#Tadbir_52
26-dekabr kuni Kosonsoy tumanidagi 52-sonli DIUM da Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Mamlakatimiz taʼlim tizimini yanada takomillashtirish, ilm-fan sohasi rivojlanishiga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 6.11.2020ydagi PF-6108-sonli farmoni ijrosini taьminlash maqsadida umumiy oʻrta taʼlim muassasalari hamda NamDU oʻrtasida imzolangan memorandum asosida umumtaʼlim maktablarining kimyo fani oʻqituvchilari uchun oʻquv seminari oʻtkazildi. Seminarda NamDU dotsentlari va maktabimizning kimyo fani oʻqituvchisi Jalilov Hasanboy oʻz tajribalarini hamkasblari bilan baham koʻrdi.
@ixtisoslashganmaktab

14-yanvar Vatan himoyachilari kuni!
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda sportga oshno qilish, shuningdek 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Kosonsoy tumanidagi 52-sonli aniq fanlarga ixtisoslashtirilgan maktabda ham bir qator tadbirlar boʻlib oʻtmoqda. Bugun sportning futbol turi boʻyicha 5-7-sinf oʻquvchilari oʻrtasida, arqon tortish turi boʻyicha 8-9-sinf oʻquvchilari oʻrtasida, turnikka tortilish va polvontosh koʻtarish boʻyicha 10-11-sinf oʻquvchilari oʻrtasida maxsus bellashuvlar oʻtkazildi. Yakuniy natijalar va gʻoliblar ertaga maʼlum boʻladi.

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli DIUM tibbiyot hamshirasi maktabning oʻquvchi qizlari bilan suhbat olib bordi.

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli DIUMda Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov asarlarini oʻrganish doirasida tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tumanning 52-va 21-sonli maktablari oʻquvchilari oʻzaro bellashdilar. Bellashuvda albatta, oʻzimizning 52-maktab oʻquvchilari gʻoliblikni qoʻlga kiritdilar. Jamoani bellashuvga maktabning ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi Xurshida Abdullayeva tayyorladi.
Maktab jamoasi oʻquvchilarga bellashuvning tuman bosqichida muvaffaqiyat tilab qolishadi.

29-yanvar kuni Namangan shahridagi Yoshlar markazida Yaponiya taʼlim vazirligi mutaxassisi Akixiro Kano xonim va yurtimiz umidli yoshlari ishtirokida trening oʻquv mashgʻuloti boʻlib oʻtdi. Treningda maktabimizning ingliz tili fani oʻqituvchisi Ahmadjon Ahmadjonov va 10-sinf oʻquvchisi Isoqjonov Dilshod ham qatnashdi.
Kano xonim yoshlarga Yaponiya taʼlim tizimi va taʼlim grandlari haqida atroflicha maʼlumot berib oʻtdi. Dilshod ham kelajakda Yaponiya davlatida oʻqish istagini bildirdi va Kano xonim bilan ingliz tilida erkin muloqot olib bordi.
P.s: Dilshod ingliz tili fanida oʻtkazigan viloyat olimpiadasida gʻolib chiqqan.

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Giyohvandlik asr vabosi" nomli tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda maktabning yuqori sinf oʻquvchilari ishtirok etishdi. Xudud profilaktika inspektori Voxidov Anvarjon oʻquvchilarga mavzu yuzasidan maʼlumot berib oʻtdi. Tadbir soʻngida oʻquvchilarga "Ajal ogʻusi" nomli videofilm namoyish etildi.
Oʻquvchilar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida ertalabki saflanishda maktabning tabiiy fanlar oyligi yakunlari boʻyicha taqdirlash marosimi oʻtkazildi. Maktabning kimyo fani oʻqituvchilari Qosimova Oqila hamda Jalilov Husanboy fan oyligida faol ishtirok etgan oʻquvchilarni esdalik sovgʻalari bilan taqdirlashdi.

Kosonsoy tumanidagi 52-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida "Oʻtkir Hoshimov tavalludining 80-yilligiga bagʻishlangan" tadbir boʻlib oʻtdi. Tadbirda tumanning 9 ta maktabi jamoalari gʻoliblik yoʻlida bellashishdi. Yakunda 52-sonli maktab, yani mezbonlar jamoasi gʻalaba qozondilar va tuman bosqichiga yoʻllanma oldilar.
Oʻquvchilarni musobaqaga maktab kutubxonasichisi M.Gʼaniyeva va ona tili va adabiyoti fani oʻqituvchisi X.Abdullayeva tayyorladilar.
P.s: bugun ushbu musobaqaning final bosqichi oʻtkazilmoqda. Yakuniy natijalar bilan yaqin fursatlarda tanishtirib oʻtamiz.