Javohir Berdiyev | Blog
5.3K subscribers
560 photos
275 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
🌞 Issiqning havosi — @webdev07 davosi!

Tashqaridagi issiqdan qochib, uyda kompyuterni yoqib, ventilyatorni o'zingizga qaratib yoki konditsionerni ishga tushirib, kelajak kasblardan birini astoydil bepul o'rganishga nima yetsin!

Sezgan bo'lsangiz gap sizning kelajagingiz haqida ketmoqda... 😎

Web Dasturlash — siz uchun kerak bo'lgan web dasturlash sohasi va kelajak kasbini maqsad qilganlar uchun eksklyuziv kanal!

Konditsioneri bor kanal : 👉 @webdev07
Asosiy kanalimiz - @webdev07 👈
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Javascript yoki Python qay birni o'rgansak yutqazmaymiz 😎

@javohir_webdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Assalamu alaykum Juma muborak bo'lsin

Alloh Subhana va Taolo barchamizga Juma ayyomini muborak etsin 🤲
Shunchaki yaxshi reklama qiling! Pul o'zi keladi...

Siz telegram orqali kanal, mahsulot, o'quv kursi yoki xizmatlaringizni ommaga taqdim etmoqchimisiz?

Sizga obunachilari asosan kompyuter va IT sohasiga aloqador bo'lgan auditoriya kerakdir?

Yuqoridagi savollarga javobingiz — "HA" bo'lsa, biz sizga samarali reklama xizmatlarini taklif qilamiz!

Telegramda sifatli kontentlari bilan minglab obunachilarni jalb qilgan kanallar endi birlashdik va Techno Advertising reklama birjasini yaratdik!

Narxlar bilan tanishish: 👉 @techno_ads
DASTURCHIGA DIPLOM KERAKMI?

Dasturlashni o'rganish va dasturchi bo'lish uchun diplom shart emas!

Nega deysizmi?

Agar siz Google va YouTube nimaligini bilsangiz, undan tashqari ingliz va rus tilini bilsangiz, diplomga 4 yil o'qishingiz shart emas. Youtube'da shuncha blogerlar bor. Ular dasturlashni noldan o'rgatishadi. Ha, 0 dan. Saytlardan kerakli narsalarni olasiz, buning uchun Google'ga yozasiz, albatta, yoniga tas-ix deb qo'ying. Bo'lmasa, ko'p kutasiz. Github degan sayt-resurs ham bor. Unda kodlarning namunalarini topasiz. Sololearn ham bor. Unda siz online kompilyator ham topasiz. Github'dek kod namunalari bor.

Shuncha saytlar, resurslar bor. Ammo, ulardan muntazam foydalanish uchun internet tez bo'lishi kerak. Internet tez bo'lishi bu ertak (bizda). Shuning uchun, tinchgina institutni bitirib, o'sha yerda C++ ni 4 yil suvday ichib, keyin boshqani o'rganib, xullas, oxirida... Frilanser bo'lamiz. Ayrim kompaniyalar bor, hujjatboz bo'ladi. Aynan o'shandaylarga diplom kerak. Lekin diplomni hamma ham olavermaydi, bilimi borlar oladi. Shuning uchun institutni bitirgan va dasturlashni Senior yoki Middle darajada biladiganlar hamma yerda talab qilinadi.

#consultation

@javohir_webdev
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta’lim muassasalarida faqatgina diplom uchun o’qiydiganlar ko’p. Albatta, diplom kerak va u bilan ko’p ishlar qilsa bo’ladi. Ammo IT sohasida ishga joylashish uchun, sizdan faqat bilim va tajriba talab etiladi.

Najot Ta’lim - zamonaviy kasblar markazida haqiqiy bilim va tajriba orttiring!

@javohir_webdev
👨‍💻 Dasturchilik sohasida tajriba orttirmoqchi bo'lganlar va yangilar uchun qo'shimcha maslahatlar.

🔴 Ko'pchilik sohada tajribani ko'paytirish maqsadida shogirdlikka tushadi yoki treninglarda qatnashadi. Albatta bularning tajriba uchun yaxshi foydasi bor. Lekin siz kattaroq tajriba orttiqmoqchi bo'lsangiz quyidagilarni bajaring:

🔻 O'z sohangizga oid ishlarni iloji boricha ko'proq bajaring. Hatto ular bepul bo'lsa ham va siz tayyorlayotgan ishlar mavjud bo'lmasa ham. Bu sizga tajriba orttirishingiz uchun katta foyda beradi va kelajakda albatta tirgak bo'ladi.

🔻 O'z sohangizda tajribangiz 4-5 yildan kam bo'lmasa, shogird oling. Shogirdlarga o'rgating. Kerak bo'lsa, shogirdlardan ham o'rganing. Qolaversa shogirdlar bilan birga siz ham o'rganing. Bu ham sizga hech bo'lmaganda bitta shogird chiqarginingizcha anchagina tajriba beradi.

🔻 Dasturchilik sohasidagi katta tajribaga ega dasturchilarning ishlari (va shaxsiy bloglari) ni kuzating. Ularnikidek ishlarni siz ham tayyorlashga harakat qilib ko'ring. Bu bilan ulardan o'g'irlang demoqchi emasmiz, aksincha ulardan ko'chiring 😉 Bu esa sizga boshqalardek bo'lishga va ularnikidek tajribali bo'lishingizga ozgina bo'lsada hissasini qo'shadi.

@javohir_webdev
It - IT
Qisqartirma so'zlar kichik harflarda yozilmaydi 🤦‍♂️
Ma'no o'zgarib ketadi. Shunga e'tiborli beraylik

@javohir_webdev
Telegram, Tiktok, Youtube, Facebook va instagram shu tarmoqlar bloklanishi mumkin ekan. Nima qoladi shunda 😏

shuncha narsani bloglab nima qilishdi Googleni bloglasin shu bilan hammasi to'xtaydi 😂
Html CSS JavaScript haqida qisqacha 😁

@webdev07
Sizning muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmasligingizga sabab bo'luvchi 10 ta omil

1. Agar siz umuman kompyuter va texnologiyaning qanday ishlashiga qiziqmasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

2. Agar siz muammolarni o'zingiz hal qila olmasangiz, hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

3. Agar siz muammo chiqsa qochsangiz, hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

4. Agar siz muammoni hal qilganingizda zavq va muvaffaqiyat hissini his qilmasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

5. Agar siz o'qishda sabr-toqat yetishmasligini his qilsangiz va hamma narsani oson va tez o'rganishingizni kutsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

6. Agar siz o'ylash uchun dangasa bo'lsangiz va konsentratsiyalangan fikrlash zerikarli va odatiy vazifa deb hisoblasangiz, siz muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

7. Agar siz kimdir siz uchun o'ylashini kutayotgan bo'lsangiz va vaziyatingiz tafsilotlarini o'rganishni istamasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

8. Agar siz fikrlash qobiliyatingizda juda moslashuvchan bo'lmasangiz va kodni, shuningdek sizning fikrlaringizni tuzishda qiyinchiliklarga duch kelsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

9. Agar siz dasturlashning asosiy maqsadini mumkin bo'lgan yechimlarning spektrini emas, balki to'g'ri yechimni topish deb bilsangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

10 .Agar siz tafsilotlarni e'tiborsiz qoldirsangiz va kichik narsalarga e'tibor bermasangiz, siz hech qachon muvaffaqiyatli dasturchi bo'lmaysiz.

P.S. Agar shulardan hech bo'lmasa birortasi sizda bo'lsa, darhol yaxshi tarafga o'zgaring. Ideal dasturchi shu 10 ta xislatga zid bo'lishi kerak.

@webdev07
EHTML — kengaytirilgan HTML

EHTML yoki Extended HTML bu bizga tanish HTML ning imkoniyatlarini kengaytiruvchi kutubxona. Uning ideyasi oddiy: sodda va muntazam amallarni Javascriptsiz faqat HTML yordamida bajarish. Masalan, formani json formatida yuborish, HTML templatelarni ayni bir sahifaga yuklash, turbolinklar va boshqalar.

LINK 👉 github.com/Guseyn/EHTML

@webdev07
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hech qachon taslim bo‘lmang!

Toki siz tirik ekansiz, barcha narsaning iloji bor. Faqatgina bir sabab uzrli bo‘lishi mumkin, bu ham bo‘lsa o‘limdir. Toki siz tirik (sog‘-salomat va ozod) ekansiz, sizda muvaffaqiyatga erishish uchun ko‘p marotaba urinish imkoni bor.

Qiyinchilik bo'layaptimi demak siz to'g'ri yo'ldasiz, yuqoriga ko'tarilish doim qiyin bo'lgan, pastga sakirash doim oson.
#motiv

@javohir_webdev
👍1
Savollar bormi ? Voicechat qilasizmi ?
Live stream started
Live stream finished (46 minutes)
Dasturlashni o'rganayotganlar uchun maslahatlar

1. Izchil bo'ling
Dasturlashni o'rganishning eng zo'r yo'li bu kod yozishdir. Ko'proq kod yozish. Har kuni kod yozish. Kod yozib, muammolarni yechish.

2. Konspekt qiling
O'zingiz uchun. Qulay va tushunarli tarzda. Xohlagan uslubda. Qo'lda yozilgan yozuvlar uzoq muddatli yodlash uchun eng yaxshisidir.

3. Dam oling
Qizib ketmaslik uchun. Quvvatni qayta to'ldirish uchun. Aqlni joyga keltirish uchun.

4. Vaqt bilan ishlashni o'rganing
Kuniga 18 soat degan gaplarni esdan chiqaring. Shunchaki uzoqqa borolmaysiz. Rejimni yo'lga qo'ying: 8 soat uyqu, to'laqonli ovqatlanish, quyoshga chiqib turish. Dasturlash hayotingizni asosiy qismi bo'lsin, ammo uni butunlay egallab olmasin.

@javohir_webdev