Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
875 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Milliylik
#Xon_atlas_festivali
#Kosonsoy_TIM

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 7-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.

Festivalda maktabimiz o‘quvchi qizlari, ayol ustozlari hamda tarbiyachi pedagoglar maktab psixologi M. Shohobiddinova boshchiligida xon atlas va adras liboslari kiyib, milliy liboslarimizni keng yoritilishida o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Mana shunday ma'naviy-ma‘rifiy tadbirlar ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda muhim axloqiy ahamiyat kasb etadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_tuman_IM
#XON_ATLAS_FESTIVALI

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-senyabrdagi №02-13-1753-sonli xati ijrosini ta'minlash va o‘quvchi yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida "Xon atlas" festivali o‘tkazildi.

🖌Festival doirasida o‘quvchilar milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan milliy shoyi matolarimizdan-xon atlas, atlas, adras va shoyi matolardan tikilgan milliy liboslarimizda Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiylar timsollarini yaratdilar. Ularning ijod namunalaridan ruboiy va g'azallar, laparlar, allayu aytishuvlar aytib, naqadar ajoyib qadriyatlarimiz bor ekanligi hamda ular bilan faxrlanishimiz barobarida asl holicha saqlab kelajak avlodlarga yetkazish kerakligini namoyish etdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
✳️ Milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

1. 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+    daraja;

2.  65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;

3.  60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;

4.  55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;

5.  50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;

6. 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

📗 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball (100%) beriladi.

📙  B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

@SAT_EDUCATION_SAT
Assalomu alaykum talabalar.

Bugundan boshlanadigan oliygoh saboqlarida ishtirok etish muborak bo'lsin. O‘qing, o‘z ustingizda tinimsiz mehnat qiling va yuksaling. Siz kuchli ustozlar va kuchli jamoada o‘qidingiz, o‘zingizga ishoning. Kosonsoyda ilm ildizlari chuqur va kuchli. Kuchli ildiz muvaffaqiyatning yarmiga tengdir. Genetika aldamaydi. Yurtimiz kuchli, halol kadrlarga muhtoj, siz shu bo‘shliqni to‘ldiring . Omad sizga.

Talabalikda ba'zi muhim qoidalarim bo'lardi (aytmasam bo'lmaydi):

1-qoida: Omad dovyuraklarga kulib boqadi. (asosiy qoida)

2-qoida: Betni qattig‘i, jonni rohati😁

3-qoida: Uyalish- ilmning eng katta dushmanidir.

4-qoida: Bilimsizlikning davosi- savoldir.

Bular bir eslatma xolos. Hayotda tajribalilar bilan hisoblashing va o'z qoidalaringiz yarating.

Omad sizga, qadrli talaba!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Tonggi_suhbat
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida navbatdagi ertalabki saflanish tadbiri bo'lib o'tdi.

Saflanishda maktabining ma'naviy-ma‘rifiy ishlar bo'yicha direktor oʻrinbosari B.Hasanov ulug‘ alloma Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodiy faoliyatiga oid bir qator qiziqarli ma'lumotlar berib o‘tdi.

Saflanish tadbirida o‘quvchilar ishtirok etishi rejalashtirilgan bir qator tanlovlar, jumladan #IT_MARAFON haqida batafsil ma'lumot berildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️ 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan chet tili imtihonlari

Sentabr 21-22
Deadline sentabr 9
Ingliz arab tili

Oktabr 19-20
Deadline 5-oktabr
Ingliz arab nemis fransuz italyan fors Koreys


Noyabr 23-24
Deadline 9-noyabr
Ingliz arab yapon xitoy dariy urdu pushtu

Dekabr 28-29
Deadline 14
Ingliz, nemis, fransuz, ispan, uygur, hind



☝️Imtihonda qatnashuvchi talabgorlar soniga ko'ra imtihon kunlariga o'zgartirishlar kiritilishi mumkin

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️Umumta'lim fanlaridan 2024-yilning 2-yarmida bo‘lib o‘tadigan sertifikat imtihonlari

Umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlari oktabr, noyabr va dekabr oylarida o‘tkaziladi.

👨🏻‍💻 Test sinovi uchun talabgorlar my.gov.uz sayti orqali onlayn tarzda ro‘yxatga olinadi.

📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin.

📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab