Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.6K photos
872 videos
427 files
3.46K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Maktab_maslahatchisidan_tavsiyalar

📣 PREZIDENT MAKTABLARI TAJRIBASINI BO‘LISHAMIZ: MAKTAB MASLAHATCHISIDAN TAVSIYALAR-4

Chet el universitetlariga topshirish mobaynida School Profile (maktab haqida umumiy ma'lumot) so‘ralishi va u qanday ko‘rinishda bo‘lishi kerakligini bilasizmi?

❗️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Аxborot xizmati tomonidan yolga qoyilgan "Maktab maslahatchisidan tavsiyalar" ruknining navbatdagi sonida bu haqda batafsil ma'lumot berilmoqda.
____

👉Video Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Xiva shahridagi Prezident maktabi tomonidan tayyorlandi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
🇷🇺 Rossiyaning Nufuzli Universiteti IMTIHONI ga Taklif qilamiz!
🧑‍🎓 Grant o'rinlar soni: 636 ta

🏙 Namangan shahrida Rossiyaning Nufuzli Universitetiga ochiq IMTIHON bo'lib o'tadi.
📝 Universitet Imtihoni 3 ta fandan bo'ladi.
🎓 Grant o'rinlar soni: 636 ta, Kontrakt: Joylar cheklanmagan.
📅 Imtihon kuni: 16 Aprel.

🏢 Universitet afzalliklari:
🇺🇿 O'zbekistonga o'qishni ko'chirish imkoniyati!
🔖 O'zbekistonga Diplom o'tadi!
✈️ Work & Travel Dasturi
🆓 4 yil Mutloq BEPUL O'qish!
💵 Barchaga Oyiga 100$ gacha Stipendiya

📝 BEPUL IMTIHONGA RO’YXATDAN O’TISH UCHUN

❗️ Imtihonlar Namangan shahar Xalq Ta'lim Boshqaramasi yordamida o'tkazilmoqda.

☎️ +998 99 984 1001
☎️ +998 99 986 1001

Telegram  |  Instagram |  🇷🇺Telegram
Forwarded from Hilola Umarova
Namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi?

So‘nggi kunlarda maktab o‘quvchilari bilan bog‘liq turli holatlarni kuzata turib, yurtimizdagi barcha ota-onalarga bir savol bilan murojaat qilishni istadim: bugun biz namunali ota-ona bo‘la olyapmizmi? Namunali ota-ona kim o‘zi?

Ijtimoiy tarmoqlarda farzandlarimiz tarbiyasi, aniqrog‘i tarbiyasizligi bilan bog‘liq ko‘plab videolar tarqalmoqda. Birida o‘g‘il bola o‘quvchi hech tap tortmay ustozi va qiz bola sinfdoshlari oldida kurakda turmaydigan mavzuda gapirishga haddi sig‘ayotgan bo‘lsa, boshqasida bir-bir bilan mushtlashayotgan o‘g‘il-qizlarga guvoh bo‘lish mumkin. Afsuski, bunday holatlar kam emas.

Kelajagimizni ta’minlashda har tomonlama yetuk avlodni tarbiyalash, mustaqil fikrlaydigan, ezgu fazilatlarga ega yoshlarni voyaga yetkazish bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biriga aylanib bormoqda.

Xo‘sh, bunda bugungi ota-onalarning o‘rni va xizmatlari qanday bo‘lyapti? Bugungi namunali ota-onalarning hayotiy mezonlari nimalardan iborat?

Qayd etish joizki Vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Namunali ota-ona” mezonlarida bu haqida quyidagicha muhim ta’riflar keltirib o‘tilgan.

Unga ko‘ra, o‘z farzandining ta’lim-tarbiyasi bilan muntazam shug‘ullanadigan, uni tinglash uchun doim vaqt topa oladigan, farzandida o‘qishga bo‘lgan ishtiyoqni oshirib, unga motivatsiya beradigan ota-onalar bu borada yetakchilik qiladi.

Farzandi ongida ma’naviy qadriyatlarni shakllantira oladigan, uni umuminsoniy va milliy qadriyatlar hamda jamiyatdagi qonun va qoidalarga hurmat ruhida tarbiyalaydigan, bu borada o‘zi shaxsiy namuna bo‘la oladigan ota-onalar ham ushbu mezonga to‘la mosdir.

Farzandining bo‘sh vaqtini kimlar bilan va qanday o‘tkazayotganini doimiy nazorat qilib boradigan, uni ta’lim oladigan maktab jamoasiga nisbatan hurmat ruhida tarbiyalayotgan insonlar namunali ota-onalardir.

Sababi, yuqorida keltirib o‘tilgan o‘quvchilar ishtirokidagi salbiy holatlarning tag zamirida ota-onalarning o‘z farzandi tarbiyasi, kelajak taqdiriga befarqligi va uning bo‘sh vaqtini qanday o‘tkazayotgani bilan qiziqmasligi yotibdi.

Istardimki, ota-onalarimiz, mahalla-ko‘y va bobo-buvilarimiz bolalarimiz bilan ko‘proq suhbat olib borishsa, ularning hayot, odob-axloq, kelajak orzulari, qiziqishlari haqida bolaning o‘zi bilan muloqot olib borsa.

Farzand tarbiyasidagi muvaffaqiyat kaliti bu albatta unga bo‘lgan muhabbat, g‘amxo‘rlik va hurmatdir. Farzand har jihatda namunani ota-onasidan oladi. Namunali ota-ona bo‘lishning shartlari esa juda oddiy va shu bilan birga juda murakkabdir. Ammo uning mevasi shirin, bu – farzand kamoloti va baxtidir.

Shunday ekan, aziz ota-onalar! Zimmangizga yuksak va ma’suliyatli vazifa yuklatilgan, oilangizda o‘rnatilgan namunali tartib va ijobiy muhit nafaqat farzandingiz tarbiyasiga, balki sizning kelajagingizga bevosita ta’sir etishini unutmasligingizni so‘rab qolaman.


Suratda bugungi kunda ikki nafar farzandi Prezident maktabida tahsil olayotgan, ularning ta’lim-tarbiyasida barchaga namuna bo‘la oladigan ota-onalardan biri Abdulhay va Nargiza Jo‘raevlar oilasi.
🔰 Иқтидорли ёшлар - юрт таянчи!

▫️Косонсой туманидаги 8-сонли умумтаълим мактабида «Инсонга эътибор ва сифатли таълим йили»да мактаб битирувчилари ўртасида иқтидорли ўқувчиларни аниқлаш, қўллаб-қувватлаш, олийгоҳларга жалб этиш мақсадида Кореа халқаро университети билан ҳамкорликда ташкил этилган KIUF фан олимпиадаси ўтказилди.

☑️ Олимпиада натижаларига кўра:

👉 математика-физика бўйича
1️⃣-ўрин - Маматхонов Амрилло (9-ДИМИ);
2️⃣-ўрин - Абдусатторов Фозилшоҳ (Косонсой ихтисослаштирилган мактаб);
3️⃣-ўрин - Абдуғаниев Дилшод (10-мактаб);

👉 Математика-информатика бўйича:
1️⃣-ўрин - Холмирзаев Жалолиддин (Косонсой ихтисослаштирилган мактаб);
2️⃣-ўрин Дадажонов Асадбек (9-ДИМИ)
3️⃣-ўрин Абдуллаева Муҳаммадюсуф (26-мактаб).

👉 математика-кимё бўйича:
1️⃣-ўрин - Иброхимхўжаев Ёқубхон (9-ДИМИ);
2️⃣-ўрин - Эшонходжаева Ойшажон (44-мактаб);
3️⃣-ўрин - Дадамирзаева Умида (Косонсой ихтисослаштирилган мактаб)лар ғолибликни қўлга киритишди.
#косонсой_дунё_нигоҳида

🔰 Хитой олимлари ташрифи

▫️Милоддан аввалги III-II асрларда ҳозирги Муғтепа археологик ёдгорлиги ўрнида қадим Косон шаҳрига асос солинган. Археологик тадқиқотларга қараганда, Косон шаҳри Косонсой сойининг чап соҳилидаги табиий тепалик устида, стратегик жиҳатдан қулай жойда барпо этилган. Довонлар империяси, буюк Кушонийлар империяси, Эфталитлар (V-VI асрлар), (VI- VIII асрлар), араблар (VII-IX асрлар), Сомонийлар (IX-X асрлар), ундан кейин Қорахонийлар даврида кўҳна Косон шаҳри пойтахт-шаҳар, ҳарбий-сиёсий марказ ҳамда илму фан, йирик ҳунармандчилик, савдо-тижорат ишлари тараққий этган маданий-иқтисодий марказ мақомига эга бўлган.

Ўтган асрларда қадим Косон европалик олимларни қизиқтириб келган ва кўплаб археологик экспедициялар уюштиришган.

Тадқиқотлар натижасида Косонсой қадимда пойтахт шаҳар, ҳарбий- сиёсий марказ ҳамда илму фан, йирик ҳунармандчилик, савдо тижорат ишлари тараққий этган маданий-иқтисодий марказ мақомига эга бўлганлиги ўз исботини топган.

Бугун археолог олим, профессор Wang Jianxin раҳбарлигида хитойлик олимлар Косонсой шаҳрига ташриф буюриб, Муғтепа археологик объектини кўздан кечирдилар.

Улар кўҳна шаҳар тарихини ўрганишда Муғтепа ёдгорлиги муҳим аҳамият касб этишини алоҳида эътироф этишди.

Меҳмонларга археолог олим, академик А.Асқаров, туман ҳокимининг ўринбосари А.Шералиев, туман маданият ва туризм бўлими мудири Г.Изатуллаева, Косонсой тарих музейи директори М.Акрамов ҳамроҳлик қилдилар.