Javohir Berdiyev | Blog
5.29K subscribers
560 photos
275 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum Azizlar!

Juma ayyomining xayr va barokati sizga va oilangizga bo'lsin🤲🏻😊
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yuqoridagi ajoyib formani qanday yasalishini bilmoqchi bo'lganlarga 👇

https://youtu.be/bWbWG88X_SU
Forwarded from Web Dasturlash kanali
#dasturlash

Dasturlashga qiziquvchi va bu sohada endi o'rganishni boshlaganlar, ayniqsa "Web Development" yo'nalishi bo'yicha o'z sohalarini davom ettirmoqchi bo'lganlar uchun barcha zaruriy bilim va ko'nikmalar, manbalarning ishonchli, sifatli va tartibli ko'rinishdagi jamlanmasi.

© Abdulaziz

LINK 👉 andreasbm.github.io/web-skills

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ajoyib strategiya shularga amal qilsangiz hamma sohada ishlatsangiz bo'ladi 😊👍

@javohir_webdev
Forwarded from Temurbek Adhamov
Maqsadga erishish kinolardagidek, bir zumda bo'lmaydi...

Jamiyatning eng kuchli bo'g'ini, tayanchi kim deb so'ralsa, hech ikkilanmay, men, yoshlarni e'tirof etgan bo'lar edim. Chunki keyingi 20-30 yilda mamlakat iqtisodiyoti, ta'lim tizimi, qator sohalar isloh qilinishini istar ekanmiz, yoshlar salohiyatli bo'lishlari bunda dastak bo'lib xizmat qiladi.

Faoliyatim taqozosi bilan ko'p tadbirlarda yoshlar bilan suhbat qurdim, jamoamizning aksariyat qismi ham yoshlar. Ular qanday maqsad qo'yganliklarini bilish, qilayotgan harakatlari, orzu-istaklariga sobit ekanliklariga guvoh bo'lar ekanman, haqiqatdan ham ilm, faqatgina ilmgina siz-u bizni bu yo'lda yetaklashiga, maqsad sari ko'prik bo'lishiga ko'p bor amin bo'ldim.

Yoshlarga aytgan bo'lar edim, ma'lum muvaffaqiyatga erishish uchun hech qanday ketma-ketlikda tushuntirilgan tizim, muayyan bir kitob yo'q. Buni o'zingiz, xatolardan xulosa chiqarib, o'rganganlaringizga amal qilgan holda, tajriba orqali payqashingiz mumkin. Yana bir narsa, tezda natija kutmang ) Maqsadga erishish kinolardagidek, bir zumda bo'lmaydi...

Ilm va tajriba olishga intilayotgan, ranglarga qiziqqan, o'z g'oyalarini reallikka ko'chirishni istagan yoshlarni Najot Ta'lim markazining grafik dizayn kurslarida o'qishlarini tavsiya etgan bo'lar edim. Kurs sizni yana bir bor sizni atrofingizdagilar uchun yangitdan kashf etmaydi, deb kim aytdi deysiz... 🙂

Grafik dizayn kursiga ro'yxatdan o'tish

📞 Tel: +998712001123
Assalamu alaykum barchaga.
Ko'p berilayotgan savolga javob qisqa berib o'taman, FrontEnd on-line kursimga yangi qabul haqida.

Xudo xohlasa shu kelayotgan haftalar ichida, frontend kursimizga yangi guruh ochamiz. E'lonni shu kanalarda qoldiramiz.
10 yillik tajriba sirlarini 1 soatda bilib olishingiz mumkin

“Workly” kompaniyasida workly.io, app.workly.io loyihalarida teamleader va dasturchi sifatida ish olib borayotgan Sardor aka Dushamov Najot Taʼlim markazida master-klass oʻtkazibdilar.

🤓 Sardor akaning 10 yillik tajribaga egaliklarini hisobga olsak, master-klass endi dasturlash sohasiga kirib kelganlar va shu sohada faoliyat yuritayotganlar uchun foydali boʻlgan deb oʻylayman. Master-klassga bora olmagan boʻlsangiz, kuyunishga hojat yo'q.

Baraka topishsin, tashkilotchilar oʻsha master-klass videosini bugun YouTubega joylashar ekan. Aytgandek, Sardor aka nafaqat dasturlash, balki loyihalar boshqaruvi borasidagi bilimlarga ham egalar. Shunday ekan, master-klass videosi siz uchun ikki karra foydali boʻlishiga ishonaman.

😎 Demak, bugun, soat 20:00 da Najot Taʼlim YouTube kanalida yigʻilamiz. Premyera uchun havolani quyida qoldiraman.

https://www.youtube.com/watch?v=9mCE6rraPvY
HTML da yozgan kodingizni to'g'ri yozgansizmi yoki xato yozilgami, ya'ni elementar xatolarni tekshirib borish uchun ajoyib link

👉 https://validator.w3.org/nu/#textarea

@javohir_webdev
Durov ajoyib bir tavsiya beribdi:

"7. Mashhurlarning maslahatlari. Mashhur odamlar ko'pincha o'z mutaxassisliklaridan tashqarida asossiz maslahatlar berib qo'yishadi. Hayotdagi barcha muhim narsalar uchun aniq fan va o'z sohasining mutaxassislarini fikriga tayangan yaxshi."

Bizda ko'pchilik shaxslarning fikrlariga to'be bo'lib qolishgan. Bu xato yo'l. Bir inson barcha jabhada haq bo'lavermaydi. O'zining mutaxassislikigidan boshqa narsani so'ramang. Ba'zan o'zini mutaxassis degan odamning ham o'z sohasida berayotgan javoblari: "Bir qoshiq asal va xandon pista" uslubiga o'xshash bo'ladi. Shu uchun topgan javobingizni boshqa javoblar bilan solishtirib ko'ring.

Rahmat.

@muhammadyunus_uz
#maslahat_1kun
Dasturchilar uchun 3 ta maslahat

1. Mutaxassis bo'ling

Ko'p odamlar mutaxassislar, demak ular ko'p narsalarni bilishadi, bu juda zo'r. Biroq, ba'zi bir texnologik lavozimlar ba'zi narsalarni juda yaxshi bilishni talab qiladi va ushbu sohalardagi mutaxassislarga talab katta va ularga yaxshi maoshlar to'lanadi.

2. Toza kod tushunchalarini o'rganing.

Toza kod falsafasini anglash sizga kamroq, buzilishlar bilan yaxshi va o'qilishi mumkin bo'lgan kod yaratishda yordam beradi

3. Portfolio saytini yarating.

Siz o'zingizning ishingiz bilan faxrlanishingiz, uni boshqalar bilan baham ko'rishingiz va kelajakdagi ish beruvchilar va mijozlarga sizni yollash imkoniyatini berishingiz kerak.

@javohir_webdev
Forwarded from Web Dasturlash kanali
O'yin yasab ko'ramiz 😎
Step-by-step Tic Tac Toe Game!
html + css + js

@webdev07
👍1
Onlayn kurslarda ta'lim olayotganlar uchun tavsiyalar

- O'rganishingiz sifatli bo'lishi uchun reja tuzib oling

- Intizomli va izchil bo'ling, muntazamlikga amal qiling

- Maxsus xona yoki joyga ega bo'ling, sizni diqqatingiz buzilmasligi uchun o'zingizga maxsus xona tayyorlab olishga harakat qiling

- Ishonchli va cheksiz internetga ega bo'ling, bu sizni ta'lim olishingizda ko'makdosh bo'ladi

- O'zingizni ta'lim strategiyalaringizga amal qiling

- Eslatmalar va o'z fikrlaringizni aniq bir joyda bayon etib boring

- Onlayn darsda faol bo'ling va vazifalarni ortig'i bilan bajaring

- Ijtimoiy muhit yaratishga harakat qiling, aynan mos auditoriya bilan savol javoblar o'tkazing va o'z bilimlaringiz rivojlantirib boring

- Ko'zingizni charchatmaslik va bazi muammolar bo'lmasligi uchun tez tez qisqa tanaffuslar qiling,

- Sog'lom va eng muhimi g'ayratli bo'ling, o'z o'rganayotgan yo'nalishingizni seving
manba: @suhrobabduaxatov

@javohir_webdev