Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
877 videos
429 files
3.54K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Kosonsoy_TIM

O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Ahatjonov Alisher dunyo miqyosida Top-1000 universitetlari sarasiga kiruvchi "Malayziya Xalqaro Universiteti" da o‘qishni boshladi. Alisher ushbu nufuzli oliygohning axborot xavfsizligi sohasi bo'yicha bilim olmoqda, shuningdek xorijda orttirgan zamonaviy malakalarini kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida sarflashga bel bog'lagan.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, Malayziya davlati G-20 (katta yigirmatalik) klubiga a‘zo davlat hisoblanadi , hamda 13 ta universiteti Top-1000 talik reytingdan mustahkam o‘rin olgan.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga, uning ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#seminar_trening
#ixtisoslashtirilgan_maktablar

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablarning tabiiy fanlar hamda matematika o‘qituvchilari uchun “Matematika va tabiiy fanlar: zamonaviy yondashuv” mavzusida seminar-treningi o'tkazildi.

♻️Tabiiy fanlarni oʻqitishda tadqiqotchilik (Inquiry-based learning) va loyihaga asoslangan taʼlim (Project-based learning)va “Matematika darslarida raqamli texnologiya resurslaridan foydalanish” mavzularidagi seminar-treningda tadqiqot ishini qanday tartibda olib borish kerak, tadqiqot bosqichlari, tadqiqotga asoslangan ta’lim va loyihaga asoslangan ta’limning afzalliklari jamoalarda ko’rib chiqildi.

📌Shuningdek, raqamli texnologiyalarni matematika o‘qitishda qo‘llashning foydalari hamda matematikada turli mavzularda maxsus raqamli texnologiyalarni qo‘llash borasida amaliy mashg‘ulotlar olib borildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube