Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.8K photos
876 videos
429 files
3.52K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
⚡️Bitiruvchi sinf o'quvchilari uchun ajoyib imkoniyat.

📍Namangan shahrida O‘zbekiston Sharda universiteti tomonidan “Sharda fan olimpiadasi” o‘tkazilmoqda.

🏆Bu maktablarning bitiruvchi sinf o‘quvchilariga Xalqaro universitetda 4 yil davomida 100% grant asosida o‘qish imkoniyatini taqdim etadi. Bundan tashqari, 1 yildan 4 yilgacha, 25 foizdan 100 foizgacha qo‘shimcha grantlar va boshqa qimmatbaho sovg‘alar ham chegirmalar asosida ajratiladi.

Maʼlumot oʻrnida: olimpiada matematika, informatika, fizika, kimyo va ingliz tili fanlari boʻyicha oʻtkaziladi.
#Loyiha_ishi
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchilari Zarina, Diyora, Dilnoza va Humoyunlar fizika fani bo'yicha Loyiha ishi uchun topshiriqni darsdan bo‘sh vaqtlarda bajarmoqdalar.

Loyiha rahbari:

B.Rahmatullayeva
N.Hasanova

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kitobxonlik
#Tavsiya

Agar sizga inson matonati, qanday qilib og'ir ahvoldan yorqin hayotga chiqish yo‘llari qiziqtirsa, o‘tgan asrning 20-40-yillari oralig'idagi odamlar hayoti, armonli sevgi, davlat tuzumi va qatag'on siyosati haqida bilmoqchi bo‘lsangiz, Uzoq Sharq , Moskva, Sankt Peterburg, Toshkent, Dushanbe shaharlarining bir asr avvalgi ko'rinishini, xullas sarguzashtlarga o‘ch bo‘lsangiz- albatta "Yapon zobiti" asarini o‘qishni tavsiya qilaman.

Asar "bir nafasda" o'qib chiqishga arziydi, asar voqeliklarida shiddatni sezadi kishi. Zerikmaysiz, dunyoqarashingiz rivojlanadi.

Asar barcha yoshdagi kitobxonlar uchun mo'ljallangan.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
❗️Namangan viloyati o'quvchilar ligasi bahorgi mavsum 7-turdan so’ng umumiy reyting jadvali.

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi
#Hamkorlik
#Ustoz_yodi
#Joylardan_xabarlar


Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining bir guruh faol o‘quvchilari tashabbusi bilan yana bir savobli va samarali ishga qo‘l urildi.

Maktabning faol oʻquvchilari o‘zlarini boshlang'ich sinflarda o‘qitgan ustozlari holidan xabar olishmoqda va ularga Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alarini taqdim etmoqdalar.

Ushbu harakat mamlakatimiz ta‘lim tizimida joriy etilgan "Ustoz-Shogird" an'anasi davom etishiga xizmat qiladi.

Umumta'lim maktablarida o‘quvchilarimiz Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida yaratilgan shart-sharoitlar va qulayliklar haqida hikoya qilib bermoqdalar.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi bunday ezgu tadbirlarni qo‘llab-quvvatlaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2024

⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul jarayonlari iyun oyidan boshlanadi, imtihonlar esa iyul oyida o‘tkaziladi

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi axborot xizmati rahbari Jo‘rabek Jangirov ma’lum qildi.

Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi.

❗️Agentlik tizimidagi maktablarga o‘quvchilarning ota-onalari yoki qonuniy vakillari tomonidan quyidagi hujjatlar onlayn shaklda Agentlikning rasmiy veb-sayti ariza.piima.uz orqali qabul qilinadi:

➡️o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi;

➡️imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati;

➡️o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari.

✍️ Hujjat topshirish jarayonida o‘quvchilarning ota-onasi (qonuniy vakili) kirish imtihonlari shartlari va talablari bilan tanishganligi to‘g‘risidagi onlayn ofertani tasdiqlaydi.

📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi.

📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi.

✍️ Batafsil


Aʼzo boʻling:
🚀 https://t.iss.one/jangirov_j

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Moziyga_nazar

Mashxur Oʻrta Osiyolik birinchi fotograf va kinematograf Xudoybergan Devonovning hech kim koʻrmagan arxivi topildi.

Xudaybergan Devonov izdoshi va sulola davomchisi Abdulla Yusupovdan Xudoybergan Devonov haqida siz bilmagan noyob ma’lumotlar.

TOMOSHA QILING!

Xudaybergan Devonov - birinchi o'zbek fotografi va kinematografi juda koʻp tarixiy foto va video kadrlar muallifi boʻlib, u kishining biz bilmagan va koʻrmagan tarixiy materiallari anchagina. Bu ma'lumotlarni bizga Xudaybergan Devonovning izdoshi sulola davomchisi Abdulla Yusupov so'zlab berdi.
Abdulla Yusupov o’z umrini Xudaybergan Devonov merosini oʻrganishga bagʻishlagan. Yillar davomida Moskva arxivlarida, Xorazm muzeylarida, odamlarning shaxsiy arxivlarida ishlab, izlanib shaxsiy arxivini boyitib borgan.

Filmda siz, Abdulla Yusupovning shaxsiy arxivida saqlanayotgan Xudaybergan Devonov tomonidan ishlatilgan noyob eksponatlarning bir qismi bilan tanishasiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab