Javohir Berdiyev | Blog
5.3K subscribers
560 photos
275 videos
3 files
537 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
Live stream scheduled for
Yosh dasturchilarning TOP-3 xatosi

Hozir dasturlash olamiga endi kirib kelgan dasturchilar ko'p xato qilishadi. Shulardan top-3 tasini taqdim etamiz

1. Dasturlashni o'rganishdagi ishtiyoqsizlik

Ayrimlar dasturlashni boshlashadi, ertasiga esa yoqmaydi. Keyin o'rganarman deb qo'yishadi. Lekin shular qattiq adashishadi. Keyinga qolgan ish oxirigacha bormaydi. Kunning grafigini tuzish kerak, kuniga 2 soat yetadi.


2. So'rashishni bilishmaydi

Ayrimlar dasturida xato chiqsa, telegramdagi ayrim gruppalarga shunchaki tashab qo'yishadi. Xuddi meni o'rnimga qilib ber degandek. Lekin ular StackOverFlowni bilishmaydi.

3. Faqat bitta narsani o'rganishadi.

Siz masalan Javani o'rganyapsiz. Bu degani faqat Java emas. To'g'ri, qolganlari haqida ham ma'lumot kerak. Ular haqida tasavvurga ega bo'lish kerak. Ya'ni Python nima, Frontend nima deganda, hayolga oz-muncha ma'lumot kelishi kerak!

#consultation

@javohir_webdev
Dasturchi bo'lmoqchilar, qani yaqinroq kelinglar. Gap bor...

Hullas, tajribali Web dasturchi Javohir Berdiyev 29-avgust kuni o'z kanalida Ovozli chat tashkillabdi!

Mavzu: Dasturlashga ilk qadam yoki dasturlashni o'rganishdagi xatolar

Dasturchi bo'lishni maqsad qilib yurganlar uchun bu ajoyib taklif. Agar bu mavzu sizga qiziq bo'lsa tezroq kanaliga obuna bo'lib, ovozli chatda qatnashing!

Ha aytgancha, ovozli chat davomida boshqa tajribali adminlar ham qatnashadi.

Chat manzili: 👉 @javohir_webdev
Dasturlash bo'yicha eng yaxshi 10 ta kitob

Dasturlash bo'yicha ko'plab kitoblar mavjud, ammo ularning ozgina qismi haqiqatan ham foydali va yillar davomida qarimaydi. Dasturlash bo'yicha kitoblar o'qish unchalik ham oson bo'lmagan biroz murakkab materialdir. Shuning uchun dasturlash bo'yicha kitoblardan maksimal darajada foydalanish uchun siz to'g'ri mualliflarni va to'g'ri kitoblarni tanlashingiz kerak.

1) Dasturchi karyerasi. Google, Microsoft yoki boshqa etakchi IT-kompaniyalarda qanday qilib ish topish mumkin
2) Mukammal Kod, Stiv MakKonnell
3) “Mukammal kod. Yaratish, tahlil qilish va qayta tiklash ”, Robert C. Martin
4) "Pragmatik dasturchi. Shogirddan masterga sayohat ”
5) "Dasturchi yo'li", Jon Sonmez
6) “Algoritmlar. Qurilish va tahlil "
7) “Release it! Befarq emaslar uchun dasturiy ta'minotni yaratish va loyihalash ", Maykl Neigard
8) "Dasturchilar ishda! Dasturchi hunari to'g'risida mulohaza yuritish ”, Piter Seibel
9) Afsonaviy odam-oy, Xill Chapel, Frederik Bruks
10) "Meni o'ylashga majbur qilmang", Stiv Krug

@javohir_webdev07
Live stream started
Live stream finished (59 minutes)
💻 Web dasturlashni o'rganish uchun 4 ta sabab

1. Doimiy ish o'rinlari
2020-yilda taxminan 1.4 million IT sohada vakansiyalar ochilgan, ammo ulardan 400,000 ta o'rin egallangan xolos. Demak ushbu sohada talab doimo yuqori bo'ladi

2. Yuqori maosh
Nafaqat Yevropa va AQSH'da balki O'zbekistonda ham dasturchilar uchun yuqori maosh to'lanadi. AQSH Yangiliklar va Jahon axboroti ma'lumotlariga qaraganda, web dasturchilarning dunyo bo'yicha o'rtacha $64,970 to'lanadi.

3. Hech qanday diplom shart emas
Juda ko'plab IT kompaniyalar diplomsiz ishga qabul qilish tizimiga o'tdi. Dasturchi bo'lib ishlash uchun hech qanday diplom yoki 4 yillik oliy ta'lim olish majburiy emas.

4. Frilanserlik imkoniyati
Agar kompaniyalarda ish topa olmasangiz, frilanser sifatida ishlash imkoniyati ham bor. Ofisdan turib ishlash shart emas. Muhimi noutbuk va internet bo'lsa bas

👇👇👇
@javohir_webdev
​O'zbekistonda qaysi dasturlash tili kerakliroq?!

— Hozirgi kunda dasturlashni o'rganishni istagan odamlarda birgina savol bor – "qaysi dasturlash tilidan ko'proq foyda ko'raman". Aslini olganda hozirda aktual bo'lgan dasturlash tillari u qadar ko'p emas.

— Web dasturlash saytlar, brauzerda ishlovchi ilovalar yaratishga qaratilgan bo'lib, tarkibiga HTML, CSS kabi tushunish sodda bo'lgan narsalardan tortib PHP, Yii, SQL kabi boshni og'ritadigan narsalar kiradi.

Java. Agarda siz turli dasturlar yaratishga, android tizimidagi qurilmalarga o'yin yoki ilovalar yaratishga qiziqsangiz unda Java siz uchun. Ochig'i, bu sohaga ayni vaqtda qiziqish sal-pal so'ngan, avvalgidek talab u qadar ko'p emas, lekin maoshi 1,5 mln so'mdan 5 mln gacha bo'lgan ishlar vaqti vaqti bilan chiqib turadi.

Python – bu tilni odatda Web dasturlashga bog'lashadi. Agarda siz Pythonni yaxshi bilsangiz, biror bir Web dasturlashning backend qismini biluvchi tanishingiz bilan bemalol ishlashingiz mumkin. Bu tilni biluvchilarga qachon maosh to'lashlarini bilmayman.

C/C++ va C# odatda biror bir texnikalarga dastur yozish uchun qo'llaniladi. Ayniqsa C tili mikrokontrollerlar, qurilmalar, robotlarga dastur kiritishda juda muhim rol o'ynaydi. Agarda siz bu tillardan birortasini yaxshi bilsangiz qiyin bo'lmagan ishga qo'rqmasdan kamida 3 mln so'rashingiz mumkin.

iOS ga dastur yozish bu O'zbekistondagi eng maqtovga sazovor ishlardan biri hisoblanadi. Bunga asosiy sabab shundaki, iOS ga dastur yozish yetarlicha qiyin ish. Buning uchun sizda narxi kamida $ 400 (ishlatilgani) turuvchi Macbook yoki undanda qimmat turuvchi iMAC bo'lishi va siz yaxshigina pul to'lab ustoz topishingiz kerak bo'ladi. 

JavaScript dasturlash tilidan foydalanmagan holda dasturchi bo’lish mumkin emas. HTML va CSS bilan bir qatorda JavaScript web dasturlash uchun muhim ahamiyatga ega. Facebook, Twitter, Gmail va YouTube kabi web-saytlarning aksariyati JavaScriptga asoslanib, interaktiv web-sahifalar yaratadi.

@javohir_webdev
IT sohasidagi eng yaxshi kasblardan biri bu — Dasturchilik haqida

Eng yaxshi dasturchi bo'lishingiz uchun siz o'z ustingiz tinmasdan mehnat qilishingiz kerak. Dasturchilar soatiga 5-15$ gacha ishlaydiganlar bor. Masalan soatiga o'rtacha 10$ olsa, kuniga 80$, oyiga 2000$ topar ekan.

Dasturchilarga eng kerakli narsalardan biri fantaziya bo'lgani uchun, ular yaxshi fikrlashadi. Ishlamaydigan kodda ham plyuslarni ko'rib bilgan inson, albatta, dasturchi :)

Yaxshi dasturchi bo'lish uchun oliy ta'limda o'qish shartmas, shunchaki videokurslar sotib olib o'z ustingizda tinmasdan harakat qilsangiz, uzog'i bilan 1 yilda sizdan yaxshi dasturchi chiqishi mumkin.

@javohir_webdev
Mustaqillik bayrami muborak bo'lsin!
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillikning 30 yilligi nafaqat biz bosib o‘tgan uzoq yo‘lning bosqichlarini esga olish, balki haqiqiy qadriyatlarimizni anglash vaqti hamdir. Bugun, ehtimol, har birimiz ham bir odamning, ham butun xalqning salomatligi; alohida bir oilada ham, butun davlatda ham tinchlik muhimligini; alohida har bir jamoaning va butun xalqning birligi muhimligini tushunib turibmiz. Biz kuchli, birlashgan va 30 yil oldin kuchli, do‘stona va go‘zal mamlakat yaratishga imkon bergan ideallarga sodiq qolishimiz kerak. Sevimli O‘zbekistonimiz gullab-yashnasin!
🔥Bugun Xudo xohlasa Git va GIthub darslarni boshlaymiz

Bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@javohir_webdev
Haqiqiy dasturchi bo'lish yo'lida zararli 3 odatdan voz keching

1. Qisqa kod yozishdan voz kechish. Yaxshi dasturchi bo'lish uchun qisqa kod yozish kerak emas, asosiysi tushunarli kod yozish kerak. Yozgan kodingizni qancha ekanligi muhim emas, muhimi uni boshqalar ham tushinishi kerak.

2. Sharxlar qo'ymaslikdan voz keching. Sharh ya’ni komentariyalarni tashlab ketsangiz, kodingizni o’qiyotgan odam tushunmasligi mumkin . Ayniqsa katta loyihalarda komentariyasiz kodni tushunish qiyin bo’ladi.

3. Hech qachon o'rganishdan voz kechmang. Ko’p yaxshi dasturchilar “Bitta tilni yaxshi o’rganib oldim, menga shu yetadi” deb o’ylashadi. Yo’q! Aslo unday emas. Dasturlash butun Hayot davomida o’rganib, malaka oshirib boriladigan soha.

@javohir_webdev
Bugun xudo xohlasa vs-codeda git client dasturini ishlatishni o'rganamiz bir ozdan so'ng YouTube kanalimda

@javohir_webdev
Siz o'rningizga bo'lganimda, boshqadan maslahat so'ragan bo'lardim 😁

Sizning fikringiz qanday?
Forwarded from Senioritta Coder
Dasturchilar bilishi kerak bo'lgan Git buyruqlari

Ish faoliyatimni boshlaganimda Git bilan bog'liq muammolarga ko'p duch kelganman va shunaqangi muammoli vaziyatlarda #cheatsheet yozib qo'yishga odatlanganman. Siz azizlarim bilan bularni bo'lishmoqchiman.Bu postni qo'ldan kelgancha o'zbekcha so'zlardan foydalanib yozishga harakat qildim. Foydali bo'ladi degan umiddaman.

Dasturchilar bilishi va ishlata olishi kerak bo'lgan Git buyruqlar ro'yxati:

Git config
Bu buyruq muallifni ismi va elektron pochta manzilini vazifalaringizda foydalanishga mos ravishda o'rnatadi.

git config -global user.name "[name]"
git config -global user email "[email adress]"


Git init
Ushbu buyruq yangi repository yani omborni boshlash uchun ishlatiladi.

git init [repository name]


Git clone
Ushbu buyruq mavjud URL manzilidan repository (omborni) olish uchun ishlatiladi.

git clone[url]


Git push
Ushbu buyruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltirilgan bo'ladi.

git push <remote_URL/remote_name> <branch>
#agarda hammasini belgilamoqchi bo'lsak
$git push -all


Git merge
Bu buyruqda belgilangan filal tarixini joriy filalalga birlashtiradi.

git merge[branch name]


Git pull
Ushbu buyruq boshqa serverdagi o'zgarishlarni sizning ish katalogingizga olib keladi va birlashtiradi.

git pull [Repository Link]


Git commit
Bu buyruq faylni doimiy ravishda versiya tarixiga yozib oladi.

git commit -m "[commit xabar yozilsin]"


Git add
Bu buyruq faylni qo'shib beradi.

git add [file]


Git Branch
Ushbu buyruq faqat sizni tizimingizda yangi fililal yaratadi.

git branch <branch-name>


Git Checkout
Bu buyruqda buyruqqa asoslanib sizni avtomatik filal nomiga o'zgartiradi.

git checkout <branch-name>


Git status
Bu buruqda bajarilishi kerak bo'lgan hamma fayllar ro'yxati keltiriladi.

git status


Git Tag
Ushbu buyruq belgilangan majburiyatlarga teglar berish uchun ishlatiladi.

git tag [commitID]


Git remote
Bu buyruqda sizni mahalliy repositoryngizni masofaviy serverga ulash uchun ishlatiladi.

git remote add [variable name] [Remote Server Link]


Git Diff
Bu buyruq ikkita filial orasidagi hamma fayllarni farqini ko'rsatib beradi.

git diff branch1..branch2

@senioritta_coder 🧕🏻