Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
875 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
🔰 Косонсой туманида Ўзбекистон касаба уюшмалари куни муносиб нишонланди

▫️Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси Косонсой туман бўлинмаси кенгаши “11 ноябрь – Ўзбекистон касаба уюшмалари куни” байрами муносабати билан “Инсон қадри учун, эл-юрт бахти учун!” деган ғоя асосида “Янги Ўзбекистоннинг янги касаба уюшмалари ўн кунлиги” доирасида тармоқ тизимидаги ташкилотлар иш берувчилари ва бошланғич касаба уюшма қўмитаси раислари иштирокида маънавий-маърифий тадбир ташкил қилинди.

Очиқ мулоқот тарзида ўтказилган тадбирда Косонсой туман хокимининг ўринбосари А.Шералиев хамда туман мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи С.Эргашев иштирокчиларини сана муносабати билан қизғин табриклаб, касаба уюшмалари билан ҳамкорликда олиб бораётган ишлар тўғрисида маълумот бериб ўтди.

Таълим ва фан ходимлари касаба уюшмаси туман бўлинмаси кенгаши раиси А.Сиддиқов касаба уюшмалари тизимида олиб борилаётган кенг кўламли ишлар тўғрисида атрофлича гапириб ўтиб, учрашувда иштирок этаётган иштирокчиларининг қизиқтирган саволларига жавоб берди.

Учрашувда янграган куй қўшиқлар иштирокчиларга яхши кайфият бағишлади. Фахрийлар ва касаба уюшма фаоллари эсдалик совғалар топширилди.

👉 Telegram | Facebook  | Instagram | Youtube
Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
Photo
"Kasaba uyushmalari kuni" ga bag'ishlangan tadbirda Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining Kasaba uyushmasi rahbari G‘ulomjon Saidov ham ishtirok etdi.
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Kosonsoy_TIM

O‘zbekiston Respublikasi ta‘lim tizimida amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar o‘z samarasini bermoqda.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi bitiruvchisi Ahatjonov Alisher dunyo miqyosida Top-1000 universitetlari sarasiga kiruvchi "Malayziya Xalqaro Universiteti" da o‘qishni boshladi. Alisher ushbu nufuzli oliygohning axborot xavfsizligi sohasi bo'yicha bilim olmoqda, shuningdek xorijda orttirgan zamonaviy malakalarini kelajakda yurtimiz ravnaqi yo‘lida sarflashga bel bog'lagan.

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, Malayziya davlati G-20 (katta yigirmatalik) klubiga a‘zo davlat hisoblanadi , hamda 13 ta universiteti Top-1000 talik reytingdan mustahkam o‘rin olgan.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga, uning ota-onasi va ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Psychologist_time
#Kosonsoy_TIM

Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida maktab psixologi M.Shoxobiddinova tomonidan maktab jamoasi uchun “Siz yoqtirgan rang va ruhiyat” nomli art terapiya trening mashg’uloti o'tkazildi. Ushbu motivatsion jarayon ranglar yordamida ruhiyatini o'rganish, ijodkorlikni rivojlantirish, fantaziyani oshirib, tasavvurini kengaytirishlariga, o'z-o'zini anglashiga yordam berish va ranglar orqali o'z hissiyotlarini namoyon etishlariga imkon berdi.

🎯 📚Maqsad: Ranglar va shakllar psixologiyasi  ularni  inson ruhiyatiga ta'siri , rang va shakllar- inson xarakterini anglashga yordam beruvchi elementlardir. Ushbu trening pedagoglar o‘rtasida hayotga bo‘lgan rang-barang qarashlarni shakllantirish, hayot go‘zallikka to‘la ekanligini, o‘zligini namoyon qilish va o‘z-o‘zini bilish qobiliyatini rivojlantirish orqali ruhiy holatni uyg‘unlashtirga amaliy yordam berdi.

Trening ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#KosonsoyIM

🏛 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi yuqori sinf oʻquvchilari ingliz tili fani oʻqituvchisi Sh.Salomova bilan birgalikda ingliz tili imtihoniga tayyorlanishmoqda
Таълим муассасалари ўқув дастурига ўқотар қуроллар тактик-техник тавсифлари амалий машғулотлари киритилади

“Ўқ отиш спорт турларини янада ривожлантириш ва оммалаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги президент қарори қабул қилинди.

👉 https://kun.uz/kr/12421796
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktablarda musiqa, jismoniy tarbiya va harbiy vatanparvarlik fanlari sifatini oshirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube