Javohir Berdiyev | Blog
5.25K subscribers
562 photos
276 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
Forwarded from MDC Uzbekistan
Open source loyihalar haqida

Mana bizning polvon (.NET) ham roppa rosa 20 yoshga to'libdi. Buni nishonlash maqsadida Microsoft kompaniyasida o'z faoliyatini olib boruvchi o'zbek o'g'lonini taklif qildik.

Bu safar sizlar bilan open-source loyihalarga xissa qo'shish asoslari haqida gaplashamiz. Agar siz haqiqiy dasturlash loyihalarida tajriba oshirmoqchi bolsangiz, birgalikda kuchli mutaxassislar bilan ishlab, o'zingizni startup loyihangizni boshlashni istasangiz, unda ushbu dars siz uchun foydali bo'ladi.

Ushbu darsda siz quyidagi savollarga javob topasiz:
Open source loyiha bu nima?
Open source loyihalarda ishtirok etish biz uchun qanday foydali?

Sana: 14.02.2022, 20:00

Havola: zoom

Mentor: Bobur Umurzokov

#mentoring #live #stream

.NET Uzbekistan Community
______
Telegram | Instagram | Youtube
👍8
#maqola
🖥 Dasturlashni oʻrganish uchun 10ta sabab💡
Har bir inson bir ishga kirishar ekan, uni oldinga intilishga undaydigan narsa boʻlishi kerak, dasturlashda ham shunday. Shu maqsadda sizlarga "Dasturlashni oʻrganishga 10ta sabab" mavzusidagi maqolani taqdim etamiz. Foydali boʻladi degan umiddamiz.

Quyida dasturlashni oʻrganishga oʻnta sabablar👇

1️⃣ Dasturlash insonga qanday fikrlashni oʻrgatadi.
Dasturlashni oʻrgangan har bir odamda fikrlash oʻsadi. Dasturlash sohasi mos kelmasa, boshqa sohada oʻzini sinab koʻrishi oson kechadi. Umuman har bir inson, dasturchi boʻlmasa ham, uning asoslarini oʻrganishi kerak

2️⃣ Dunyoda dasturchilarga ehtiyoj koʻp, dasturchilar esa ish topishda chegaralarga qarab oʻtirmaydi, istalgan joyda, imkoniyatlarga qarab ish topib olishi mumkin.

3️⃣ Dasturlashni oʻrganish, insonda muammolarga yechim topish qobiliyatini rivojlantiradi, bunday qobiliyatlar hayotda har bir inson uchun kerak.

4️⃣ Dasturchi boʻlish uchun hech qanday hujjat kerak boʻlmaydi, ish beruvchilar koʻproq qobiliyat, bilim va tajribaga e'tibor berishadi.

5️⃣Dasturchi ish qidirib yurishi yoki ish beruvchilarni kutib oʻtirishi shart emas. Mustaqil tarzda oʻzini ish bilan taʼminlashi mumkin.

6️⃣ Dunyodagi eng koʻp mablagʻ topadigan soha vakillari ichida dasturchilar ham bor. Dunyoning eng boy odamlari ham shu sohaga aloqador odamlar💰💰💰

7️⃣ Dasturlashni o'rganish uchun maʼlumotlar bazasi katta va internet orqali istalgan odam uni oʻrganishi mumkin📚

8️⃣ Oʻzingizga mos va qulay ish sharoitida ishlay olish imkoniyati. Dasturchilar dunyoning istalgan joyida turib ishlashi mumkin.

9️⃣ Barqaror rivojlanayotgan va ishonchli kasb egasi boʻlish. Dasturlash sohasi yildan-yilga rivojlanib bormoqda va asosiysi bu rivojlanish muntazam ravishda kuzatilmoqda.

🔟 Doimiy oʻsib borish imkoniyati.
Dasturchilar uchun doimiy oʻsib borish va yangi narsalarni oʻrganish ham imkoniyat ham majburiyat. Chunki bu soha har doim oʻsib borishni talab etadi.

Maqolaning foydasi tekkan boʻlsa, boshqalarga ham ulashing.
Hurmat bilan, UzTab Group
@javohir_webdev
👍21🔥4🎉2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Los Anjelosda dunyoga mashhur Transformers kinosidagi qahramon - Megatronni "Hello Uzbekistan!" deb gapirtirdik.

Odamlar Uzbekistan deganda Pakistan deb turganida bu Megatron ancha saviyali ekan.
Faxrlandim.

Xohlagan kanalingizda tarqating.😊

@Muhammadali_Eshonqulov
👍23🔥5😁21
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥 React JS 12-dars, React HOOK lar haqida

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
👍2
Ajoyib button navbar effect 🥰
Html css va Js yordamida ajoyib effect

@javohir_webdev
👍37🔥63😢2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Azizlar!

Juma ayyomining xayr va barokati sizga va oilangizga bo'lsin🤲🏻😊
👍205🎉1
Forwarded from Alohida mavzu
"Erga tegma, uylanma!"

Shunday mavzular bo'ladiki, bu borada tajribali insonlarning fikrlariga ehtiyoj sezamiz. Akalardan maslahat olishni istaymiz-u, lekin ko'pincha ularni topolmaymiz.

Biz uka va singillarimiz uchun muhim bo'lgan ana shunday mavzularda suhbatlashish maqsadida "Alohida mavzu" loyihasiga qo'l urdik.

Loyihamizning ilk soni uchun "Erga tegma, uylanma" mavzusini tanladik. Mavzu nomini eshitib, darrov noto'g'ri fikrga bormang. Xulosani to'liq videoni ko'rgandan so'ng chiqarasiz. 😅

Mavzu bo'yicha suhbatlashadigan akalar bilan tanishing:

Valijon Turakulov
Muhammad Ali Eshonqulov
Shavkat Hasan va loyiha muallifi:
Temurbek Adhamov

Suhbatda qachon va qanday inson bilan oila qurish kerakligi, baxtli oila qurish mezonlari, er-xotin munosabatida nimalarga e'tibor berish kerakligi kabilarga to'xtalib o'tdik.

Bularni bilish uchun bugun, soat 20:00 da bo'lib o'tadigan "Alohida mavzu" loyihasining ilk soni premyerasini, albatta, tomosha qiling. 😎

Loyihamizning ilk sonida sizning koʻmagingizga muhtojmiz. Videoni doʻstlaringiz, yaqinlaringiz va koʻtarilgan mavzuni qiziq deb biladigan insonlaringizga ulashing. Zero, har bir ulashuv loyiha rivojiga ulkan hissa qo'shadi.

P. S. Ketkazgan vaqtingizga achinmaydigan suhbat bo'lgan o'ziyam :)

Suhbatni ko'rish: https://youtu.be/p7BJrcfM5Og
😁16👍73
​​Doktor Abdurrahmon Al-Sumayt — zamonamiz qahramoni

Uning to‘liq ismi Doktor Abd Al-Rahmon bin Hamud Al-Sumayt bo‘lib, u 1947-yilda Quvaytda tug‘ilib o‘sgan. Bu shaxs o‘tgan umri davomida juda foydali va xayrli ishlarga qo‘l urgan, bu yo‘lda esa u ko‘plab muvaffaqiyatlarga erishgan, suhbatimiz davomida siz azizlar bilan bu insonning umr yo‘llarini birgalikda o‘rganib chiqamiz.

Doktor Abdurrahmon Al-Sumayt islom olimi, shifokor va yana ko‘plab sohalarda faoliyat yuritgan. Biroq u o‘z umrining ko‘p qismlarini gumanitar ishlarga bag‘ishlagan. Xayr va sahovatda peshqadam bo‘lgan bu inson, yuzlab mehribonlik uylari, maktablar, masjidlar qurishda o‘z faolligi bilan insonlar xotirasida muhrlanib qolgan. Bu harakatlari bilan birgalikda 11 million Afrikalikni Islom dinini qabul qilishi uchun hayratlanarli darajada ilhomlantiradi. Bu boshlagan xayrli ishi ham Allohning irodasi ila amalga oshadi.

Doktor Sumayt son-sanoqsiz islomiy tashkilotlarga asos solgan va hammualliflik qilgan. "Musulmon Shifokorlar Jamiyati bo‘limi (AQSH va Kanada 1976 yil), Sharqiy Kanadadagi Musulmon talabalar jamiyatining Monreal bo‘limi va h.k. shular jumlasidan.

35 yoshida u Afrikaga ko‘chib o‘tdi va hayotining 29 yilini millionlab Afrikaliklarning ta’lim olishiga yordam berish uchun sarfladi, ochlik va savodsizlikka qarshi kurashda asosiy rol o‘ynadi.

Shunday ulug‘ va sharafli nomga ega bo‘lgan bu insonni umri mobaynida qilgan ishlarini raqamlar bilan izohlaydigan bo‘lsak, hayratda qoladi kishi...

Tarixda o‘chmas iz qoldirgan Doktor Abdurrahmon Al-Sumayt bir insonni kuchi nimalarga yeta olishini isbotlab bera olgan daholardan biri. U o‘z umri davomida 57000ta masjid, 4ta universitet, 124ta shifoxona, 840ta Qur’on maktablari, 860ta O‘rta ta’lim maktablarini qurilishida katta hissa qo‘shgan, shunday ulug‘ nomga sazovor bo‘lgan inson edi.

Abdurrahmon Al-Sumayt 2013 yil bu olamdan ko‘z yumdi. Doktor bir payt: "Men insonlar ta’lim hissini bilmagan joyda maktab ochib, baxt hissini sezganman", – degan edi. Bu gap o‘z hayotini faqat yaxshilik qilishga sarflagan va shu tufayli "butun ummat kabi inson" deya nom olgan doktorning hayotidagi shiori bo‘ldi desak adashmaymiz.

Biz Bill Geyts, Jef Bezos, Rokfeller kabi filantroplarni bilamiz, ammo musulmonlar orasida ham siz-u biz tanimagan qahramonlar borligini unutmaylik, azizlar!

©️Ittaqillah

@javohir_webdev
👍378😢3
- Nima uchun kitoblaringizni ko'pincha boshqalarga bermaysiz?
- Chunki ko'pchilik kitobga hurmatni bilishmaydi 🥲
Yana ko'pchilik kitobda o'qiganlarim esimda qolmayapti deb nolishadi. 😕

@javohir_webdev
👍41😢6🔥1