Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.9K photos
879 videos
429 files
3.55K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Butun_jahon_oziq_ovqat_kuni
#Eco_Schools_Uzbekistan
#Kosonsoy_TIM

  BUTUN JAHON OZIQ OVQAT OYLIGI

🍱Shuningdek, bundan 78 yil avval ushbu sanada Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) tashkil topgan. Butunjahon oziq-ovqat kuni 150 dan ortiq mamlakatlarda nishonlanadi. Bu BMT taqvimidagi eng mashhur xalqaro kunlardan biri hisoblanadi.

🏢 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ushbu sanaga muvofiq biologiya, kimyo, science fani o'qituvchilari tomonidan ochiq darslar tashkil qilindi.

Bunda o'quvchilar oziq-ovqat chiqindilari global muammo ekanligini va ovqatlanish bo'yicha foydali maslahatlarni olishdi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilar kamolotini yuksaltirishga qaratilgan tadbirlar davom etadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Kosonsoy_IM
#Halollik

❇️Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida "Oʻquvchi yoshlar halollik tarafdori" 10 kunlik tadbirlari davom etmoqda.

❇️Bugun maktabning tasviriy san'at o'qituvchisi Davron Boymirzayev rahbarligida korrupsiya va uning salbiy oqibatlariga bagʻishlangan rasmlar tanlovi oʻtkazildi.

❇️Tanlov jarayonida oʻquvchilarga "Korrupsiyaga qarshi qonuniy choralar" mavzusida tushunchalar berilib, ular chizgan rasmlarda mavzu aks ettirildi, oʻquvchilar savollariga tajribadagi misollar bilan maʼlumotlar berildi.

❇️Bu kabi tadbirlar oʻquvchilar tarbiyasida oʻz natijasini beradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#O‘rtoqlik_uchrashuvi

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mini-maydonda sportning futbol turi bo'yicha o‘rtoqlik uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvda Kosonsoy tuman Bolalar va o'smirlar sport maktabi va Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi o‘zaro bellashdilar.

Natijalar:

Kosonsoy_TIM : KosonsoyBO‘SM

3 : 1

Ma‘lumot o‘rnida aytish joizki, maktab futbol jamoasi Afzalxon G‘afurov murabbiyligi qo‘l ostida , darsdan bo‘sh vaqtlarda mashg'ulotlar olib boradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab