Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.42K subscribers
12.4K photos
930 videos
431 files
3.97K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
❗️O'quvchilar ligasi 10-turdan so’ng umumiy natijalar.

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
Photo
Namangan viloyati "Zakovat" intellektual klubi o'quvchilar ligasi kuzgi mavsum bahslaridagi 381 jamoa orasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 8.01-aniq sinf o'quvchilaridan tashkil topgan "Vektor" jamoasi 6-o‘rinni, yana shu sinfning "Pifagor" jamoasi esa 21-oʻrinda yakunladi.

Sinf rahbari: G'ofirjon Shermatov

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu ""Zakovatchi" sinf o‘quvchilariga minnatdorchilik bildiradi.
#Test_sinovi
#Noyabr
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining yuqori sinf o'quvchilaridan tegishli fanlar kesimida diagnostik test sinovlari o‘tkazildi .

Sinovlarda o‘quvchilar kelgusida o‘zlari tanlagan yo‘nalish imtihonlariga kerak bo'ladigan asosiy va majburiy fanlardan test topshiriqlarini bajardilar.

Ushbu sinovlar maktab maslahatchisi Shuhratjon Sultonov tomonidan tashkil etildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Besh_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sportning futbol turi bo'yicha to‘garak faoliyati ikkinchi chorakda ham davom etmoqda.

Maktab o'quvchilari futbol murabbiyi Afzalxon G‘afurov rahbariligida muntazam ravishda shug'ullanib kelmoqdalar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab