🇺🇿 Jarqo‘rg‘on tumani hokimligi AXBOROT XIZMATI
3.96K subscribers
48.1K photos
3.98K videos
138 files
16.8K links
Download Telegram
#live
🔴

ЭЛМУРОД АВАЗОВНИНГ АҲОЛИ БИЛАН ҲОҚИМ ҚАБУЛИ БЎЛИБ ЎТМОҚДА..........

БИЗНИ КУЗАТИШДА ДАВОМ ЭТИНГ..........


✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Infografika | Jamoat transportida bepul yurish huquqiga ega ayrim toifadagi fuqarolar uchun imtiyozlar

Shuningdek, infgrafika orqali jamoat transportidan bepul foydalanish imtiyozi berilgan fuqarolarning statistik ko‘rsatkichlari bilan ham tanishish mumkin.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Forwarded from Media kontent
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
БМТнинг Иқлим ўзгариши бўйича 28-конференцияси ўтаётган «Экспо Сити Дубай» мажмуасида Президентимиз Шавкат Мирзиёевни Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаён ва Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош котиби Антониу Гутерриш қутладилар.
Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi viloyat delegatsiyasi Yaponiyada

Dunyodagi rivojlangan davlatlardan biri bo‘lgan Yaponiya bilan savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhim ahamiyat kasb etadi. Qolaversa, Surxondaryo viloyatidagi ko‘plab qadimiy buddaviylik manzilgohlari kunchiqar mamlakat aholisini hamisha o‘ziga jalb qilib kelgan. Bu esa o‘z navbatida, ushbu mamlakat aholisini vohamizga jalb qilish imkonini beradi.

Shu maqsadda bugun Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Yaponiya davlatida bo‘lib turibdi.

Tashrif avvalida viloyatimiz delegatsiyasining “Japan Conservation Engineers & Co., Ltd.” kompaniyasi rahbariyati bilan muloqoti o‘tkazildi.

Unda Surxondaryo viloyatida sho‘rlangan qishloq xo‘jaligi yerlarini yuqori konsentratlangan fulvokislotadan foydalangan holda yaxshilash texnologiyasini qo‘llash loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi. 2022 yilda mazkur kompaniya bilan Sherobod tumanida entomolog-agronomlar ishtirokida 1 gektar kuchsiz (o‘rta) sho‘rlangan paxta yer maydonida o‘tkazilgan sinov ijobiy samara bergandi.

Muzokaralar yakunida “Japan Conservation Engineers & Co., Ltd.” kompaniyasi bilan “Fujimin” preparatini mosh, paxta va g‘alla yetishtirishda qo‘llash bo‘yicha hamkorlikni davom ettirish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Viloyat delegatsiyasining Yaponiyaga tashrifi davom etmoqda.

Surxondaryo viloyati hokimligi Axborot xizmati

Kanalga ulanish:
t.iss.one/axborot_xizmati
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
Jarqo'rg'on tumanida Ma’naviyat va ma’rifat kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengashda tumanda ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish hamda “Ma’naviyat sektori” faoliyatini tashkil etish bilan bog‘liq masalalar muhokama etildi.

Unda Jarqo'rg'on tumani hokimi – tuman Ma’naviyat va ma’rifat kengashi raisi Avazov Elmurod, Kengash a’zolari, davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, mahalla yettiligi, maktab deriktorlari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda “Ma’naviyat sektori”ni tashkil etish hamda bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
UzA | Surxondaryo Tatariston bilan hamkorlikni mustahkamlamoqda

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligidagi delegatsiya Rossiya Federatsiyasining Tatariston Respublikasida bo‘lib, joriy yil 4 oktyabr kuni Qozon shahrida o‘tgan O‘zbekiston–Rossiya hududlararo hamkorlik bo‘yicha III forumi doirasida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama etdi, yangi loyihalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Bu haqda UzA`ga xabar bergan viloyat hokimligi axborot xizmatiga ko‘ra, safarning dastlabki kuni Qozon shahrida Tatariston Respublikasi rasmiylari, chet davlatlar konsulliklari va 150 dan ortiq ishbilarmon doira vakili ishtirokida Surxondaryo viloyatining iqtisodiy-investitsion imkoniyatlari, turizm salohiyatiga bag‘ishlangan taqdimoti tashkil etildi. Yangi loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha 200 million dollarlik shartnoma imzolandi.

Batafsil:
https://uza.uz/posts/544103

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Web-site | Twitter
#Албатта_ўқинг

Ибратли ҳикоя:

Ривоят қиладиларки, бир куни шогирд устози пири комилдан сўради:
— Нима учун чақалоқлар ҳамма ерда бир хил йиғлайдилар. Улғайганларида эса уларда ҳар хил хислатлар пайдо бўлади?
Устоз жавоб берди:
— Бу тарбиянинг натижасидир.
Шогирд сўради:
— Эй маънолар хосхонасини эгаллаган пири комил, тарбиянинг ҳосиласи ёшга ҳам боғлиқми?
Доно устоз дедилар:
— Ҳа, албатта. 20 ёшда ҳиссиёт, 30 да истеъдод, 40 да ақл ҳукмронлик қилади.
Илмталаб шогирд яна сўради:
— Эшитишимча, тана қартайганда, аҳлоқ мустаҳкамланади, дейдилар. Бунинг сабаби не?
Пири комил бир лаҳза ўйга чўмгач, шундай деди:
— Чунки инсон танасидаги барча аъзолар ўз нафсини қондиравериб чарчайди, ҳолдан тояди, руҳ эса ҳаёт чарҳида чарҳланиб, аҳлоқ орзу ҳолини бойитиб бораверади.
Қизиққувчан шогирд яна сўради:
— Эй, устоз, минг машаққат ила юксаликка кўтарилган инсонни нима пастга тушириши мумкин? Мен шундан огоҳ бўлайин.
Сермулоҳазали устоз шогирдига қараб, шундай деди:
— Киши қанчалик юксакликка эришмасин, аҳлоқда оқсаса, пастга тушиб кетиши муқаррардир. Эй, шогирд, мисқоллаб йиққан обрўйинг бир зумда тўкилмасин десанг, ақлингни ҳамиша раҳнамо этгил. Нолойиқ ишлардан олисга кетгил.                                            

✍🏻 Жарқўрғон тумани ҳокимлиги
Ахборот хизмати

Каналга уланиш
⬇️

https://t.iss.one/jarmatbuotxizmati

Facebook  Telegram  YouTube  Web-site Instagram Twitter