🇺🇿 Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi AXBOROT XIZMATI
3.92K subscribers
48.6K photos
4.05K videos
141 files
16.9K links
Download Telegram
Vengriyaga tashrif: Ikkinchi kun muzokaralarda 47 mln dollarlik shartnomalar imzolandi

Xabar berganimizdek, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligidagi delegatsiyamiz Vengriya davlatida amaliy tashrif bilan bo‘lib turibdi. Kecha tashrifning ikkinchi kunida Chongrad-Chanad viloyatining ma’muriy markazi bo‘lgan Seged shahrida qator uchrashuv va tadbirlar bo‘lib o‘tdi.

Xususan, Chongrad-Chanad viloyati hokimligida uchrashuv o‘tkazildi va Seged universiteti hamda “Bonafarm” kompaniyasining chorvachilik fermasi va sutni qayta ishlash korxonasi faoliyati bilan tanishildi. Ikki hudud tadbirkorlari ishtirokida o‘zaro hamkorlikda qator loyihalarni amalga oshirish masalalarida muzokaralar o‘tkazildi.

Uchrashuv va muzokaralar yakunida kelishuvlarga erishildi hamda hamkorlik memorandumlari va shartnomalar imzolandi. Xususan, “ArchEnerg Cluster” klasteri bilan quyosh energiyasi va geotermal energiyadan foydalanish, biomassani qayta ishlash, Seged universiteti va "Young Adults" MChJ o‘rtasida IT sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash, “Bonafarm” kompaniyasi va “Pomir Agroklaster” MChJ o‘rtasida zotdor chorva mollarini yetkazish, sutni qayta ishlash va mutaxassislar ko‘nikmalarini oshirish, “ECO Engineering” MChJ bilan parrandachilik kompleksi loyihasini qurish, “DOPPELMAYR” kompaniyasi va “Denov oltin don” MChJ o‘rtasida dor yo‘li loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Shuningdek, Jarqo‘rg‘on tumani va Seged shahri o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha memorandum imzolandi.

Delegatsiyamizning Vengriyaga tashrifi bugun Budapesht shahrida davom etadi.


Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
«Ҳайит» сўзининг маъносини биласизми?

«Рамазон ҳайити» деб номлайдиган кун диний манбаларда «Ийд ал-Фитр» деб юритилади. «Ийд» сўзи араб тилида «қайта-қайта такрорланиш», «фойда-манфаат» маъноларини билдиради. Ҳайит куни ҳар йили такрор, қайта-қайта келгани ва унда Аллоҳнинг неъматлари бандаларига сероб бўлгани учун уни «ийд» деб номланган. «Фитр» эса «оғиз очиш», «таомланишни бошлаш» деган маъноларни англатади. Демак, «Ийд ал-Фитр» рўзадан чиқиб, таомланишга ўтиш куни деганидир.

Тилшунос мутахассисларнинг таъкидлашларича, «ҳайит» сўзи ҳам асли «ийд» сўзидан олинган. Ўғузлар (қадимги турклар) айрим ҳолларда сўз бошидаги унли олдига «ҳ» қўшиб талаффуз қилишган. Шу тариқа «ийд» сўзи бизда кейинчалик «ҳайит» шаклини олган.

Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Jarqo‘rg‘onda muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun kelgan askarlar tantanali kutib olindi

Tadbirda tuman hokim o‘rinbosari A.Radjabov , Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.Mustanova, tuman Madaniyat bo‘limi rahbari O‘,Qodirovlar ishtirok etdi.

Kutib olish tadbirida o‘quvchi yoshlar ishtirokida muddatli harbiy xizmatni o‘tash uchun kelgan askarlarga Vatan bayrog‘i topshirildi va Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi rahbari M.Mustanova muddatli harbiy xizmatga kelganlarni samimiy tabriklab Buyuk bobomiz Amir Temur tavalludining 688 yilligi munosabati bilan Amir Temur bobomiz haqida ma’ruza qilib xizmat davomida Amir Temur bobomizday vatanparvar bo‘lishlarini ta’kidlab o‘tdi.

✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Ramazon hayiti munosabati bilan tabrik yo‘lladi

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_tabrigi

RAMAZON HAYITI MUNOSABATI JARQO‘RG‘ON TUMANI HOKIMI ELMUROD AVAZOVNING TABRIGI

Assalomu alaykum!
Qadrli va aziz tumanimiz fuqarolari!

Sizlarni muborak Ramazon Hayiti munosabati bilan chin qalbimdan samimiy tabriklayman.
Insonparvarlik, sabr-qanoat, xayr-u saxovat va shukronalik, mehr va shodlik timsoli boʻlgan ushbu qutlugʻ kun – Ramazon hayiti har bir musulmon uchun oylarning sultoni mobaynida qilingan sabr, xayr-ehson, ko‘rsatilgan mehr-oqibat uchun berilgan saodat ayyomidir.

Batafsil 👉https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati/47575

✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter