Javohir Berdiyev | Blog
5.3K subscribers
560 photos
275 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
Forwarded from IT Park Namangan
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#yangilik 📌

Bilimga ishonib qolmang, tajriba muhim! | Koreyada karyera


Assalomu alaykum! “Koreyada karyera” loyihamizning ilk qahramoni blokcheyn dasturchi - Hikmatillo To’lqinbekov

Video davomida dasturchilikka oid kerakli va foydali ko'rsatmalar olasiz. O'ylaymizki, video sizga sizning do'stlaringizga manfaatli bo'ladi.

Suhbatning to'liq link:

👉 https://youtu.be/S2fpRGu23QQ

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Instagram | YouTube
​​Python haqida

📝 Bugungi kunning zamonaviy texnologiyalarini ishlab chiqishda jumladan web, mobail yo'nalishlarida hamda sun'iy intellekt tizimlarini yaratishda ulkan yutuqlarga erishilmoqda. Mana shu yutuqlarga erishishda Python darsturlash tilini o’rni juda katta.
Hozirgi kunda axborot texnologiyalarini juda ko’p sohalarida python dasturlash tilidan foydalanilmoqda. Bunga bir necha misollar keltirib o’tishimiz mumkin. Instagram ijtimoiy tarmog’i aynan python dasturlash tilida yaratilgan. Bundan tashqari sun'iy intellekt tizimlarida harakatlanadigan robotlar, aqlli qurilmalarning yaratilishi ham ko’p jihatdan python dasturlash tiliga bog’liq.

Python bu o’rganishga oson va shu bilan birga imkoniyatlar yuqori bo’lgan zamonaviy dasturlash tili. Python yuqori darajadagi ma’lumotlar strukturasi va oddiy va samarador obyektga yo'naltirilgan dasturlash uslublarini taqdim etadi. Pythonni o’zi xos xususiyatlari juda ham ko’p, uni katta va kichik loyihalarga ishlatish mumkin.

Pythondan foydalanib quyidagi dasturlarni yasash mumkin
🔹 Web dasturlash (Backend, telegram bot)
🔸 Tizimlar uchun (utilitlar)
🔹 Desktop dasturlar
🔸 O’yin dasturlar
🔹 Sun’iy intellect, data science

📈 2020-yilda o'rganish uchun eng yaxshi dasturlash tillari orasida ham python yetakchi o’rinni egallagan
1. Python
2. Java
3. JavaScript
4. Swift
5. C#

Pythonda yaratish mumkin bo’lgan dasturlarni chegarasi yo’q va imkonyatlari yuqori. Shuningdek u sodda va universalligi bilan boshqa dasturlash tillaridan ajralib turadi.

Python dasturlash tilini o’rganing va dunyoning istalgan yetakchi kompanyalarining birida ishlash imkoniyatiga ega bo’ling.

@javohir_webdev
👍1
Forwarded from Web Dasturlash kanali
Dasturchi hayoti

Mendan nima qolar — besh-o'n qator kod,
Ikki sandiq disku, eski diskovod,
Sistemga o'tirgan chirkin viruslar,
Va bazasi eskirgan 32 «Nod».

Kompda o'tiribman, sezib turibman,
Netdan kelayotir viruslar toshib,
«CPU» kuchanadi, «RAM» ga yolvorib,
Titraydi, qaqshaydi nagruzka oshib.

Ko'chaga men yana chiqamanmi-a?
Ulfat-la choyxonada o'tirolmadim,
To'rtta dasturim bor «bug»larga to'la,
Chalasin hali ham bitirolmadim.

O'g'lim ekranga boq, ko'rgin ne savdo,
Bu ishlar tarixin «Notepad»ingda yoz,
Kimlarga yetmaydi boylik, mol-dunyo,
«Facebook»ing yig'ishtir, trafigim oz.

«Video-card» turibdi, xo'p qizigan, cho'g',
«Case» ning qopqog'in hecham yopmadim,
Gezargan «keybord»im, bitta «key»i yo'q
Bir paytlar yo'qolgan, hanuz topmadim.

Ekranga qarayman ko'zim qizarib,
Yotganda qo'l soat yuzga uribdi,
Qop-qora sochlarning bir chekkasidan
Bir tutam oq tola boqib turibdi.

(Nodir Nazarov. Internetdan ko'chirildi va biroz sayqallandi.)

@javohir_webdev
Bazi samimiy tilaklardan juda ajoyib motivatsiya olaman 😊👍
Python dasturini o'rnatish

1. Pyhtonning rasmiy saytiga kiriladi. Brauzer qatoriga https://www.python.org manzilini kiritib Downloads bo'limi tanlanadi.

2. Pythonni yuklab olish. Kopmyuter operatsion tizimi (masalan Wimdows)ga mos o'rnatgichning so'ngi varianti (Pyhton 3.8) yuklab olinadi.

3. O'rnatish. Yuklab olingan o'rnatgich fayl ishga tushiriladi va "Установить для всех пользователей" ko'rsatmasi tanlanadi hamda o'rnatish jarayonidagi barcha oyna so'rovlarda "Next" tugmachasi bosiladi.

4. IDLEni ishga tushirish. Dastur xatolarsiz o'rnatilganligini tekshirish uchun "Пуск" orqali "Все программы" ko'rsatmasi tanlanadi, Pyhton papkasi ochiladi va IDLE ishga tushiriladi.
Dastur kodlarini kiritish uchun Pyhton oynasi ochiladi.

@javohir_webdev
​​JavaScript framework'lari haqida.

🔷 Framework bu maʼlum bir dasturni maqsadli tarzda yaratish uchun mo‘ljallangan funksiyalar yig‘indisidir.

🔷 O'zimiz uchun Framework tanlashda biz uning qanchalik ommaviyligi, vaqt o'tishi bilan o'zining ommaviyligini saqlab qolishi va bozordagi talabiga qarab tanlashimiz maqsadga muofiq bo'ladi.

🔷 Hozirgi kunga kelib JavaScript uchun mo'ljallangan Frameworklar juda ko'p va ular orasida eng ko'p ishlatiladiganlariga to'xtalib o'tamiz. Bular React, Angular va Vue.

🔷 Amerikaning Indeed.com saytining o'tkazgan so'rovnomasiga ko'ra ish beruvchilar talabi quyidagicha.
Unga ko'ra:

- Vue.js 0.8 %
- Angular 21.0 %
- React 78.1 %

talab natijalari e'lon qilingan.

🔶 Angular - bu Google kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan JavaScript framework! U bizga, ya'ni dasturchilarga sahifani yanada dinamik qilishda yordam beradi, Angular 2016 yil 14 sentabrda keng ommaga taqdim etildi. Shu kundan beri web dasturchilar tomonidan juda keng qo'llanib kelinmoqda va dasturlashdagi eng so'nggi texnologiyalar sirasiga kiradi.

🔶 Vue - bu 2013-yilda ishga tushirilgan, juda moslashuvchan foydalanuvchi interfeyslari va murakkab yagona sahifali ilovalarni yaratishga moslangan JavaScript kutubxonasi hisoblanadi.

🔶 React - bu Facebook tomonidan yaratilgan, UI (User Interface) yaratish imkonini beruvchi front-end JavaScript texnologiyasidir. Bu platforma dasturchilarga o’zining komponentlarga asoslashgan arxitekturasi bilan judayam qo’l keladi. Avvallari bunday imkoniyat faqat Java yoki C# dasturlash tillarida mavjud edi.

☑️ Xulosa: Haqiqiy dasturchi uchun tanlovning hech qanday muhim farqi yo'q, chunki dasturchi faqatgina yangi narsalarni o'rganish uchun vaqt sarflaydi. Professional dasturchilar ko'pincha ReactJS va Angular 2/4/5 bo'yicha tajriba orttirishadi, lekin Vue.js'dan ham foydalanib turishadi. Har bir tizimning afzalliklari va kamchiliklari mavjud, ya'ni mahsulotni ishlab chiqishda har bir ish uchun faqat to'g'ri tanlov bo'lishi kerak.


🔺 Agar siz JavaScript Frameworklari haqida ko'proq bilmoqchi bo'lsangiz
o'zbek tilidagi darslar 👇🏻:
Angular darslari Farhod Dadajonov
ReactJs darslari Alisher Musulmonov
Vue Js dan o'zbekcha yaxshi kantent topa olmadim, agar siz bilsangiz izohlarda qoldiring
Boshlang'ich HTML CSS va JavaScript darslarini
kanalimiz orqali videoni tomasha qilishingiz mumkin.

Dasturlashga qiziqadiganlarga joʻnating va kanalga aʼzo boʻling!
👇👇👇
@webdev07
Telegram
| YouTube | Instagram
Menimcha bu panjara daraxtni asrash uchun bo'lsa kerak 😠
«Pythonda dasturlash asoslari»
Anvar Narzullayev


🔹 Dasturlash asoslariga oid o‘zbek tilidagi ilk eng mukammal qo‘llanma hisoblanadi.

🔹 Kitobning har bir bo‘limi uchun maxsus video darslar yozilgan bo‘lib, ularga kitobda ko‘rsatilgan QR kod orqali o‘tish mumkin. Darslar bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar va ularning javoblari Github platformasiga yuklangan.

🔹 Qo‘llanma Python dasturlash tili asosida yozilganligiga qaramay, dasturlashga ilk qadam qo‘yayotgan barcha ixlosmandlarga tavsiya etiladi.

🔹 Kitob nafaqat talabalar, o‘quv markazlari tinglovchilari, maktab o‘quvchilari balki mustaqil ravishda dasturlashni o‘rganuvchilar uchun ham mo‘ljallangan.
Buyurtma berish: @akademsavdo

@javohir_webdev
Dastulashni o'rganish uchun eng yaxshi manbalar ro'yxati

@javohir_webdev
Ko'pgina dasturchilar tunda ishlashi mumkin. Ammo ular kechasi o'rganmaydi.

Agar siz o'rganuvchi bo'lsangiz, kunduzi o'qing. Quyoshdan oldin turing va vaqtni to'g'ri taqsimlang, erta turish uchun erta uxlang 😊
Forwarded from Web Dasturlash kanali
🔥 React JS 2-dars, React ni o'rnatish, u haiqda

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@webdev07
Yangi dasturchi ishni qanday boshlashi mumkin?

Avvalo, tarjimai holda bir narsaga ixtisoslashganingizni yozing a, masalan, JavaScipt. Rezyumeda siz barcha texnologiyalarni mukammal bilishingizni yozishingiz kerak emas. Agar siz bir nechta til ro’yxatini ko’rsangiz, ish beruvchi sizni hammasiga yuzaki yondoshgansiz deb o’ylaydi.


To’g’ri tilni tanlang.
Ekzotik tillarni izlashga hojat yo’q, HTML, CSS, JavaScript, PHP, C ++, Python, C #, Laravel va boshqalar kabi mashhur va ommabop texnologiyalarni o’rganishga harakat qiling.

Saytlarning faqat tashqi koʻrinishi bilan ishlash uchun kutishgan bo’lsangiz, u holda uchta tilni o’zlashtirishning oʻzi yetarli: HTML, CSS, JavaScript.
Shubhasiz, hech kim yangi veb-dasturchini kosmosga uchib ketishni kutmaydi. Ish beruvchingiz oʻz bilimingiz haqida gapirganda imkon qadar halol bo’lishingizni istaydi.

@javohir_webdev
Live stream scheduled for
Dasturchi bo'lmoqchilar, qani yaqinroq kelinglar. Gap bor...

Xullas, tajribali Web dasturchi Javohir Berdiyev 5-oktabr kuni o'z kanalida Ovozli chat tashkil qilyapti.

Mavzu: Dasturlashni online yoki offline o'rgangan yaxshimi ? Uning plyus va minus taraflari

Dasturchi bo'lishni maqsad qilib yurganlar uchun bu ajoyib taklif. Agar bu mavzu sizga qiziq bo'lsa, tezroq kanalga obuna bo'lib, ovozli chatda qatnashing!

Ha aytgancha, ovozli chat davomida boshqa tajribali adminlar ham qatnashadi.

Chat manzili: 👉 @javohir_webdev
Live stream started
Live stream finished (42 minutes)
2021-10-05
Javohir Berdiyev | Blog
Bugungi voice chat
Kira olmaganlar uchun
Xudo xohlasa, tez orada @webdev07 asosiy kanalimizda Web dasturlash haqida savol-javob qilamiz, shunda inshaAlloh kuzatuvchilar savollariga ko'proq vaqt ajratamiz

manzil 👉 @webdev07