Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
875 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Loyiha_ishi
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8-sinf o‘quvchilari fizika fanida uyga vazifa tarzida berilgan loyiha ishlarini himoya qildilar.

Loyiha ishi rahbarlari:

B. Rahmatullayeva , N. Hasanova

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👋Assalomu alaykum barchaga!

🦅Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining
✈️Telegram kanalining rivoji uchun
⭐️PREMIUM obunachilarimiz ovoz berib qo’llavorila👇 Please 😘 Pastdagi havola orqali👇👇

https://t.iss.one/boost/ixtisoslashganmaktab

🌐 Bizni kuzatishda davom eting
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
9-Май – Хотира ва қадрлаш куни барчангизга муборак бўлсин!
#9_may_Xotira_va_qadrlash_kuni

Hurmatli vatandoshlar,
Qadrli pedagoglar!

Shonli tariximiz zarvaraqlariga nazar tashlar ekanmiz, bugungi tinch va faravon hayotimiz uchun necha o‘n yillar oldin zahmat chekkan ota-bobolarimizning buyuk xizmatlari yodimizga keladi.

Millat ravnaqi hamda o‘zbek yoshlarining bilimli va ma’rifatli bo‘lib kamol topishi yo‘lida jonbozlik ko‘rsatgan jadid hamyurtlarimizning buyuk jasorati, Ikkinchi jahon urushida qatnashgan bobolarimizning mardlik va fidoyiligi bugungi yoshlar uchun katta o‘rnak bo‘lishi tabiiy. O‘tmishimizning bu lavhalari buyuk tariximizning ajralmas bir bo‘lagi, desam ayni haqiqat bo‘ladi.

Xotira — aziz, qadr — muqaddas. Bugungi xotirjam hayotimiz va Jonajon O‘zbekistonimizning nurli kelajagi, ertangi istiqboli uchun o‘z vaqtida umrini baxshida etgan minglab vatandoshlarimiz xotirasi biz uchun doimo aziz va muqaddasdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Ustama loyiha matni.pdf
239.3 KB
Milliy va xalqaro sertifikatlar bo'yicha yangi qaror loyihasi

(O‘qituvchi va abituriyentlar uchun)
Bitiruvchilar o‘rtasida informatika va axborot texnologiyalari fani bo‘yicha "NamMQI olimpiadasi" OTM bosqichi o‘tkazildi

Ushbu bosqichni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev ochib berdi va ishtirokchilarning har biri bilan alohida muloqot o‘tkazib, ularga muvaffaqiyat tiladi.

Axborot tizimlari va texnologiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari, Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Diyorbek Akbaraliyev o‘quvchilarni olimpiada nizomi bilan tanishtirib, jarayon haqida kerakli tushunchalar berdi.

Olimpiada yakunida Kosonsoy tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Ahliyor Mirodullayev 1-o‘rin, Chust tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisi Saidkamol Avliyayev 2-o‘rin, Namangan shahridagi 7-maktab o‘quvchisi Mubosher Abduxalilov 3-o‘rinni egallab, institutning axborot tizimlari va texnologiyalari yo‘nalishiga imtiyoz bilan to‘lov-shartnoma asosida o‘qishga kirish imkoniyatini qo‘lga kiritdi.
Dunyoda jami 195 ta davlat bor va ularning ichida atigi 16 tasi Parij Olimpiadasi futbol musobaqasida qatnashadi.

Va ular safida o'zimizning qorako'zlar ham bor !!!