Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Bizda_shunday_o‘qituvchilar_bor
#Milliy_sertifikat
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining fizika fani o'qituvchisi

Abduxalimov Murodjon Abduolim o‘g‘li

Fizika fanini bilish darajasini baholash milliy imtihonida qatnashib, 58,55 (90,08%) balli B daraja bilan, umumtaʼlim fanini bilish darajasini toʻgʻrisidagi sertifikatni qoʻlga kiritdi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, bunday sertifikatga ega boʻlgan abiturientlarga Bilim va malakalarni aniqlash agentligi tomonidan tegishli fan doirasida oliygohlarga kirish sinovlarda yuqori bal beriladi. Bunday sertifikatga ega pedagoglarga esa oylik maoshlariga ustamalar belgilanadi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️Talabgorlar diqqatiga!

❇️ Ma’lumki, 2025-yildan boshlab kimyo va biologiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari yangi formatda o‘tkaziladi. Talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida Bilimni baholash agentligining rasmiy veb-saytida kimyo va biologiya fanlaridan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari e’lon qilindi.

❇️ Mazkur fanlardan milliy sertifikat imtihonlarida ishtirok etish istagida bo‘lgan talabgorlar quyidagi havolalar orqali spetsifikatsiya, baholash mezonlari hamda namunaviy test topshiriqlari bilan tanishishlari mumkin:

👉 kimyo fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 biologiya fanidan test topshiriqlari spetsifikatsiyasi va baholash mezonlari;

👉 kimyo fanidan namunaviy test topshiriqlari;

👉 biologiya fanidan namunaviy test topshiriqlari.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
⚡️ Talabgorlarga qulaylik!

❇️ Bilimni baholash agentligi tomonidan o‘tkaziladigan chet tili hamda umumta'lim fanlarini bilish darajasini aniqlash test sinovlarida uzrli sabablarga ko‘ra qatnasha olmagan talabgorlar to‘lovni endi my.gov.uz sayti orqali murojaat yo‘llagan holda qaytarib olishlari mumkin.

❗️Bunda talabgorga Bilimni baholash agentligining hisobvarag‘iga kelib tushgan to‘lov miqdori qaytariladi.
#Jarayon
#Zakovat_Quiz
#Aql_jangi

📝📝📝

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7-8-9-10-sinf oʻquvchilari o'rtasida "Zakovat-Quiz" intellektual o'yini bo'li bo'tdi.

✔️✔️✔️
Zukkolar jangida 15 ta jamoa (90 nafar oʻquvchi) bellashdilar. Qizg'in bahslarga to'la kechgan uchrashuvda jamoalar mantiq, tezkor axborot, kino, musiqa, geografiya va badiiy asarlar bo‘yicha bilimlarini qaytadan sinovdan o‘tkazishdi.


Yangi yil bayram munosabati bilan o'tkazilgan "Zakovat-Quiz" intellektual musobaqasi yakunida aniq fanlar yo'nalishi, 8.01-sinfining "Pifagor" jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritishdi.

🏆🏆🏆


Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ochiq_dars
#kimyo


❇️ 27-dekabr kuni Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Kimyo fani o‘qituvchisi Tuldashev Abdukarim tomonidan 9-03 tabiiy sinfda "Oksidlanish-qaytalanish potensiali" mavzusida ochiq dars mashg'uloti tashkil etildi.
❇️ Darsda o'quvchilar mavzu yuzasidan yangi ma‘lumotlarga ega bo‘ldilar.
❇️ Dars jarayonida ko'rgazmali tajribalar va quiz testlardan foydalanildi!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Test_sinovi
#Kosonsoy_TIM
#Dekabr

Maktab maslahatchisi Shuhratjon Sultonov tomonidan  Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bitiruvchi sinf o'quvchilaridan tegishli fanlar kesimida diagnostik test sinovlari o‘tkazilgan edi .

Sinovlarda o‘quvchilar kelgusida o‘zlari tanlagan yo‘nalish imtihonlariga kerak bo'ladigan asosiy va majburiy fanlardan test topshiriqlarini bajardilar.

Sinovlarda ishtirok etgan o‘quvchilarning bajargan ishlari tekshirib chiqildi.

Dekabr oyi sinovlarida yuqori ball to'plagan 3 nafar oʻquvchining har biri 500000 (besh yuz ming) so‘m pul mukofoti bilan taqdirlandi .

1-o‘rin- Abdusalomov Abdug‘ani 172 ball
Matematika, ingliz tili, majburiy fanlar

2-o‘rin- Karimjonov Sultonbek 164,4 ball
Tarix,  ingliz tili, majburiy fanlar

3-o‘rin- Isoqjonova Dildora 155 ball
Ona tili, ingliz tili, majburiy fanlar

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab