Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.6K photos
872 videos
427 files
3.46K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Yosh_akademiklar

🏛 ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Yosh akademiklar" klubi aʼzolarining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Yigʻilish davomida Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabining hozirda Malayziya va Italiya davlatlarida taʼlim olayotgan 2022-2023 va 2023-2024 oʻquv yillardagi bitiruvchilari bilan ZOOM meetingi tashkil etildi.

Maktab maslahatchisi Sh.Sultonov tomonidan oʻquvchilarga "El-yurt Umidi" fondi haqida maʼlumotlar berib oʻtildi.

Yigʻilish soʻngida oʻquvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga kerakli javoblar olishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
🔰 Kosonsoylik o‘quvchilar «RAQAMLI AVLOD-2024» tanlovida e‘tirof etildilar

▫️Joriy yilning 23-noyabr kuni Toshkent shahridagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida robototexnika sohasida iqtidorli o‘quvchilarni saralash va ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida «RAQAMLI AVLOD-2024» tanlovi bo‘lib o‘tdi.

Tanlovda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 9-sinf o‘quvchilari Firdavs Asqaraliyev hamda Muhammadamin Musayibxonovlar «Robo futbol》yo‘nalishida qatnashgan eng faol ishtirokchilarga aylandilar.

Tanlovda ishtirok etgan o‘quvchilarimiz tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga hamda ularning ustozi Baxtiyor Timirovga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️O'quvchilar ligasi 9-turdan so’ng umumiy natijalar.

📡 Zakovat NNT Namangan viloyati Zakovat klubi
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Fan_olimpiadasi
#Viloyat_bosqichi

Fan olimpiadasining III viloyat bosqichi informatika fani bo‘yicha yakunlandi.

Fan olimpiadasining viloyat bosqichi Namangan shahridagi 58-sonli maktabida o'tkazilmoqda. Fan olimpiadasida Kosonsoy tuman Ixtisoslashtirilgan maktabining o‘quvchilari ham ishtirok etishmoqda.

Informatika fanidan natijalar, 10-sinf:

2-o‘rin- Tursunov Abdulaziz
5-o‘rin- Hasanboyev Farruhbek

Ustozi: Abdunabi Rashidov


Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egalariga minnatdorchilik bildiradi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi barcha ishtirokchi o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#psychologist_time
#Kosonsoy_ixtisoslashtirilgan_maktabi

“Zo’ravonlikka qarshi 16 kun”   mavzusida seminar-trening tashkil etildi.

🔷Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida BMT Bosh Assambleyasi tomonidan e’lon qilingan “25-noyabr — Xalqaro ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish kuni”ga bag‘ishlangan 2023-yil 25-noyabrdan 10-dekabrgacha “Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun” turkum tadbirlar tashkil etilmoqda.

Psixolog M.Shoxobiddinova tomonidan maktab lider qizlarga “Zo‘ravonlik holatlari va ulardan himoyalash” mavzusida  ma’lumotlar berildi.

🔷Trening yakunida “Men ushbu treningdan … o’rgandim” deb boshlanuvchi mashg’ulot o’tkazildi. O’quvchilar o’zlariga yangilik bo’lgan ma’lumotlarni birma bir aytib o’tishdi.

🍀🍀🍀Maktab psixologiga bergan ma’lumotlari uchun tashakkkur bildirishdi.