Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.13K subscribers
10.8K photos
876 videos
429 files
3.52K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
O’quvchilar o’rtasida Toshkent xalqaro matematika olimpiadasi o’tkaziladi

Joriy yilning 24-25-fevral kunlari respublikadagi barcha maktablar, akademik litsey va ixtisoslashgan maktablarning 3-11-sinf o‘quvchilari uchun olimpiadaning birinchi bosqichi onlayn o‘tkaziladi.

Jami 450 mln so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega olimpiadaning g‘olib ishtirokchilarini oltin, kumush, bronza medallari, pul mukofotlari, esdalik sovg‘alari, eng muhimi xalqaro universitetda o‘qish uchun 100% lik grantlar kutmoqda!

Barcha ishtirokchilar sertifikatlar bilan taqdirlanadi.

Olimpiadada ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘ting:
➡️ @tasimo_bot

Batafsil ma'lumot olish uchun: +998555084400
📣📣📣📣📣

Al-Xorazmiy nomidagi aniq va tabiiy fanlar olimpiadasining viloyat bosqichi.
🔰 Президент раислигида ижтимоий соҳадаги устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

▫️Соҳа учун масъул 13 та вазирлик ва идора ҳамда 223 нафар ҳоким ўринбосарлари бор.

Лекин таълим, тиббиёт, рақамлаштириш, маданият ва спорт соҳаларидаги ислоҳотларнинг жойлардаги ижросини таъминлашда камчиликлар йўқ эмас.

Масалан, мактабгача ва мактаб таълимида эришилган катта ўзгаришлар билан бир қаторда боғча билан мактаб, мактаб билан коллеж ва олийгоҳ ўртасида узвийлик етарли даражада эмас.

Маҳалла раиси мактабда тарбия ва давомат масалалари, ота-оналар билан ҳамкорлик қилиш билан қизиқмаса, туман ҳокимлари, ёшлар ва ижтимоий масалага масъул ўринбосарлари мактабда маънавият ва спорт тадбирларини ташкил этишга эътиборсиз бўлмоқда.

Шу боис, ўтган ҳафта мактабгача ва мактаб таълими вазирига янги ўринбосарлар тайинланди. Уларнинг олдига таълим, тарбия ва маънавият бўйича мактабларга янги муҳит олиб кириш вазифаси қўйилди.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ikkilik sanoq tizimini tushuntirish bo‘yicha informatiklarimiz uchun vizual kontent #metodika
#Jarayon
#Navoiy_yodi
#Davra_suhbati
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida G‘azal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavallud topgan sana arafasida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbati maktabning ona tili va adabiyoti fani o'qituvchisi M.Rahmonova tomonidan olib borildi . Navoiy ijodiga taalluqli qiziqarli ma‘lumotlar o‘quvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Ma'naviy-ma‘rifiy tadbirlar davom etadi...

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#5_tashabbus_amalda
#Axborot_texnologiyalari
#Kosonsoy_IM

O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi,
Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi,
Innovatsion rivojlanish agentligi,
Robotics Lab ta'lim markazi, shuningdek Japan Digital University
bilan hamkorligida o’tkazilayotgan “The Ninja IT” contest Respublika olimpiadasining 1 va 2-saralash bosqichlari o’z nihoyasiga yetdi.

1898 ta ishtirokachi qatnashgan ushbu musobaqaning yakuniy final bosqichiga 60 ta kuchli dasturchilar yakuniy final yo‘llanmasini qo’lga kiritishdi. Bular orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining o’quvchilari: Murodillayev Ahliyor, Tursunov Abdulaziz, Abdusamiyev Muhammadsolihlar ham bor.

Bugungi saflanmada ushbu muvaffaqiyat egalarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, ushbu musobaqaning final bosqichi joriy yilning 12 fevralda Toshkent shahridagi Japan Digital Universityda bo’lib o’tadi .

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Kosonsoy_IM
#DTM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida DTM sinov  o‘tkazildi. Test sinovida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilarga maktab maslahatchisi Shuhrat Sultonov tomonidan mukofot e'lon qilingan edi.

Natijalarni e'lon qilamiz:
1 -o‘rin Muxtasar 100000 so‘m,
2 -o‘rin Rasuljon 80000 so‘m
3 -o‘rin Bekmurod 80000 so‘m
4-o‘rin Nigina 80000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritishdi.
Pul mukofotlari maktab ma'muriyati tomonidan g‘olib o‘quvchilarni rag'batlantirish maqsadida berildi.


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Videorolik_tanloviga
#Navoiy_yodi
#7.01._sinf
#Kosonsoy_IM


Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 7.01-sinf o‘quvchilari va "Sun‘iy intellekt" yordamida tayyorlagan videoroligi

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab