Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.39K subscribers
12.4K photos
927 videos
431 files
3.96K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#МОТИВАЦИЯ

Беш қонун


▫️1. Мерфи қонуни. Агар сиз нимадир бўлишидан қанчалик кўп қўрқсангиз, унинг содир бўлиш эҳтимоли катталашади.

▫️2. Кидлен қонуни. Агар сиз муаммони аниқ тушунган бўлсангиз, демак сиз уни 50 фоиз ечдингиз.

▫️3. Вилсен қонуни. Агар сиз ақл билан билимга куч берсангиз, пул сизга муаммо бўлмайди.

▫️4. Гилберт қонуни. Агар сиз бирор иш бошлаган бўлсангиз, мақсадингизга эришиш учун фақат ўзингиз жавобгарсиз.

▫️5. Фолклент қонуни. Агар бирор нарса ҳақида қарор қабул қилишингиз шарт бўлмаса, у нарсани унутинг ва бошқа ишларингиз билан шуғулланинг.
#Jarayon
#Repetition_test
#Bitiruvchi_2024
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11-sinf bitiruvchilaridan iborat o‘quvchilar Namangan shahridagi "Yuksalish" mavzesida joylashgan "Bilim va malakalarni aniqlash agentligi" ga qarashli binoga sayohat uyushtirdilar.

Sayohat davomida o'quvchilar Oliy ta’lim muassasalariga kirish sinovlari o‘tkaziladigan bino, sinovlarni o‘tkazish tartibi, tekshiruv jarayonlari haqida qiziqarli ma'lumotlarga ega bo'ldilar.

Sayohat yakunida o‘quvchilar har birlari uchun "Bilim va malakalarni aniqlash agentligi " tomonidan tayyorlangan Repetitsion sinov-tajriba testida ishtirok etib qaytdilar.

O'quvchilar uchun ushbu sayohatni uyushtirgan maktab maslahatchisi Shuhrat Sultonov, 11-sinf rahbarlari A. Abdurahmonov va A. G‘afurovlarga Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
🔰 Ўзбекистон Республикаси Президентининг "Муборак Рамазон ҳайитини нишонлаш тўғрисида"ги қарори
🟦🟦🟦🟦

🎉Bugun, 9-aprel buyuk ajdodimiz Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.

⚔️Yirik davlat arbobi, ulug' sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-fan va madaniyat homiysi Sohibqiron Amir Temur 1336-yil 9-aprel kuni Shahrisabz shahri yaqinidagi Xo'ja Ilg'or qishlog'i (hozirgi Yakkabog' tumani)da tavallud topgan. Bu yil buyuk sarkarda Amir Temur tavalludiga 688 yil to'ldi.

Buyuk bobomiz Movarounnahrni bosqinchi mo'g'ullardan ozod qilganidan so'ng ulkan imperiyaga asos soladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Milliylik
#Xon_atlas_festivali
#Kosonsoy_TIM

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlari mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Xon atlas” festivalini o‘tkazish an’anaga aylangan.

Ushbu an’anaga ko‘ra joriy yil 8-14-aprel kunlari respublikamizning barcha hududlarida, mahallalarda, vazirlik, idoralar, tashkilotlar va maktablari qatori Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida ham “Xon atlas” haftaligi o‘tkazildi.

Festivalda maktabimiz o‘quvchi qizlari, ayol ustozlari hamda tarbiyachi pedagoglar maktab psixologi M. Shohobiddinova boshchiligida xon atlas va adras liboslari kiyib, milliy liboslarimizni keng yoritilishida o‘z hissalarini qo‘shishdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Ma‘naviy_tadbir
#Amir_Temur_688
#Buyuk_Temur_avlodlarimiz
#Kosonsoy_TIM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida buyuk davlat arbobi, mahoratli sarkarda,  Sohibqiron Amir Temur tavalludining  688 yilligi munosabati bilan " Biz kim mulki Turon amiri Turkistonmiz! " mavzusida ma'naviy- ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir tarix fani o‘qituvchisi Shermatov G‘ofirjonning " Amir Temur va dunyo! " mavzusidagi ma'ruzasi bilan boshlandi. Shundan so‘ng o‘quvchilar o‘rtasida viktorinalar o‘tkazilib, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi.

Tadbir so'nggida Amir Temur tavalludi haftaligida ijodiy ishlar va videoroliklar tanlovlari, shuningdek "Zakovat" intellektual musobaqasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bir guruh faol oʻquvchilar maktab ma'muriyati tomonidan taqdirlandi.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan tarbiya fani o'qituvchisi Sayyora Po‘latovaga minnatdorchilik bildiradi.