Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
875 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘qituvchilar_bor
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining matematika fani o'qituvchisi Farruxbek Abduvahobov xalqaro SAT (Matematika va ingliz tilini bilish darajasini baholash) sertifikatini qoʼlga kiritdi.

Ahamiyatli tomoni shundaki, Farruxbek Abduvahobov maksimal 800 balldan 790 balni to‘plashga muvaffaq bo'ldi.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, bunday sertifikatga ega pedagoglarga har oylik maoshlariga maxsus ustamalar belgilanishi qonunchilikda ko'rsatib o‘tilgan.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Milliylik
#Xon_atlas_festivali
#Kosonsoy_TIM

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 7-sentabr kuni respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham “Xon atlas” festivali o‘tkazildi.

Festivalda maktabimiz o‘quvchi qizlari, ayol ustozlari hamda tarbiyachi pedagoglar maktab psixologi M. Shohobiddinova boshchiligida xon atlas va adras liboslari kiyib, milliy liboslarimizni keng yoritilishida o‘z hissalarini qo‘shishdi.

Mana shunday ma'naviy-ma‘rifiy tadbirlar ulg‘ayib kelayotgan yosh avlodni tarbiyalashda muhim axloqiy ahamiyat kasb etadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_tuman_IM
#XON_ATLAS_FESTIVALI

🏢 Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligining 2024-yil 4-senyabrdagi №02-13-1753-sonli xati ijrosini ta'minlash va o‘quvchi yoshlarda milliy qadriyatlarimizga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida "Xon atlas" festivali o‘tkazildi.

🖌Festival doirasida o‘quvchilar milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismi bo‘lgan milliy shoyi matolarimizdan-xon atlas, atlas, adras va shoyi matolardan tikilgan milliy liboslarimizda Bibixonim, Nodirabegim, Uvaysiylar timsollarini yaratdilar. Ularning ijod namunalaridan ruboiy va g'azallar, laparlar, allayu aytishuvlar aytib, naqadar ajoyib qadriyatlarimiz bor ekanligi hamda ular bilan faxrlanishimiz barobarida asl holicha saqlab kelajak avlodlarga yetkazish kerakligini namoyish etdilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
✳️ Milliy sertifikat test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

1. 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+    daraja;

2.  65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;

3.  60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;

4.  55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;

5.  50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;

6. 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

📗 A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball (100%) beriladi.

📙  B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

@SAT_EDUCATION_SAT
Assalomu alaykum talabalar.

Bugundan boshlanadigan oliygoh saboqlarida ishtirok etish muborak bo'lsin. O‘qing, o‘z ustingizda tinimsiz mehnat qiling va yuksaling. Siz kuchli ustozlar va kuchli jamoada o‘qidingiz, o‘zingizga ishoning. Kosonsoyda ilm ildizlari chuqur va kuchli. Kuchli ildiz muvaffaqiyatning yarmiga tengdir. Genetika aldamaydi. Yurtimiz kuchli, halol kadrlarga muhtoj, siz shu bo‘shliqni to‘ldiring . Omad sizga.

Talabalikda ba'zi muhim qoidalarim bo'lardi (aytmasam bo'lmaydi):

1-qoida: Omad dovyuraklarga kulib boqadi. (asosiy qoida)

2-qoida: Betni qattig‘i, jonni rohati😁

3-qoida: Uyalish- ilmning eng katta dushmanidir.

4-qoida: Bilimsizlikning davosi- savoldir.

Bular bir eslatma xolos. Hayotda tajribalilar bilan hisoblashing va o'z qoidalaringiz yarating.

Omad sizga, qadrli talaba!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab