🇺🇿 Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi AXBOROT XIZMATI
3.89K subscribers
48.8K photos
4.07K videos
141 files
17K links
Download Telegram
“Яшил макон” – бу кeлажак авлод олдидаги бизнинг мажбуриятимиз!

Туманимизнинг барча маҳаллаларида Яшил макон лойиҳаси доирасида кўчат экиш ишлари авж паллада давом этмоқда.

Жумладан, туман Фермер, деҳқон
хўжаликлари ва томорқаер эгалари
кенгаши ходимлари томонидан "Яшил макон" умуммиллий лойиҳаси доирасида турли хилдаги мевали, манзарали ва гул кўчатлари ҳамда қаламчалари экишди.

✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter
Hurmatli yoshlar, vohamizning go‘zal manzarali joylarida chiqindilarga ko‘zingiz tushsa sizning ham dilingiz xira bo‘ladimi?

O'zbekiston Ekologik partiyasi tashabbusi bilan o'tkaziladigan "Plogging" aksiyasi Surxondaryo viloyati Termiz shahri “Baynalminal” mahallasi “Shimoliy darvoza” ko'chasida 2024-yil 9-aprel soat 14:00 da o'tkaziladi.

Ishtirokchilar jamoa bo'lib qatnashadi.
1-yo'nalish bo'yicha 1, 2, 3-o'rinlar,
2-yo'nalish bo'yicha 1, 2, 3-o'rinlar,
3-yo'nalish bo'yicha 1, 2, 3-o'rinlarda g`olib deb topilganlar O`zbekiston Ekologik partiyasi Surxondaryo viloyat partiya tashkilotining diplom va qimmatbaho sovg'alari bilan taqdirlanadi.


Demak, siz tabiatga befarq emassiz.


Shuni to‘g‘ri anglagan holda joriy yilning 9-aprel o‘tkaziladigan "Plogging" aksiyamizda faol ishtirok etishga chorlaymiz.

Ma’lumot uchun, "Plogging" bu – yugurib chiqindi yig‘ish bilan birlashtirilgan ekologik harakat.


✍️Surxondaryo viloyat partiya tashkiloti Matbuot xizmati

🕊
https://t.iss.one/ecopartysurxon
Surxondaryo delegatsiyasi Vengriyada: Tashrifning birinchi kunida 37 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiyamiz Vengriya davlatida bo‘lib turibdi. Tashrifning birinchi kunida Vengriyaning qator kompaniyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazildi.

Muzokaralar yakunlariga ko‘ra Vengriya kompaniyalari bilan Surxondaryoda baliqchilik va plastmassani qayta ishlash sohasida umumiy qiymati 37 million yevroga teng bo‘lgan yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi va tegishli hujjatlar imzolandi.

Tashrifning ikkinchi kuniga mo‘ljallangan dasturga asosan Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov va Chongrad-Chanad viloyati Prezidenti Laslo Salgo o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi. Unda hududlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi. Kelgusida o‘zaro hamkorlik qilish bo‘yicha deklaratsiya imzolandi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimligi va Chongrad-Chanad viloyati Savdo-sanoat palatasi o‘rtasida hamkorlik qilish kelishuviga ham erishildi.

Tashrif O‘zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi ko‘magida tashkil etilgan bo‘lib, 7-9-aprel kunlari davom etadi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Изоҳ_ўзингиздан

Жарқўрғон тумани ҳокими Элмурод Авазов Венгрияда.....

✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter
#Об_ҳаво



✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter
#Кун_ҳикмати

Ishbilarmon mardlik va shijoat sohibi, azmi qat’iy, tadbirkor va hushyor bir kishi ming-minglab tadbirsiz, loqayd kishilardan yaxshidir.

✍️ AMIR TEMUR

✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
9-aprel — Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun

"Qilmoqchi bo‘lgan ishlarini qilmasdan qoldirmasinlar. Agar biror ishni qilmaslikka so‘z berar ekanlar, yaqiniga ham yo‘lamasinlar. Xotirdan chiqmasinkim, Tangri taolo jasur kishilarni ardoqlaydi"
("Temur tuzuklari"dan).


Bugun buyuk sarkarda, yirik davlat arbobi, ilm-fan va madaniyat homiysi, Sohibqiron Amir Temur tavalludiga 688 yil to‘ldi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Саломатлигингизда ўзгаришлар сезяпсизми? Эҳтимол, бу кунлик рацион ва тўғри овқатланиш билан боғлиқдир.

Кунлик туз ва шакар истеъмоли миқдорини биласизми?

Неча маҳал ва қанча миқдорда овқатланиш мақсадга мувофиқ?
〰️〰️〰️〰️〰️


➡️ Юқоридаги инфографикада соғлом турмуш гарови бўлган соғлом овқатланиш алифбоси тақдим этилган.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Forwarded from АОКА | Сурхондарё (Заҳириддин Тўраев)
9 апрель — Соҳибқирон Амир Темур таваллуд топган кун

ТЕМУРНИНГ ОНАСИ

Бу элнинг мардлиги Темурдан юққан,
Ҳеч тилдан қўймаймиз ул зотнинг отин.
Лек нега эсланмас Темурни туққан,
Бухоролик аёл Тегина хотун.

Тинчлик бермас сира лаҳза-онимга,
Тарих-чи жим тинглаб турар бу оҳни.
Достонлар битилди Бибихонимга,
Тилга олишмади Тегина Моҳни.

Мақбаралар бино бўлди хўб мунда,
Минорлар нақшидан товланиб само.
Маконинг на Кешда, на Шоҳи Зинда,
Қайларда ётибсан, Тегина момо?!

Онанинг меҳрини нима деб атай,
Болам деб ўртанган, юраги куюк.
Тарих айтолмаса, мана мен айтай:
Темурнинг онаси — Темурдан буюк!


✍️ Ўлмасбек Самарқандий

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
#Surxondaryo viloyatidagi vakant lavozimlarga ochiq tanlov eʼlon qilindi

Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona ochiq portalida Surxondaryo viloyatidagi quyidagi vakant lavozimlarga ochiq mustaqil tanlov eʼlon qilindi:

🔷 Surxondaryo viloyat hokimligi: Qishloq va suv хo`jaligi masalalari majmuasi Bosh mutaхassisi;

🔷 Termiz shahar hokimligi: sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal masalalari bo`yicha majmuasi yetakchi mutaхassisi;

🔷 Termiz shahar hokimligi: hokimning o`rinbosari, shahar investitsiyalar va tashqi savdo bo`limi boshlig`i bosh mutaхassisi;

🔷 Qumqo‘rg‘on tuman hokimligi: Yuriskonsulti;

🔷 Jarqurg‘on tuman oila va xotin-qizlar bo‘limi: Maslaхattepa mahallasi хotin-qizlar faoli;

🔷 Surxondaryo viloyat hokimligi: Bosh hisobchisi;

❗️Arizalar 11.04.2024-yil soat 23:59 gacha qabul qilinadi.

Arizani elektron yuborish tartibi boʻyicha videoqoʻllanma

Yagona identifikatsiya tizimi — id.egov.uzʻdan roʻyxatdan oʻtish boʻyicha videoqoʻllanma

🔷 Agentlikning Surxondaryo viloyati filiali — 76-223-51-42

🔷 Murojaat uchun bot@vacancy_argos_bot

🔷 Vakansiyalar kanali@vacancy_argos