Javohir Berdiyev | Blog
5.28K subscribers
560 photos
275 videos
3 files
538 links
WEB dasturlash bo'yicha video kurslar.
💥Mutlaqo bepul web dasturlash kurslar

Admin: @javohircoder

⁉️ Savol javoblar: @webdev07_lesson
Download Telegram
🤝 🇰🇬
My youtube channel )
🎉23👍5
Java, Go, Flutter yo'nalishlaridan birida mutaxassis bo'ling.

⚡️ Dasturlashda boshlang'ich bilim va ko'nikmalarga ega, endi ma'lum bir yo'nalishda mutaxassis bo'lishni istaydiganlar diqqatiga.

"Najot Ta'lim" markazida bootcamp-result bosqichining Java, Go, Flutter yo'nalishlari bo'yicha saralash imtihoniga qabul boshlandi.

📌 Imtihondan muvaffaqiyatli o'tgan o'quvchilar 3 yo'nalishdan birida mutaxassis bo'lish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Sizda ham shu yo'nalishlardan birida mutaxassis bo'lish istagi bo'lsa, hoziroq kurs uchun ro'yxatdan o'ting

🔗 Ro'yxatdan o'tish
👍9
HTMLda qaysi tag inline-block tagi hisoblanadi ? 🧐
Anonymous Quiz
25%
<input /> ⌨️
12%
<img /> 🌁
15%
<button /> 🆕
48%
hammasi 😇
🔥19👍3😁21
Nimaga xato qilishdan biz ko‘proq qo‘rqamiz?

Chunki bizga yoshlikda ruchka ishlatish o‘rgatilgan xato qildingmi tamom.

Agar yoshlikda qalam ishlatish o‘rgatilganda vaziyat boshqacha bo‘lishi ham mumkin edi 🙂

@javohir_webdev
👍28😁9🤯1
Forwarded from Josh*Developer
EPAM’da birga ishlagan do’stlarimiz yaxshi bir loyihaga qo’l urishgan ekan. Ancha rivojlanib ham qolibdi.
Loyiha maqolalar yozishingiz va o’qishingiz uchun mo’ljallangan.

Check it out - upper.uz

#tavsiya

@JoshDeveloper
🔥9👍41
IT Park ва Coursera биргаликда One Million Uzbek Coders асосидаги янги лойиҳани тақдим этди

Эндиликда, ушбу ҳамкорлик натижасида уйдан туриб дунёдаги энг яхши университетларда сифатли таълим олиш мумкин.

Курслар нафақат ҳамёнбоп, балки бир қатор имтиёзларни ҳам таклиф қилади. Масалан, таълим учун бўлиб тўлашингиз ёки халқаро сертификат олиш харажатларининг бир қисмини қоплашингиз мумкин. Шунингдек, талабалар ноутбук сотиб олиш учун фоизсиз кредит олишлари мумкин.

👉 Касбий дунёқарашингизни кенгайтириш имкониятини бой берманг, платформада рўйхатдан ўтинг ва яхши ўқитувчилардан таълим олинг.
👍7😁4
1-sinfdan kompyuter savodxonligi, yuqori sinflarda moliyaviy savodxonlik darslari joriy etiladi

👉@kunonline
👍33🤯9😁4
Dasturlashni mustaqil o‘rgansa bo‘ladimi ? 

Albatta dasturlashni mustaqil o‘rgansa bo‘ladi, agar siz 4+ tajribaga ega dasturchilar bilan gaplashsangiz ularni qarib 70-80% mustaqil va internet orqali o‘rgangan. Lekin shuni biling bu ustoz ko‘rmagan degani emas.

Mustaqil o‘rganishingni yaxshi taraflari yaxshi, siz ancha tez o‘rganishingiz mumkin, va puldan ham tejashingiz mumkin. Lekin biling vaqtdan yutqazib quyishingiz mumkin, Bu qanday bo‘ladi, hozir yuqarida siz tez o‘rganasiz degan edingiz-ku? Asosiy muammolardan biri mustaqil o‘rganaman degan bolalarni aniq ustozi yo‘q bu eng katta xatolardan bir, hech bo‘lmasa sizga yo‘l-yurug‘i ko‘rsatib turadigan ustoz kerak bo‘ladi.

Tasavvur qiling sizda 10 ta yo‘l bor va u yo‘llardan birini tanladingiz tugadi shu yo‘l bilan ketaman deb o‘ylamang undan kiyin ham 10 lab 100 lab yo‘llar maslahatlar ko‘payib ketadi. Va siz tanlagan yo‘lingizdan shubha qilib boshlaysiz va bu holatda siz juda ko‘p ikkilanishlar orqaga qaytib boshqa yo‘ldan yurishingizga to‘g‘ri keladi. Ikkinchi sabab Siz bir yo‘nalish tanladingiz unda siz bu yo‘nalishdan sizning oldingizdan juda ko‘plab tushunarsiz holatlar va sizda qiyinchiliklar uchraydi va bu yo‘lda sizga yordam kerak bo‘ladi.

Xulosa mustaqil albatta o‘rgansa bo‘ladi, men ham mustaqil o‘rganganman lekin meni ustozlarim bor. Sizga ham maslahat qanday yo‘nalishga kirar ekansiz qanday o‘rganishingizdan qat’iy nazar bir sizning ustozingiz bo‘lsin.

@javohir_webdev
👍18🔥4🤯1
Dasturlashni o‘rganmang!
Agar sizga tez pul topishingiz kerak bo‘lsa. 

Hozirgi kunda ishga kirish va pul topishgacha chiqib olish dasturlashda oldingidek emas. To‘g‘ri oldin o‘rgangan dasturchilar hozirgi kunda kam pul topishmaydi. Lekin biling yangi o‘rganuvchilar uchun doim qiyinchiliklar bo‘ladi shu qiyinchiliklarga tayyor bo‘ling. 

Oldin men o‘rganayotgan vaqtlarim men hali HTML CSS ni yaxshi bilmasam-da menga katta saytlar o‘zimga Frontend qismni ishonib topshirilgan, chunki oldin dasturchilar ko‘p emas edi va kadr yitishmas edi. Vaqt o‘tgan sari bozorda dasturchilar ko‘paygan sari bozorda ish topish qiyinlashdi bu tabiiy. Bu yomonmi? Yo‘q shunchaki bu degani oldin siz 0 dan o‘rganib ish topib pul oladigan holatga yetguningizcha 1 yil yetarli bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Menimcha bu holat o‘rtacha hozirgi kunda 1.5-2 yilga chiqqan va bu oshib boradi. Shuning uchun siz 2 yil daromad topmasdan o‘rganib staj olib ishlab yurishga tayyor bo‘lsangiz kiyin (balki sizning omadingiz kelib bu holat juda tez bo‘lish va aksi bo‘lishi ham mumkin) dasturlashga kiring. 

Dasturlashga kirib darajaning yaxshi middle yoki senior bo’lgandan so‘ng sizni ishga oladigan joylar ko‘payib va sizga to‘lanadigan pul ham ancha ortib boradi faqat bu holatgacha sabr qilishingiz kerak  bo‘ladi.

Marketingda asosan junior daraja va ularni o‘rganayotganlar haqida gapirilmaydi unda asosan Middle dasturchilarni oyligi va ularga bo‘ladigan talab haqida aytiladi (ularni yolg‘onchiga chiqarishga ham shoshilmang). 

Vaqt ko‘p ketishi va birinchi ishni topib olish uchun qiyinchiliklar bo‘lishi tabiiy.Bu holat siz maqsadingizdan to‘xtalib qo‘ymasin. Ko‘p dasturlashdan xabari yo‘q yoki hali dasturlashda bir ish qilib ko‘rmagan odamlarni fikrlarini eshitishdan chetlaning. Eshitsangiz ham faqat o‘z sohasini mutaxassislaridan maslahatlar oling.   InshaAlloh sabr va mehnat bilan yaxshi kadr bo‘lsangiz siz xohlagan oylik va siz xohlagan ish joylarni topishingiz mumkin )

@javohir_webdev
👍37🔥8😢4
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Mustaqillik kuni muborak bo'lsin 🎉

Googledan mushakbozlik bo'lmoqda 😄
👍18🎉5
Alloh yetkazganiga shukr
👍51🔥4🎉3
ChatGPT sizni ishsiz qoldiradi. (Agar...)

AI boshlanganidan beri ChatGPT foydalanuvchilar kundan-kunga ko'payib bormoqda va ular orasida yangi o’rganuvchilar ham ko'pchilikni tashkil qiladi, Aslida bu AI botlari bizga ko'proq ishimizni bajarishga yordam beradi. masalan, siz ko'proq saytlarni qidirishga vaqt sarflamaysiz, savolingizni shunchaki AI botlarga berasiz va u o’zining ma'lumotlaridan foydalangan holda javob beradi, bu juda qulay va tezroq.

Afsuski, bu ikki qirrali qilich kabidir. Birinchi taraf sizning ishingizga o’rganishinga ko'proq yordam beradi, ikkinchisi esa siz uchun xavfli bo'lishi mumkin. Misol uchun, barcha chatbotlar sizning savolingizga javob beradi, bu juda zo'r lekin ko'p odamlar o'z aqllarini ishlatmay faqat chatbotdan foydalanmoqda, bu esa xavflidir. Buning zarari bir yoki ikki marta bilinmasligi mumkin, lekin bir yil va ikki yilni o’z tasirini birdirmasdan qolmaydi. Vaqt o'tishi bilan bu katta muammo bo'ladi. Siz aniq fikrlamay qolishingiz mumkin va har doim sizga yordam berish uchun chatbot yoki boshqa shunday saytlar yordamga muhtoj bo'lishingiz mumkin.

Qadimgilar aytganidek, har narsaning ozi yaxshi. Siz sun'iy intellekt botidan foydalanishingiz mumkin, lekin bir narsani esda tuting siz doimo sun'iy intellekt botidan foydalanasiz va aqlingizdni, o’z idrokingizdan foydalanmas ekanssiz, tez orada AI botlar sizni ishsiz qoldiradi.

@javohir_webdev
👍22😢2
O‘zbekistonda IELTS 9 olganlar soni 5 ta bo‘libdi yil oxirigacha 10 tadan ham oshsa kerak. 

Bizda 9 oladiganlar oldin ham bo‘lgan shunchaki bizga endi 9 qo‘yishni boshlashdi 😏 (IELTS ham bir katta o'yin...
👍51😁22🔥42😢1
Bizni bog‘lab turgan zanjirlar. 

Tasavvur qiling siz tez yugurishni xohlaysiz va buning uchun harakat qilmoqdasiz. Hamma sharoitingizni qila boshladingiz qulay oyoq kiyim, yaxshi joy topdingiz yugurish uchun va qulay ob havo…  Nima deb o‘ylaysiz siz tez yugurishingiz uchun yana nima kerak? Men aytaman siz oldin sizni bog‘lab turgan yuklardan xalos bo‘lishingiz kerak shunda siz tezroq yugura olasiz.

Oramizda ko‘pchilik o‘qib o‘rganishda yangi kasb egallashda tezroq  natijalarga erishini xohlashadi. Lekin biz o‘ylagandek bu jarayon oson kechmaydi. O‘qib o‘rganish biz o‘ylagan rejamizdan oylarimiz oylarga yillar yillarga bog‘lanib boraveradi lekin natija hali ham past. Chunki bir yuklarni tashlamasdan yugurmoqchimiz. Bu yuklar nima? ijtimoiy tarmoqlar Instagram, tiktok, telegram ortiqcha kanallar yozishmalar, facebook yoki tv showlar, futbol yangiliklar… Bu narsalar sizni bog‘lab turgan yuklaringiz hisoblanadi. Agar bulardan nafsingiz bilan kurashib tark qila olmas ekansiz bilib oling siz oldingiga siljiysiz yillar o‘tsa-da natija juda past bo‘ladi.

Ijtimoiy tarmoqlardan bo‘shagan vaqtingiz kitob o‘qishingiz kerak emas buning teskarisi bo‘lishi kerak. Bir narsaga erishish uchun boshqasidan voz kechish kerak bo‘ladi. Bu sizning tanlovingiz nima tanlasangiz shunga albatta bog‘lanasiz. Faqat ikkalasini ham olib ketaman deb o‘zingizni aldamang.

@javohir_webdev
👍23
Iphone 15 taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Deyarli hech narsa yo‘q 🤦‍♂️, to‘g‘ri yaxshilashgan ko‘p narsalar lekin bu 1 oylik o‘zgarshlar, 1 yillik emas 😕
🥴19😁8👍3😢1
Javascript bilasizmi? 🧐
qo‘ydagilardan nechtasini bilasiz va ishlatgansiz? 

1. Closures
2. Promises
3. Prototypes and Prototypal Inheritance
4. Event Loop
5. Modules
6. Generators
7. Arrow Functions
8. Asynchronous Iteration
9. Proxy
10. Reflect API

ishga kirishda bular haqida so'ralishdan xabaringiz bormi? 😥

izohlarda yuqoridagilardan nechasini bilasiz yozib qoldiring, Agar qiziquvchilar ko'p bo'lsa inshaAlloh kiyingi postimiz shu xolatlar haqida bo'ladi.

@javohir_webdev
👍24😁4🥴3
Yaxshi SMM jamo kerak, agar sizda shunday jamo bo'lsa yoki tanishlar bo'lsa bizga aloqga chiqsin, ish bor

shaxsiy brend bilan ishlash bo'yicha tajribaga ega bo'lishi kerak

agar kimdur tavsiya bo'lsa izohlar qismiga jamo nomi yozib qoldirsalaringiz xursand bo'lar edim )

@javohircoder
👍16🥴1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍17