Javohir Berdiyev | Blog
5.25K subscribers
562 photos
276 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍33🔥62🎉1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍44🔥6😁21🎉1
​​🔹 Agar siz onlayn ta’lim olishga to'g'ri yondashsangiz, uning yordamida har qanday maqsad amalga oshishi mumkin. Biz siz uchun orzuingizdan yarim yo'lda voz kechmasligingiz uchun 7 ta samarali maslahatni to'pladik!

1️⃣ Ta’lim cheklovlarini o’rganing
Tabiat qonunlariga ko’ra yangi informatsiyani qabul qilish davomiyligi 40 daqiqadan oshmasligi kerak. Ma'lumotni qayta ishlash uchun miya dam olishi kerak. Darslikni navbat bilan o’rganishga harakat qiling:dasturni o'rganish uchun 20 daqiqa, nazariya uchun yana 20 daqiqa ajrating. Bunday tartib sizni psihologik “portlash”dan ham saqlab qoladi.

2️⃣ O'qishni ish deb qabul qiling
Bir vaqtning o'zida darslarga o'tirib, shaxsiy “zavq”laringizdan voz keching. Bu yerda hamma narsa ishxonadagi kabi: hech qanday "Xo'sh, men 5 daqiqaga chiqib kelaman" yoki "Men lentani biroz aylantiraman" degan gaplar ketmaydi. Keling, bir sirni oshkor qilaylik: lenta kutib turishi mumkin, u sizdan hech qayerga ketmaydi!

3️⃣ O’qish uchun alohida maydon tashkil qiling
Bu alohida brauzer, ish stoli yoki hatto maxsus noutbuk bo'lishi mumkin. Shunday qilib, siz nafaqat dars uchun kerak bo'lgan hamma narsani ajratibgina qolmay, balki hamma “vaqt qotillarni” ko'rish maydonidan olib tashlashlaysiz.

4️⃣ Organayzer tuting va kichik maqsadlar qo'ying
Ommabop organayzerlarda siz qulay vazifalar panellarini yaratishingiz mumkin - ulardan kichik maqsadlarni belgilash uchun foydalaning. Ular yordamida siz o'zingizning rivojlanishingizni kuzatishingiz va vaqti-vaqti bilan bajarilgan vazifalar uchun o'zingizni maqtashingiz mumkin-bu sizni yanada ko’roq ishlashga undaydi.

5️⃣ O'qish paytida loyihalar olishga harakat qiling.
Radikal, ammo samarali usul:mijozlarning kutishi va mehnatdan oldindan to’lovni qabul qilish — ko’roq o’qish uchun ajoyib turtki. Qolaversa kelishuvlarga kelsak, "birlashish" va bahona topish vasvasasi bo'lmaydi, chunki amaliyot orqali o'rganish — juda samarali.

6️⃣ Blog oching va jamoat tuzing
O'zingizni mutaxassis sifatida joylashtira boshlaganingizdan so'ng, mashg'ulotni tark etish ancha qiyinroq. Blog ochishga urinib ko'ring va yutuqlaringiz haqida so’zlashni boshlang - bu nafaqat sizning yutuqlaringizni kuzatishga , balki potentsial mijozlarni qiziqtirishga yordam beradi.

7️⃣ Sohani "Yuzaki" o'rganmang
Barcha sohalar qandaydir tarzda bir-biri bilan chambarchas bog'liq va buni sezishni o'rganish juda katta yordam beradi. Ushbu yondashuv bitta kasb atrofida harakat qilishdan ko'ra ancha qiziqroq, qolaversa muammolarni hal qilishda nostandart yondashuv ish beruvchilar tomonidan yuqori baholanadi.

🚀 Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz 👇

@javohir_webdev | manba
👍28🔥5🎉2😁1
Til o‘rganing.

Boshqa zamonaviy kasblar kabi dasturlash sohasida til bilish muhim. Bu haqida deyarli hamma bilsa kerak. Asosan bu sohada ingliz tili, rus tilini bilish sohada ish topishda, o‘z ustingizda ishlashda katta samara beradi.

Dasturlashdan bo‘shab, boshqa ishlarga ham vaqtingiz bo‘lganida, shu boshqa ishlarga sarflaydigan vaqtingizni, til bilishga sarflang. Hech ham erinmang, dangasalik qilmang!

Bilsangiz, Ingliz tilini bilish Chet elga chiqish va ishlash imkoniyatingizni va chet elda ishlamoqchi bo‘lgan kompaniyadagi maoshni oshishiga ham sabab bo‘ladi.

P.s: Har doimgidek, fikrlarni kutamiz...

👉 @javohir_webdev
👍30
Dasturlash sohasida jamoa qanchalik muhim ahamiyatga ega?

Dasturchi uchun frilanser bo‘lib ishlash yaxshi! – Ammo jamoa bo‘lib ishlashning o‘zgacha o‘rni, muvaffaqiyati, zavqi bor. Agar, siz professional dasturchi bo‘lsangiz, portfolioingiz ham juda zo‘r bo‘lsa, sizni jamoada ishlashga taklif qilishsa, avvallari o‘zingiz ishlagan bo‘lsangiz, qiynalishingiz mumkin.

Qolaversa, jamoa bo‘lib ishlashda jamoaviy, yirik va katta loyihalar olishingiz, sohada o‘z obro‘ingizni ma‘lum bir darajada oshirishingiz va yuqoriroq maoshga ega bo‘lishingiz mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, jamoa bo‘lib ishlashda umumiy suhbatlashishni, o‘zaro muloqot, muhokamalarni o‘rganishingiz, tanqidlarni to‘g‘ri qabul qilishni o‘rganasiz.

@javohir_webdev
🔥17👍9
Ilm yo'lida yurish ham ibodatdir

© Hasan Basriy
@javohir_webdev
🔥46👍18
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥 React JS 13-dars, , React Hook useEffect haqida

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍5
Forwarded from Web Dasturlash kanali
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍19🔥3
IT da biznes qilish va frilanser bo'lish uchun 3 sabab

1. Uydan turib ishlaysiz
Har kuni ertalab turib o'zingizga yoqmagan ishga oshiqib ketmaysiz. Uydan turib ishlaysiz, boshliq, xo'jayin, buyruq degan narsalar bo'lmaydi. Buyurtmani olasiz, bajarasiz, pul sizniki.

2. Asabni asraysiz

Har kuni ishda charchab, boshliqdan gap eshitib, asabni buzish frilansda yo'q. Yuqorida ta'kidlanganidek, boshliq bo'lmaydi, erkin ishchi bo'lasiz. Xohlagan paytingiz uxlaysiz, xohlagan paytingiz ishlaysiz. Mazza emasmi? 🙃

3. Oilangiz uchun ko'p
vaqt ajrata olasiz
Shunday ishchilar bor-ki, ertalab ketib, kechqurun qaytadi. Eng alamlisi, u ketayotgan payt bolalari uxlayotgan bo'ladi, hatto qaytayotgan payti ham. Frilanserlar esa butun kunni oilasi bag'rida o'tkazadi va oila davrasida shirin esdaliklar qoladi.

P.S. IT da biznes qilish uchun xohlagan bir sohani tanlang va u uchun kamida 3 oy ajrating.
©ITBusiness_School

@javohir_webdev
👍19🔥8
Ali ibn Abu Tolib : «Xusni xulq uch xislatda bo'ladi: haromdan saqlanishda, halolni istashda va oilani farovon qilib qo'yishda» , deganlar.

@javohir_webdev
👍283🔥3
React da ham shu muammomi 🤦‍♂️
😢30😁8🔥4
Forwarded from Janob Panda
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍9🔥2
Forwarded from Janob Panda
0 dan 1 gacha ko'rsatuvining endigi sonida biz 😊
👍26
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥 React JS 14-dars, , React Hook useContext haqida

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍9🔥2😁2
Web application nima ekanligi yoki u qanday yasalishi haqida bilasizmi ? 🧐
🔥9👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Azizlar!

Juma ayyomining xayr va barokati sizga va oilangizga bo'lsin🤲🏻😊
👍24🔥3😢3
Najot Ta'lim jamoasiga qo'shilishni istaysizmi?

🔥 Yurtimizda o'z o'rniga ega bo'lgan zamonaviy kasblar markazi Najot Ta'lim doimiy rivojlanish istagidagi, o'z ishini yaxshi ko'radigan, intizomli va qadriyatli yoshlarni o'z jamoasi safiga qo'shmoqchi ekan.

Talablar:

1. Kompyuterda erkin foydalanuvchi bo’lish (ofis dasturlari: excel/google sheets va boshqa zaruriy dasturlar);
2. Ingliz yoki rus tillaridan kamida bittasida erkin muloqot qila olish (kamida B2 darajasi).

Ta'limni rivojlantirish istagida bo'lgan — tanqidiy fikrlar keltira oladigan va o'z o'rnida ularga yechim bera oladigan havaskorlarning ham nomzodi ko'rib chiqiladi.

👉 So'rovnomani to'ldirish

P.s. Siz o'z kasbining mutaxassislari bilan ishlash orqali rivojlanishingiz mumkin. Bu taklif esa siz uchun ajoyib imkoniyat!

@javohir_webdev
👍13🔥4😢1
Nega ertalab soat 5 da uyg'onish kerak?

O'rtacha, odamlar soat 7 da uyg'onishadi.

Lekin, siz soat 5 da tursangiz:
📌 bir kunda qo'shimcha 2 soatga;
📌 bir haftada qo'shimcha 14 soatga;
📌 bir yilda qo'shimcha 730 soatga ega bo'lasiz.

Umumiy hisobda siz bir yilda qo'shimcha 30 kunga ega bo'lasiz.

Raimbayev Elmurod
👍51😁74🔥4
Aqlli odamni ajratib olishning 7ta usuli

1. Chinakam aqlli odamlar kamtar bo’lishadi. Ehtiyoj bo’lmasa gapirishmaydi.

2. Ularda javoblardan ko’ra savollar ko’proq. Ko’p savol berishadi. Chunki yangi bilimlar yangi savollarni tug’diradi.

3. Ular ko’p eshitishadi va yozib olishadi. Chunki ilm eshitib, yozganda paydo bo’ladi, gapirib maqtanganda emas.

4. Ular qiyin narsalarni oson tushuntirib bera olishadi. Biror narsani yoddan bilish va tushunishning farqi ham shunda. Tinglovchi tushunishi uchun hikoyalar va yorqin misollar berishadi. Maqsad — aqlli ekanligini ko’rsatish emas, tinglovchini tushunishi.

5. Aqlli odamlar hazilkash bo’lishadi. Hazil bu kuzatuvchanlik va o’tkir aqlning yig’indisi. Hazillar samimiy va joyida bo’ladi, yodlab olingan latifalar orqali emas.

6. Ular ko’p kitob o’qishadi. Eng sevimli mashg’ulotlari kitob o’qish bo’ladi. Boshqalarga sovg’a berganda ham asosan kitob tanlashadi.

7. Ular xato fikrlarini tan olishadi. Tan olishmaganda aqlli bo’la olishmas edi. O’zini aqlli deb o’ylaydigan qaysar holida qolishardi.

Kimdir bu ro’yxatni aqlli odamlarni ajratish uchun ishlatishni boshlaydi. Aqllilar esa yanada aqlli bo’lishga harakat qilish uchun ishlatishadi.

@azizrakhimov_blog
👍40🔥6😢4😁2🎉1