Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
11-sentabrdan maktablar o‘rtasida “Zakovat” turniri start oladi!

Shu yilning 11-sentabridan boshlab butun respublika hududida Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” turniriga start beriladi. Shu kuni turnirning ta'lim muassasasi (maktab) bosqichi bo‘lib o‘tadi.

Turnir to‘rt bosqichda bo‘lib o‘tadi:

ta'lim muassasasi bosqichi;
tuman (shahar) bosqichi;
hududiy bosqich;
respublika bosqichi.

Ta'lim muassasasi
bosqichida muayyan maktab o‘quvchilari tuman bosqichiga yo‘llanma olish uchun jamoalarga bo‘linib bellashadi. Ta'lim muassasasi bosqichi jami 20 ta savoldan iborat bo‘lgan bir turda o‘tkaziladi.

Ta'lim muassasasi bosqichi yakunlariga ko‘ra eng ko‘p ball to‘plagan jamoa maktab g‘olibi deb e’lon qilinadi. Shuningdek, 2-, 3-, 4- va h.k. o‘rinlarni qo‘lga kiritgan jamoalarning eng iqtidorli a’zolarini jalb qilgan holda g‘olib jamoa negizida 7 nafar (6 nafar asosiy va 1 nafar zaxira) ishtirokchidan iborat maktab terma jamoasi shakllantiriladi hamda navbatdagi bosqichda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.

Shu yilning 12-sentabridan 16-sentabrigacha har kuni butun respublika hududida turnirning tuman (shahar) bosqichi bo‘lib o‘tadi (tuman (shahar) bosqichi o‘yinlarining taqvimi ilova qilinadi).

Tuman (shahar) bosqichida qatnashadigan jamoalardan o‘yinga o‘zlari bilan maxsus shakldagi arizani to‘ldirgan holda olib borishlari talab etiladi (ariza shakli ilova qilinadi).

Tuman (shahar) bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar hududiy bosqichda ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi. Hududiy bosqichda dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar respublika bosqichida ishtirok etadi.

Turnirning tuman (shahar) va hududiy bosqichlari jami 30 ta savoldan iborat bo‘lgan uch turda o‘tkaziladi. Muayyan tumandagi barcha maktab jamoalari bilan bir vaqtda va bir joyda o‘yin o‘tkazish imkoniyati bo‘lmaganda ushbu tumandagi jamoalar bir necha qismga bo‘lgan holda saralashdan o‘tkaziladi.

Turnirning respublika bosqichi jami 48 ta savoldan iborat bo‘lgan to‘rt turda o‘tkaziladi.

Turnirning respublika bosqichida dastlabki uchta o‘rinni egallagan jamoalar a’zolari oliy ta’lim muassasalariga bazaviy to‘lov kontrakt asosida imtihon sinovlarisiz qabul qilinadi. Shuningdek, ularning har biriga bir o‘quv yili davomida har oy “Zakovat” stipendiyasi to‘lab boriladi.

Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Zakovat
#Aql_bahsi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Zakovat" intellektual musobaqasining maktab-saralash bosqichi o'tkazildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
https://t.iss.one/+Dga1JgdGQJs2ZTNi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Zakovat" intellektual musobaqasi uchun guruh. Maktab "Zukko"lari ssilka orqali qo'shilib oling
#5tashabbus
#Kitobxonlik_tadbiri
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 5 muhim tashabbus doirasida ko'plab tadbirlar o'tkazilmoqda. Maktabning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchilari Gulruh Toshboyeva, Xurshida Abdullayeva va Alimardon Abdurahmonovlar o‘quvchi-yoshlar o'rtasida kitobxonlikka muhabbatni oshirish maqsadida talay tadbirlarni amalga oshirib kelmoqdalar.

8-sentabr kuni maktab kutubxonasining o‘quv zalida uyga vazifa tarzida berilgan badiiy asarlar bo‘yicha bellashuv bo‘lib o'tdi. Bellashuvda maktabning yuqori sinf o‘quvchilari g'oliblikni qo‘lga kiritishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Fizika bo‘yicha Nobel mukofoti sovrindori Abdus Salam haqida qiziqarli hikoya:

Pokistondagi olis bir qishloqda tug‘ilib o‘sgan Abdus o‘rta maktabni a’lo baholar bilan tugatib, nufuzli stipendiya yutib oladi. Keyin esa Angliyaning Kembrij universitetining fizika va matematika yo‘nalishi bo‘yicha o‘qishga qabul qilinadi.

1951 yilda 25 yoshli Abdus fizikadan bir qancha qiyin masalalarni yechish orqali Kembrijda yulduzga aylanadi va unda karyerasini  xorijda davom ettirish uchun yaxshi imkoniyat paydo bo‘ladi. Ammo Abdus Salam buning o‘rniga, vatani - Pokistonga qaytib, mahalliy Panjob universitetida jahon darajasi xos, yetuk fizika fakultetini yaratishga qaror qiladi.

Keyin buyog‘iga "sharqona hikoya" boshlanadi. Universitet rektori (hasad qilibmi yoki ahmoqligidanmi) Abdus Salamni fizika fakultetida dekan qilish o‘rniga... universitet futbol jamoasiga murabbiy qilib tayinlaydi . "Yaratib berilayotgan bunday istiqbol"dan tushkunlikka tushgan va hafsalasi pir bo‘lgan Abdus Salam Buyuk ozroq ishlaydi, songra Britaniyaga qaytadi. Britaniyada fizik olimga darhol fakultet dekanligini taklif qilishadi. Natijada, u sohaga doir bir qator ajoyib ilmiy kashfiyotlar qiladi, fizika bo‘yicha Nobel mukofotini oladi va yiliga minglab ingliz olimlarini yetishtiradigan dunyodagi eng yirik ilmiy markazga asos soladi.

Aslida Abdus Salam bunday markazni Pokistonda qurmoqchi edi. Lekin u ona yurtida shunchaki futbol murabbiyi etib tayinlangandi.

Bu hikoyadan xulosa shuki, rivojlanishi qiyin bolayotgan mamlakatlar muammosi umuman bilimda emas, balki bu aqlli boshlardan to‘g‘ri foydalana olmaslikdadir.

Mening shaxsiy fikrim
Kallasi yaxshi ishlaydigan, tashabbuskor, talabchan insonlarni chetga surib, korrupsiyaga, mantiqsiz ishlarga befarq bo'lgan, buyurilgan ishni indamasdan, soqov bo'lib ishni bajaradiganlarni ishga olish va yukoriga siljitish tamoyili "SАLBIY TАNLOV" (Отрицательный отбор) deb ataladi. Аfsus ko'pincha shunday vaziyatni guvohi bo'lyapman, boshimdan ham  o'tgan. Vatanimiz rivojlanishi uchun, bunday vaziyatdan, yuqori tashkilotlar xabardor bo'lishlari va bunga chora ko'rishlari maqsadga muvofiqdir.

Xulosa o‘zingizdan.
🔰 Супер контракт миқдори билан танишинг

▫️2023/2024-ўқув йили қабулида бакалавриат таълим йўналишларига кириш имтиҳонлари натижаларига кўра тўплаган баллари тасдиқланган тўлов-контракт доирасида қабул параметрлари чегарасига 4,05 баллдан ортиқ етмаган, 56,7 баллдан кам бўлмаган ҳолда, қўшимча равишда ўқиш истагини билдирган абитуриентларниг биринчи ўқув йили учун амалда белгиланган базавий тўлов-контракт миқдорларига нисбатан табақалаштирилган тўлов-контракт қийматининг минимал миқдори

P.s: shuncha pulni topguncha ota-onalar sillasi quriydi. Imkon borida o‘qi, o‘quvchi!
https://t.iss.one/olimjonovasevara

Qadrli o‘quvchilar. Ushbu havola maktabning elektron kutubxonasiga "olib boradi". Havola orqali kanalga a'zo bo‘ling va eng sara kitoblarni mutolaa qiling
Vazirlik va idoralar o‘rtasidagi Mustaqillik kubogi yakuniga yetdi!

Ilk bor o‘tkazilgan Mustaqillik kubogi keskin kurashlarga boy o‘tdi. Buni har uchala sovrinli o‘rin egalarining qo‘shimcha savollar orqali aniqlanganidan ham ko‘rish mumkin.

Ellikka yaqin jamoa qatnashgan musobaqada quyidagi jamoalar sovrinli o‘rinlarni egalladi:

🥇1-o‘rin: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi;
🥈2-o‘rin: AOKA Ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha markazi;
🥉3-o‘rin: Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi.

🎁 G‘olib jamoalar diplom va medallar hamda smart televizorlar bilan taqdirlandi!

🏆Shuningdek, musobaqada 1-o‘rinni egallagan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi jamoasiga maxsus tayyorlangan Mustaqillik kubogi topshirildi!
Forwarded from ...
#hamkorlik
09.09.2023
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi 8-A-02 sinf o'quvchilarining ota-onalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat jarayonida yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashda ota-onalar va ustozlarning o'rni haqida alohida to'xtalib o'tildi. Shuningdek o'quvchi yoshlarni o'z maqsadlari tomon olg'a borishlari, ajdodlarga munosib avlod bo'lib shakllanishlari uchun berilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlari maqsadga muvofiqligi ta'kidlandi.
#Sinf_rahbari_Sayyora_Polatova
#Muvaffaqiyat
#Bitiruvchi_2023
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchisi Ibrohimov Muhammadjon Baxtiyor o'g'li O‘zbekistondagi eng nufuzli IT PARK UNIVERSITY xalqaro oliygohi talabasiga aylandi . Muhammadjonga oliygohda to'liq grantda o‘qish to‘g‘risidagi sertifikatni raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov topshirdi.

Muhammadjonni 11 yoshidan beri taniyman, tirishqoqlik va zakovatda, atrofdagilarga nisbatan odobda hammaga namuna ...

Baxtli talabaga tarbiya bergan ota-onasiga va bilim olishida ko‘maklashgan barcha ustozlariga jamoamiz va maktab rahbariyati nomidan minnatdorchilik bildiramiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab