Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Forwarded from PSIXOLOG 52 (PSIXOLOG 52)
Ручканинг инсон ҳаётидаги аҳамияти:

Агар ручкангни йўқотсанг - ручканг йўқ
Ручканг йўқ бўлса - дарс ёзилмайди.
Дарс ёзилмаса - билим олмайсан. Билиминг бўлмаса - имтиҳонда йиқиласан
Имтиҳонда йиқилсанг - дипломинг бўлмайди.
Дипломинг бўлмаса - ишинг бўлмайди.
Ишинг бўлмаса - пулинг бўлмайди. Пулинг бўлмаса - овқат емайсан. Овқат емасанг- озиб кетасан.
Озиб кетсанг - хунуклашиб кетасан. Хунук бўлиб кетсанг - биров сени севмайди.
Биров сени севмаса - уйланмайди, турмушга чиқмайди.
Турмуш қурмасанг-болаларинг бўлмайди.
Болаларинг бўлмаса - ёлғиз қоласан.
Ёлғиз қолсанг - депрессияга тушасан.
Депрессия бу - касаллик.
Касаллик бу - ўлим!

Шундай экан, ҳеч қачон ручкангни йўқотма! 😀
Diqqat!!! Kattalar uchun savol
Diqqat ajoyib savol

Bir kuni avtobus bekatida bir rus qiz o'tirgan ekan. 3 ta yigit kelibdi. Ular qiz bilan rosa ko'z urushtirishibdida so'ng ulardan biri shart qizning oldiga borib qay birimiz yoqdik debdi. Shunda qiz o'n uch oltmish bir debdida aftobusga chiqib ketibdi. U bu bilan nimani ifodalagan.

Javoblarni izohlagan holda 20:20 ga qadar @savol_javob_52_bot ga yuboring

#eslatma 20:20 dan keyin javob yuborganlar bloklanadi.

@ixtisoslashganmaktab
Vaqt bo'ldi. 1361. 1+3=В 6+1=Ы.
Вы ya'ni siz degani.

Bugungi g'oliblarimiz:

🥇 Abbosbek Abdullajonov🏆
🥈 Aziza Isroilova
🥉 Rustam Ismoilov
4 Muhammadjon Abdusamadov

Barcha qatnashganlarga raxmat

@ixtisoslashganmaktab
Dadajon
Yulduz Usmonova
G'olibimiz uchun tuhfa
Forwarded from Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi (Muzaffarbek)
Assalomu alaykum 🌹
Xayrli tong. ☕️

Soatlar ham urar bong
Qani turing otdi tong 🌕
Quyosh nurin taratar 🌞
Ko'rib ko'zlar quvonar 👀
Ortda qolib qaro tun 🌚
Nasib bo'ldi yangi kun 🍂
Kuningiz nurga to'lsin ☀️
Omad sizga yor bo'lsin 🙏

@ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi (Muzaffarbek)
Diqqat!!! Bolajonlar uchun savol:
Topqirmisiz? 10 sekund ichida A harfini toping.


@ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Ufq


🇬🇧 🇬🇧 🇬🇧
"Speaking" jarayoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun 5ta asosiy tavsiyalar.

1. Imtixon oluvchining ishini osonlashtiring!
Imtixon xonasiga kirgach, tabassum bilan salomlashing (shunchaki "hello", qo'l uzatmang, agar imtixon oluvchining o'zi qo'l uzatsa, qabul qiling) va ajratilgan stulga o'tirib, jarayon boshlanishini kuting. Imtixon oluvchidan sog'lig'i, ob-havo yoki oilaviy ahvoli haqidagi biz uchun odatiy bo'lgan savollarni bermang! Hayajonlanayotganingiz haqida gapirmang, ular bunga e'tibor qaratmaydilar va yuqoridagi savollaringiz javobsiz qoladi. Bu siz uchun noxush kayfiyat keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun xonaga kiring, salom bering, joyingizga o'tirib, xotirjamlik bilan kutib turing.
Imtixon oluvchi rasmiy ma'lumotlarni yozib yoki tekshirib olishi mumkin. Sana, passport ma'lumotlaringiz va hokazolarni. So'ngra, test jarayoni qanday kechishi haqida ma'lumot beradi. Unutmang, bular test jarayoninig bir qismi emas, balki bunga tayyorgarlik hisoblanadi. Shuning uchun bu holatda o'zingizni ortiqcha energiya sarflashdan tiyib, xotirjamlikni saqlang. "Good afternoon" yoki "nickname"ingiz (masalan, Mirzomuhammadalixon ismli shaxs o'zini "Muhammad" yoki "Mirzo" deb atashlari mumkinligini taklif qilishi) haqida aytish kerak EMAS! Qachonki "Examiner"(imtixon oluvchi) "In this first part, I'd like to ask you some questions about yourself" demagunicha, o'zingizni xotirjam va kamtar tuting.
Shuningdek, sinov yakunlangach, "thank you", "good bye" deya xonani tark eting. "Imtixon tez tugadimi?" "Nahotki?" "Sizningcha imtixondan o'ta olamanmi yoki..." degan savollar sizda uyg'onishi tabiiy ammo bu savollarni berish foydasiz. Bu savollar "examiner" larni asabiga tegishi va sizdan keyingi navbatda turgan talabgor bilan noxush kayfiyatli atmosfera paydo bo'lishi mumkin. Etiket qoidalariga rioya etsangiz, hammaga foydasi bor. Bular siz uchun sinov jarayonida do'stona muhit yaratilishiga sabab bo'ladi.

davomi bor...

@ufqhorizon
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gigiyenaga töğri kelmasa ham... Harxolda baxtli bolalik😊😊


@ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Ufq

🇬🇧 🇬🇧 🇬🇧
"Speaking" jarayoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun 5ta asosiy tavsiyalar.

2. Savollarga aniq javob bering!
Sinov jarayonida o'zini mutlaqo xotirjam tuta oladigan talabgor katta ehtimol bilan ko'zlangan yaxshi natijaga erishadilar. Imtixon oluvchi juda oddiy, shu bilan birga, kutilmagan savol berib qoladi. Misol uchun: " Nonushta siz uchun qanchalik muhim?" kabi. Albatta bu savolni berishdan avval U o'zining milliy oshxonasi haqida qisman ma'lumot berib, sizni yo'naltirib qo'yishi ham mumkin. Shunda ham savol baribir kutilmagan bo'ladi. Bu vaziyatlardan chiqish uchun ko'pchilik gapni aylantirishga tushib ketadi. Birinchi qismda (Part One) siz qanchalik so'z boyligiga ega ekanligingizni namoyish etishingiz shart emas. Buni Part Three (uchinchi qism)ga olib qo'ying. Birinchi qismda savolni qanday tushuna olganingiz va to'g'ri , aniq javobni bera olishingizni ko'rsatishingiz kerak. Javoblar juda uzun bo'lishi muhim emas, balki to'g'ri bo'lishi inobatga olinadi. Sodda tildan foydalanishning zarari yo'q. Agar jimjimador so'zlarni qidirishga tushsangiz, vaqtingizni va nutqingizni yo'qotib qo'yishingiz mumkin. Agar sizdan qayerda yashashingizni so'rasa, siz o'sha joyning sanoati, zavod - fabrikalari haqida gapirishga tushsangiz, xatolikka yo'l qo'ygan bo'lasiz (ehtimolki "examiner" sizning so'zingizni bo'lib, to'xtatishga harakat qiladi. Bu esa yoqimli manzara emas.

davomi bor...

@ufqhorizon
Forwarded from Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi (NeoZizu 12:54)
Hurmatli kosonsoyliklar!!!

Kosonsoy akademik litseyi 2019-yildan öz faoliyatini yakunlamoqda. Ushbu bilim maskani 10 yilda 1500 nafar öquvchilarni talabalik baxtiga erishishiga asosiy makon bölib xizmat qildi. Uning ish faoliyatini yakunlayotganligi quvonchli holat emas, albatta. Biroq siz tashvishlanmang! Akademik litsey bazasida 52-sonli ixtisoslashgan maktab tashkil etildi va maktab bir yıllık faoliyati davomida tumanda sezilarli maqomga erishib bormoqda. 52-DİUMga bu yıl sentabrdan 390 nafar öquvchi qabul qilinishi rejalashtirilgan. Öquvchilar xuddi ötgan yilgidek, maxsus dastur asosida sinov imtihonlari bilan maktabda öqishga qabul qilinadi. Ha, yanglishmadingiz... Aynan sinov imtihonlari asosida. Chunki, bu holat bizning Nizomda belgilangan.

Joriy yilning 1-30-iyun kunlari öquvchi xujjatlari yuqoridagi körsatma asosida qabul qilinadi. Demak, shoshiling! Örinlar miqdori cheklangan.

Farzandingizning porloq kelajagini biz bilan quring.

5⃣2⃣ ➡️ 🔝📌📌📌📌📌

Maktab jamoasi


@ixtisoslashganmaktab
Африкалик болакай томонидан ёзилган ушбу ҳикоя «2005 йилнинг энг яхши ҳикояси» танловида ғолиб бўлган экан:

«Туғилганимда, мен қора эдим;
Қора бўлиб улғайдим;
Мен қуёшда узоқ турсам, яна қораяман;
Ҳаттоки ўлганимда ҳам қоралигимча қоламан.
Сиз, оқлар эса:
Туғилганингизда — қизғиш бўласиз;
Улғайганингизда — оқарасиз;
Офтобда тобланганингизда — қизарасиз;
Совқотганингизда — кўкарасиз;
Қўрққанингизда — сарғаясиз;
Ўзингизни ёмон ҳис қилганингизда — яшил тусга кирасиз;
Ўлганингизда эса бўзарасиз.
Ва сиз мени рангли (қора танли) дейсиз».


@ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Ufq

🇬🇧 🇬🇧 🇬🇧
"Speaking" jarayoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun 5ta asosiy tavsiyalar.

3. Gaplaringiz(so'zlaringiz) miqdorini sanamang!
Ba'zan "Part One javoblari uchun 2-3 ta gap bo'lishi kerak", degan "maslahat" larga ko'zimiz tushib qoladi. Tasavvur qilish qiyin, qanday qilib savolga javob berayotgan kishi miyasida hisob-kitobni amalga oshiradi?! Haqiqat shuki, ayrim Part One savollariga juda qisqa javob berish mumkin. Masalan: " Siz mashinada ko'p sayr qilasizmi?" degan savolga "Yo'q, hozircha shaxsiy mashinam yo'qligi bois, jamoat transportidan foydalanaman yoki piyoda sayr qilaman", deb javob bersa ham bo'ladi. Bu javob qisqaligi uchun xato deyish mumkinmi?! Ba'zi savollarga esa imkon qadar uzunroq javob bersa ham zarari yo'q. Bunda javoblarning miqdori emas, aniqligi va yo'nalish to'g'ri olinganligi ahamiyat kasb etadi.

davomi bor...

@ufqhorizon
Forwarded from Ufq


🇬🇧 🇬🇧 🇬🇧
"Speaking" jarayoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun 5ta asosiy tavsiyalar.

4. Kartochkadagi kalit "topikcha"larga suyanib qolmang!

Part Two dagi soqov nigohlardan ta'sirlanmang! Ko'p talabgorlar Part Twodan cho'chib turishadi. Tushunish mumkin, gapirayotgan vaqtimizda, ikkinchi tomon ko'zimizga sovuqqina, jimgina tikilib turishi odatiy hol emas. Chunki biz bu kabi vaziyatda gohida tasdiq, ba'zida inkor yoki yana qandaydir emotsional munosabatga (yo'g'e, shunaqami, keyinchi... kabi) ko'nikkanmiz. Shuning uchun uy hayvonlari yoki qo'g'irchoqlarga Part Two topshirib turing. (jiddiy)
Ma'lumki, Part Twoda kartochkalarda beriladigan asosiy mavzuga tayanch sifatida "yonaltiruvchi" "topikcha"lar bo'ladi. Siz esa maksimal darajada e'tiborni asosiy topshiriqqa qarating. Yodda tutish kerakki yo'naltiruvchi "topikchalar"ga bosqichma-bosqich amal qilmaslik, yoki birortasi haqida gapirmay o'tib ketishlikka hech qanday JAZO YO'Q! Aytaylik kartochkada "Hayotingizdagi eng quvonchli xabar" degan topshiriq bor. pastida "qanday xabar", "qachon eshitgansiz", "bundan qanday hissiyotlar olgansiz" kabi "topikchalar" bor. Siz avvalo asosiy mavzu haqida fikr yuriting. Agar bir daqiqalik tayyorgarlik jarayonida fikrlar yetarli bo'lmasa, keyin ulardan foydalansangiz bo'ladi. CHUNKI : Agar ularga suyanib qolsangiz ikki daqiqalik uzluksiz nutqingizni davom ettirishda tez-tez qog'ozga qarashga majbur bo'lasiz, tabiiyki bunda nutq ravonligi siz kutganday yaxshi chiqmasligi mumkin. Asosiy topshiriq ustida ko'proq mashq qiling. "Topikchalar" sizga yordamchilardir. Agar ularga muhtojlik sezmasangiz, ularga ortiqcha suyanib qolmang!

davomi bor...

@ufqhorizon
Forwarded from Ufq


🇬🇧 🇬🇧 🇬🇧

"Speaking" jarayoniga tayyorgarlik ko'rayotganlar uchun 5ta asosiy tavsiyalar.

5. Part Three (Uchinchi qism) da savollarga shaxsiy javoblarni bermang!
Part three o'zaro muloqot shaklidagi fikr almashish uslubidagi jarayon. Asosiy tavsiya shaxsiy tajribangizdan kelib chiqib beradigan javoblarni batamom unuting! Umumiy javob berishga harakat qiling. Masalan: "Chekish sog'liqqa zarar, ammo nega ko'pchilik bu odatni bila turib ham tashlamaydi?" , deb savol berilsa, "Men siqilib qolsam", "Men tashlay olmayapman" "Tashlashim kerak" kabi "men"li javoblarni bermang. Aksincha, "Odamlar" "Ko'pchilik" kabi so'zlar bilan ko'pchilik nomidan javob bering. Atayin "Siz chekasizmi?" deb so'raydigan bo'lsa, "Ko'pchilik qatori..." "Ba'zi insonlar singari..." ko'rinishidagi javoblar ayni muddaodir.

Omad tilaymiz!
Don't panic! It will be easy!

@ufqhorizon
Forwarded from Qalb amri (АЗИЗИМ...)
Бошланғич синфда ўқийдиган қизча, афтидан, ҳали мактабга чиқмаган укаси билан уйга кетяпти. Болакай ўрик дарахтни кўриб қолиб, "Вууй, довучча", деганча дарахтга тирмашиб чиқиб кетди. Опаси пастдан туриб уришиб беряпти, лекин болакайнинг ҳеч тушгиси йўқ.
—Ҳой, туш, ёмон бўлади. Агар ҳозир тушмасанг, дадамга айтиб бераман. Йиқилиб тушасан, туш! Кийимларинг кир бўлади! Тушасанми, учгача санайман, биир... ииккии... тушмайсанми? Энди аниқ айтиб бераман. Ҳозир эгасини чақираман! Туш дедим! Бошингни тепасида роса кўп довучча бор экан, кўрмаяпсанми? Озгина ташлаб юбор. Бўл, тез туш...
Аёл ҳар қандай ёшда ҳам аёл. Уни ҳеч қачон тўла тушуниб бўлмайди. :)

P.S. Позитив учун рахмат, болалар! :)

@fozilmuslim

Bizning safimizga qo'shiling:
@amrqalb
Forwarded from Kosonsoyliklar — Rasmiy kanal (👤 Kosonsoylik Bot)
​​​​🔘 Косонсойга катта футбол қайтмоқда

Ўзбекистон Республикаси Президенти Ш.Мирзиёевнинг 2018 йил 16 мартдаги “Республикамизнинг барча ҳудудларида футболни ривожлантириш тўғрисида”ги қарори ижросини таъминлаш, Ёшларга оид давлат сиёсатини изчил ва самарали амалга ошириш, ёш авлодни Ватанга садоқат, миллий ва умумбашарий қадриятларга ҳурмат руҳида тарбиялаш, иқтидорли ёшларни кашф этиш, уларни ҳар томонлама қўллаб-қувватлаш, истеъдодлари рўёбга чиқишига кўмаклашиш, ёшларнинг бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш, жиноятчиликни камайтириш, ёд ғояларга қарши курашиш, Ёшлар ўртасида спортга бўлган қизиқишни ошириш мақсадида Косонсой туман ҳокимлиги, Косонсой туман тиббиёт бирлашмаси, Ўзбекистон ёшлар иттифоқи туман Кенгаши ҳамкорлигида туманимизнинг “Косонсой” жамоаси қайта тикланди.
Футбол бўйича Ўзбекистон чемпионати 2-лигасида иштирокини бошлаган косонсойлик ёш футболчилар 14 май куни “Косонсой” маказий ўйингоҳида соат 16:00да Наманганнинг “Навбаҳор U 18” жамоаси билан ӯртоқлик учрашуви ӯтказишади.
Барча футбол ихлосмандларини ўз майдонимизда бўлиб ўтадиган учрашувга таклиф этамиз.
Эслатиб ўтамиз, Дилмурод Низомбаев ҳамда Шодмонхон Пӯлатов бошчилигидаги “Косонсой” жамоаси ўз олдига Про-Лигага чиқиш вазифаси қўйилган. Барчангизни ёш футболчиларни ўйингоҳда қўллаб-қувватлашга чорлаймиз.

☑️ Шу ӯринда, "Косонсой" жамоасини ташкил этилишида жонбозлик кӯрсатган туман ҳокими Баҳодир Юсупов, туман ҳокимининг биринчи ӯринбосари И.Султонов ҳамда туман тиббиёт бирлашмаси раҳбари О.Қосимовларга алоҳида ӯз миннатдорчилигимизнм билдирамиз.

©️ Рустамхон Темиров

⭐️  @Kosonsoyliklar 👈🏻 kanaliga qo'shiling
Rasman! Abituriyentlarning uchtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etishi tasdiqlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan 2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalarining test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi bir xil boʻlgan uchtagacha bakalavriat taʼlim yoʻnalishida tanlovda ishtirok etish huquqi berildi, deb xabar berdi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining rasmiy telegram kanali.

2019/2020 oʻquv yili qabulidan boshlab oliy taʼlim muassasasiga oʻqishga qabul qilish boʻyicha kirish test sinovlarini iyul-avgust oylarida oʻtkaziladi.

Abituriyentning test sinovidan toʻplagan ballari haqidagi maʼlumotni test sinovi oʻtkazilgan kunning ertasiga, uning talabalikka tavsiya etilgani yoki etilmagani boʻyicha belgilangan tartibda tasdiqlangan tanlov natijasi esa test sinovlarini oʻtkazish jarayoni toʻliq yakunlangandan keyin bir hafta muddat ichida Davlat test markazining rasmiy veb-saytida eʼlon qilinadi.

@ixtisoslashganmaktab