozim.


📌 Ha, shubhasiz, kattalar juda-juda g‘alati xalq!!!

“KICHKINA SHAHZODA
👍28🔥32😢2
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥 Redux 5-dars Amaliyot

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍5
Tarbiyani ta'limdan ustun qo'ygan murabbiy bilan suhbat

Barchamiz intiqib kutgan Ramazon oyining kirib kelishiga ham sanoqli kunlar qoldi. Shunday ekan, an'analardan biroz chetlashgan holda sizlarni loyihamizning payshanba kuni namoyish etiladigan maxsus Ramazon sonini ko'rishga chorlab qolamiz! 😊

📌 Ushbu 23-suhbatimiz mehmoni, tarbiyachi hamda "Sakinat" oila maktabi ta'sischisiIkrom Sharif bo'ldilar. Suhbat davomida spikerimiz yoshlar tarbiyasi, ilm olishda ustozning o'rni, korrupsiya, adolat, din, ta'lim, insonlar bilan munosabat, oila, jamiyatdagi muammolar kabi keng mavzularga to'xtalib o'tdilar.

Bugun, soat 20:30 da bo'lib o'tadigan suhbatimizni o'tkazib yubormang. Ishonamizki, mehmonimiz bilan bo'lgan maxsus Ramazon soni sizlarga, albatta, manfaatli bo'ladi.

🌙 Kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin!

Havola: https://youtu.be/1K2EbBZ_lxg
👍16🔥21
chiroyli_ramazon_tasbehi(360p) 00_00_00-00_01_09
<unknown>
#ramazan

Barchaga kirib kelayotgan Ramazon oyi muborak bo'lsin

Ramazon yaqinlashyapti🥰

@webdev07
14🎉4
Ajoyib javob bo'libdi 😊
🔥55😁25👍193
Forwarded from Temurbek Adhamov
Bilamizki, eng katta dushmanlarimiz ikkita: shayton va o'z nafsimiz. Bu ikki dushman bilan kurashish ancha mushkul, oxiri ko'rinmas va davomli. Bir paytda ikki dushman bilan olishish ko'pchilik taqvodor insonlar uchun ham qiyinchilik tug'diradi.

Ramazon oyida shaytonlarning zanjirbandlanishi nafsimizni jilovlab olishimiz uchun berilgan imkoniyat. Nafsga shart qo'yish, nafs bilan sulh tuzish, nafsning lazzati haqida Muhammadali Eshonqulov o'zining fikr va tajribalari haqida master-klass o'tib bergandilar.

Premyera bugun — 2-aprel kuni soat 14:00 da bo'lib o'tadi.

Havola: https://youtu.be/yDD7FL8EhFs

@temurbek_adhamov
👍12
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ishlab turib ham o'qib o'rgansa bo'ladimi ?

Bu savolga Dovranbek Turdiyev (Eslab qolish bo`yicha Rossiya Rekordchisi) juda chiroyli javob berdi.

@javohir_webdev
👍18🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalamu alaykum, xayrli tong barchaga. Dam olish kuni ham biz on-line darsdamiz 😊

@javohir_webdev
👍19🔥3