Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.46K subscribers
12.5K photos
934 videos
440 files
4.05K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Muvaffaqiyat
#5_tashabbus
#Kasaba_uyushma_kubogi
#Sog‘_tanda_sifatli_ta‘lim
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy tumanida faoliyat yuritayotgan ta‘lim muassasalari xodimlari o‘rtasida "Besh tashabbus" sport musobaqalari o‘z yakuniga yetdi.

Sport turlari ichida eng ommaviylashgan futbol musobaqasida Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi ustozlaridan tashkil topgan jamoa turnir davomida o'z raqiblariga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.

O‘tkazilgan 15 uchrashuvning hammasida ishonchli g‘alabalarga erishgan maktabimiz jamoasi yakunda "Kasaba uyushmasi kubogi" sovriniga ega chiqishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi tumanda nafaqat ilm-ziyo tarqatishda, balki sportda ham o'z ustunligini natija orqali namoyon etdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi va qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👏24🏆8👍3🔥1🎉1🤣1
#Jarayon
#Ochiq_eshiklar_kuni
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida tuman umumtaʼlim maktablari o‘quvchilari uchun navbatdagi "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir davomida maktabimizga kelgan mehmonlarga maktabda ta‘lim olish uchun yaratilgan qulay sharoitlar, jumladan Innovatsion ta‘lim texnikalari, sport majmuasi, oshxona, faollar zali, o‘quv xonalari tanishtirildi.

Eslatib o'tamiz, "Ochiq eshiklar kuni" tadbirlari haftaning shanba kunlari davom etadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
👍161🔥1🥰1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Barcha ko‘rishi shart!

Toshkent shahrida harbiylarning tantanali yurishlari tashkil etildi.
Videoning to‘liq va originalini manabu yerdan ko‘rish mumkin.

🔰 Armiya kundaligi
👍5🫡2🔥1🥰1👏1🎉1🤝1
🔰 “Беш ташаббус олимпиадаси” туман босқичи ғолиблари аниқланди

▫️Косонсой туманидаги 18-мактабда “Беш ташаббус олимпиадаси” доирасида туман мактабгача ва мактаб таълими халқ бўлими тизимидаги умумий ўрта таълим мактаби ўқитувчилари ўртасида “Соғлом танда - сифатли таълим” шиори остида Касаба уюшмаси кубоги спорт мусобақалари туман босқичи бўлиб ўтди.

Мусобақасининг туман босқичида 28та мактаб жамоалари спортнинг 5 та тури бўйича қатнашдилар.

Натижаларга кўра, қуйидаги спорт турлари бўйича ғолиблар аниқланиб, вилоят босқичига йўлланма олишди:
👉 Футбол: Ихтисослаштирилган мактаб жамоаси;
👉 Волейбол (аёллар): 13-мактаб жамоаси;
👉 Стол тенниси (эркаклар): Э.Рахмонов ( 2-мактаб);
👉 Стол тенниси (аёллар): К.Аббосхонова (8-мактаб);
👉 Шахмат (эркаклар): З.Ғайбуллаев (3-мактаб);
👉 Шахмат (аёллар): Г.Сотиволдиева (16-мактаб);
👉 Шашка (эркаклар): О.Нурматов (2-мактаб);
👉 Шашка (аёллар): М.Якубова (28-мактаб).

☑️ Якунда ғолиб ва совриндорларга диплом ва Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Косонсой туман бўлинмаси кенгашининг қимматбаҳо совғалари топширилди.

👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube
👍14🔥2🥰2🤩2