Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.13K subscribers
10.8K photos
877 videos
429 files
3.53K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Psychologist_time
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida maktab psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan maktab jamoasi uchun “Siz yoqtirgan rang va ruhiyat” nomli art terapiya trening mashg’uloti o'tkazildi. Ushbu motivatsion jarayon ranglar yordamida ruhiyatini o'rganish, ijodkorlikni rivojlantirish, fantaziyani oshirib, tasavvurini kengaytirishlariga, o'z-o'zini anglashiga yordam berish va ranglar orqali o'z hissiyotlarini namoyon etishlariga imkon berdi.

🎯 📚Maqsad: Ranglar va shakllar psixologiyasi  ularni  inson ruhiyatiga ta'siri , rang va shakllar- inson xarakterini anglashga yordam beruvchi elementlardir. Ushbu trening pedagoglar o‘rtasida hayotga bo‘lgan rang-barang qarashlarni shakllantirish, hayot go‘zallikka to‘la ekanligini, o‘zligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirga amaliy yordam berdi.

Trening ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari ingliz tili fani oʻqituvchisi Sh.Salomova bilan birgalikda ingliz tili imtihoniga tayyorlanishmoqda
Таълим муассасалари ўқув дастурига ўқотар қуроллар тактик-техник тавсифлари амалий машғулотлари киритилади

“Ўқ отиш спорт турларини янада ривожлантириш ва оммалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги президент қарори қабул қилинди.

👉 https://kun.uz/kr/12421796
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘qituvchilar_bor
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining rus tili oʻqituvchisi Yodgora Rashidova xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi C1 sertifikatini navbatdagi marta qoʼlga kiritdi.

Eslatib o'tamiz, bunday sertifikatga ega pedagoglar oylik maoshlariga 50 foizlik qo‘shimcha ustamalar belgilanishi qonunchilikda ko'rsatib o‘tilgan.

Maktab jamoasi Yodgora Habibullayevnani ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari o‘quvchi qizlari o'rtasida matematika fani olimpiadasi o'tkazilmoqda.

Bunda 5-sinfdan 11-sinfgacha barcha qizlar ishtirok etishlari mumkin!

Olimpiadada ishtirok eting va ajoyib sovg'alarga hamda Yevropa matematika qizlar olimpiadasida ishtirok etish imkoniga ega bo'ling!
#Muvaffaqiyat
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf  o‘quvchisi Zahro Jo‘rayeva xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2 (IELTS) sertifikatini  qoʼlga kiritdi.

Maktab jamoasi Zahroxonni ushbu muvaffaqiyat bilan tabriklaydi.

Sinf rahbari: Xurshida Abdullayeva

Ota-onasi va ustozlariga rahmat.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Forwarded from Hilola Umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
2024-yil 8-noyabr!

Havas, xursandchlik va e’tiroflar kuni sifatida ko‘plab insonlarning yodida qoldi.

122 medal!

Bu tarixiy rekord! Qancha faxrlansak oz, xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida o‘quvchilarimiz 122 medalni qo‘lga kiritishdi.

9 mlrd so‘m!

Bu viloyat, respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilarimiz va ularning ustozlarini taqdirlash uchun davlat byudjetidan ajratilgan summa.
Xususan, eng nufuzli xalqaro olimpiadalardagi medallar uchun:
– oltin medal sohibiga – 187,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 168,75 mln soʻm;
– kumush medal sohibiga – 112,5 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 93,75 mln soʻm;
– bronza medal sohibiga – 75 mln soʻm,
oʻqituvchisiga – 56,25 mln soʻm berildi.

Bu hali hammasi emas!

Ushbu medal egalari davlat granti asosida oliy taʼlim muassasalariga qabul qilinadi, ustozlariga esa kelgusi oʻquv yili uchun 200 foizgacha ustama belgilanadi va toʻgʻridan toʻgʻri oliy malaka toifasi taqdim qilinadi. Nufuzli xalqaro olimpiada gʻoliblari keyinchalik taʼlim muassasalarida oʻqituvchi boʻlib gʻolib boʻlgan fanidan dars bergan taqdirda lavozim maoshiga 150 foiz har oylik ustama oladi.

Bu katta natija!

O‘quvchilarimiz nafaqat ota-onasi va ustozlari, balki Prezidentimiz ishonchini ham oqladi. Bugungi raqamlar ta’lim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlarning shirin mevasi bo‘ldi, desam adashmagan bo‘laman.

@hilola_umarova
Aziz ota-onalar, hurmatli o'quvchilar! Kuzgi ta'til nihoyasiga yetdi, ertadan barcha ta'lim muassasalari kabi bizning Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham II chorak boshlanadi.

Maktab o'quvchilari uchun 4-noyabrdan boshlangan kuzgi ta'til yakunlanib, ertaga, 11-noyabrdan II chorak boshlanmoqda

Barcha o'quvchilardan maktab ichki intizomiga qatʼiy rioya etgan holda, o'quv jarayonlariga o'z vaqtida kelishlarini soʻraymiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Besh_tashabbus_amalda
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida sportning futbol turi bo'yicha to‘garak faoliyati ikkinchi chorakdan yana qayta boshlandi.

Maktab o'quvchilari futbol murabbiyi Afzalxon G‘afurov va Nuriddin Murodov rahbariligida muntazam ravishda shug'ullanib kelmoqdalar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab