Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Kosonsoy_tuman_IM #Mardlar_qo‘riqlaydi_Vatanni

🇺🇿14-yanvar—Qurolli kuchlarimiz tashkil etilganligining 32 yilligi va "Vatan himoyachilari kuni" munosabati bilan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Shunqorlar" musobaqasi o‘tkazildi.

🖊Musobaqada maktabning Aniq fanlar yo‘nalishi 10-11-sinflari va Tabiiy fanlar yo‘nalishi 11-sinf o‘quvchilarining "Shunqorlar", " Yosh gvardiya", "Avangard" jamoalari quyidagi:
—tezkor savol-javoblar;
—quvnoq startlar;
—armresling;
—tosh ko‘tarish;
—arqon tortish;
—yerga tayanib mashq bajarish;
—turnik tortish;
—favqulodda vaziyatlarda jarohatlanganda birinchi tibbiy yordam;
—sardorlar bahsi kabi bir nechta turlar bo‘yicha bellashdilar.

Qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvda:
🥇1-o‘rin—"Shunqorlar" jamoasiga;
🥈2-o‘rin—"Avangard" jamoasiga;
🥉3-o‘rin—"Yosh gvardiya" jamoasiga nasib etdi.
Tadbir o‘quvchilarda katta taasurot qoldirdi va vatanparvarlik g‘oyalarini singdirishda katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
14-январ Ватан ҳимоячилари куни

🇺🇿Бугунги Ватан ҳимоячилари куни барча ватанимиз ҳимояси ва ривожида турли хил касбларда хизмат кўрсатаётган Ўзбекистон ўғлонларига муборак бўлсин!

Тинчлигимиз абадий бўлсин!
Milliy sertifikat imtihonlarida test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi

🔰 Vazirlar Mahkamasining “Umumta’lim fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini joriy etish to‘g‘risida“ 2020-yil 12-oktabrdagi 646-son qaroriga o‘zgartirish kiritildi.

📱 Unga ko‘ra, umumta’lim fanlaridan milliy sertiikat imtihonlariga talabgorlarni ro‘yxatga olish Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz sayti) orqali amalga oshiriladi.

🌐 Milliy sertifikat imtihonida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tish my.gov.uz sayti orqali amalga oshirilgani sababli talabgordan belgilangan to‘lovning 90 foizi undiriladi.

👨🏻‍🦽 “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimida ro‘yxatga olingan shaxslarga, shuningdek, I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo‘llanadi.

Test natijalari xalqaro metodika – Rash modeli asosida hisoblanadi. Unga ko‘ra:

🔹 70 balldan yuqori ball olgan talabgorga — A+ daraja;
🔹 65 - 69,9 ball olgan talabgorga — A daraja;
🔹 60 - 64,9 ball olgan talabgorga — B+ daraja;
🔹 55 - 59,9 ball olgan talabgorga — B daraja;
🔹 50 - 54,9 ball olgan talabgorga — C+ daraja;
🔹 46 - 49,9 ball olgan talabgorga — C daraja.

A+, A darajali sertifikat olgan abituriyentga OTMlarning bakalavriatiga kirish test sinovlarida ushbu fandan maksimal ball beriladi.

▶️ B+, B, C+, C darajali sertifikat olgan abituriyentga mos ravishda maksimal ballga nisbatan proporsional ball beriladi.

Milliy sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentga tegishli majburiy fan bo‘yicha belgilangan eng yuqori ball beriladi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Video_chat #Chet_tili

2024-yil 17-yanvar kuni o‘tkazilgan chet tilini bilish darajasini aniqlash imtihonlari bo‘yicha video chatning to‘liq videosi

👨🏻‍🏫 Video chatda Bilimni baholash agentligi xodimlari bilan birga turk tilidan mustaqil ekspertlar ham ishtirok etdi.

Unda turk tilidan imtihonda ishtirok etgan talabgorlarning ishlaridan namunalar ko‘rsatilib, tahlil qilib berildi va mavzuga oid savollarga javob berildi.
#Ruhiyat_olami
#KosonsoyIM
#Jarayon

18-yanvar kuni, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida maktab maslahatchisi hamda maktab psixologi tomonidan 7-8- sinf oʻquvchilaridan ularning qiziqishlari, kelajakda qaysi kasblarni egallamoqchi ekanliklarini bilish maqsadida psixologik test olindi.

Bu test psixologik metodlarning tarkibiy qismi bo‘lib, uning natijalari tahlil qilinganda oʻquvchilarning qaysi kasbga koʻproq moyilligini aniqlab olish mumkin bo'ladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf o‘quvchisi Yakubjanov Sanjarbek xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2 (IELTS) sertifikatini qoʼlga kiritdi.

Maktab jamoasi Yakubjanov Sanjarbekni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

Ota-onasi va ustozlariga rahmat.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Болага китоб ўқитишни қачон бошлаган маъқул?

Фарзандигизни китоб ўқитишга қизиқтириш усуллари

Бола китоб ўқишининг фойдали жиҳатлари


🗣Инфографикада кўрсатилган 10 та асосий тавсия ва қоида саволларга батафсил жавоб беради.
❗️Namangan Zakovat klubi 1-liga jamoalari umumiy reytingi.


Ma‘lumot o‘rnida aytib oʻtish joizki, ushbu turnirda Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi o‘qituvchilar jamoasi ham ishtirok etmoqda.
1-liga musobaqalari yakunlangach, turnir jadvalining yuqori besh o'rnini egallagan jamoalar Oliy liga turniri ishtirokchisiga aylanadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#5_tashabbus
#Kosonsoy_IM
#Namangan_viloyat
#Qishki_tatil

📚Muhammadsharif So'fizoda nomidagi Namangan viloyat bolalar kutubxonasi tomonidan tashkil etilgan qishki ta'til vaqtida o'takazilgan ko’rik-tanlov g'oliblari aniqlandi.

G'oliblar yaqin kunlar ichida taqdirlanadi.



🌐Namangan viloyat bolalar kutubxonasi axborot xizmati


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_oʻquvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf oʻquvchisi Yakubjanov Sanjarbek AQSHning Vingate Universitetiga muddatidan avval oʻqishga qabul qilindi va yillik 27.000$ grantga sazovor boʻldi.

Maktab jamoasi Sanjarbekni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Hazrat Mir Alisher Navoiyning sun'iy intellekt tomonidan yaratilgan rasmi

"Meni men istagan oʻz suhbatigʻa arjumand etmas,
Meni istar kishining suhbatin koʻnglim pisand etmas".

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ruhiyat_olami
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o'quvchilari va o'qituvchilari uchun tongni yahshi kayfiyatda kutib olish maqsadida "Bugun siz nimani tanlaysiz?" treningi o'tkazildi.

O'tkazilgan trening mashg'uloti o'qituvchi va o'quvchilarni erta tongdan kayfiyatlarini a'lo darajaga ko'tardi.

Maktab psixologi : Mohidil Shahobiddinova

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab