Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
880 videos
429 files
3.55K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Turon_yo‘lbarslari

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda harbiylik kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan “Turon yo‘lbarslari” harbiy-sport musobaqasining Namangan viloyati bosqichi o‘tkazildi.


Ta’kidlash joizki, musobaqa Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, sport, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarning “Vatan tayanchi” otryad a’zolari o‘rtasida ilk marotaba o‘tkazilmoqda.

Musobaqa davomida ishtirokchi jamoalar bellashuv Nizomida belgilab qo'yilgan amaliy va nazariy bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Yakuniy natija quyidagicha:

To‘raqo‘rg‘on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi — 1-o‘rin;

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi— 2-o‘rin;🔥

Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi — 3-o‘rin.


Musobaqa yakunida g‘olib jamoalar hamkor tashkilotlar tomonidan diplom, kubok, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Go‘lib jamoamizni tabriklaymiz!

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Turon_yoʻlbarslari
#Namangan_viloyati
#Toshkent_viloyati

🤩 Agentlik tizimidagi Namangan va Toshkent viloyatida joylashgan maktab o’quvсhilаri o’rtasida bo’lib o’tgan “Тurоn yoʻlbarslari” harbiy-sport musobaqasining hududiy bosqich yakunlandi unga ko’ra,

📍NAMANGAN VILOYATI:

🥇
To’raqo’rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Axsikent" jamoasi 1-o’rin;

🥈Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi 2-o’rin;

🥉Norin tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Manguberdi izdoshlari" jamoasi 3-o’rin.

📍 TOSHKENT VILOYATI:

🥇Chinoz tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Adolat posbonlari" jamoasi 1-o’rin;

🥈Angren tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Qalqon" jamoasi 2-o’rin;

🥉Nurafshon shahar Prezident maktabining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi 3-o’rin bilan taqdirlandi.

🏆 Musobaqa so’ngida gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Taqdirlash_marosimi
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yosh gvardiychilar" jamoasi taqdirlandi .

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni harbiy xizmatga qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan "Turon yo‘lbarslari" musobaqasining viloyat bosqichida faxrli II o‘rinni egallagan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Yosh gvardiyachilar" jamoasi va ularni musobaqaga tayyorlagan ustozi G‘ulomjon Saidov maktabning tashakkurnomasi hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab