Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
🏆 O‘quvchilar ligasi 2024/25-o‘quv yili kuzgi mavsumi 9-turidan keyingi reyting jadvali

9-turda jamoalar egallagan o‘rni va qo‘lga kiritgan ballarini, shuningdek umumiy jadvalning qolgan qismini ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, ushbu havola ustiga bosing.

Izoh: Yuqori o‘rinlar uchun ochko teng kelib qolganda, liganing keyingi mavsumdagi 1-turi jamoalar o‘rtasida qo‘shimcha savol vazifasini bajarib beradi. Bunda, qo‘shimcha o‘yin 1-turning 1-savolidan boshlab jamoalar o‘rtasida g‘olib aniqlanguncha davom etadi
#Jarayon
#Yong‘in_havfsizligi
#Kosonsoy_IM

Xabaringiz bor, yurtimizda 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar "Yong‘in havfsizligi oyligi " tadbirlari o‘tkazilmoqda. Yong‘in havfsizligi oyligi doirasida Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham o‘quv-profilaktik tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbir Favqulodda vaziyatlar vazirligiga qarashli Kosonsoy tuman Yong‘inga qarshi kurash bo‘limi, Kosonsoy tuman "Elektr tarmoqlari" unitar korxonasi, tuman tibbiyot birlashmasi mutaxassis-xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Mutaxassislar tomonidan o‘quvchilarga yong'inni oldini olish, is gazidan zaharlanish holatlarini erta aniqlab, bartaraf etish ko'nikmalari o‘rgatildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#psychologist_time
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan agentlik maktabi psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan 7-Tabiiy sinf o’quvchilari bilan “Maqsadga intilish” metodikasi o’tkazildi.

Maqsad: o’quvchilarni maqsadga intilish darajasini aniqlash, maqsadlar borasida axborot almashish

🔷Har bir o’quvchining oldiga qo’ygan maqsadlari va unga erishish uchun qilinadigan harakatlar borasida suhbatlashildi.

👩‍💻Maqsadga erishish uchun nimalarga e’tibor qaratish lozimligi maktab psixologi tomonidan tushuntirildi. O’quvchilar yetuk kadr bo’lib yetishishga va’da berishdi.
#Jarayon
#KosonsoyIM
#Memorandum

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi aniq fanlar yoʻnalishi yuqori sinf oʻquvchilari maktab maslahatchisi bilan birgalikda Mikrokredit bank Kosonsoy filialiga sayohat uyushtirishdi.
Mikrokredit bank rahbbari A.Tuychibayev o'quvchilarga bank tizimi haqida umumiy ma'lumotlar berib o'tdi.

Suhbat yakunida kerakli savollarga javoblar olindi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab