Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.15K subscribers
10.7K photos
873 videos
428 files
3.47K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Jarayon
#Sport_sogʻlik_garovi
#Futbol_to‘garagi
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari sportning futbol turi boʻyicha to‘garakda faol qatnashmoqdalar.

Maktabning 5-7-sinf o‘quvchilari jismoniy tarbiya fani ustozlari Nuriddin Murodov va Afzalxon Gʻafurov rahbarligi ostida mashg'ulotlarga zo'r bermoqdalar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev Tataristonda o‘tayotgan “Kelajak o‘yinlari” qatnashchilarini o‘zbek tilida tabrikladi.

2026-yilgi “Kelajak o‘yinlari”ni O‘zbekistonda o‘tkazishni taklif qildi.
📣 DIQQAT, E'LON!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu olimpiadaning Namangan viloyati hududiy bosqichiga Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi mezbonlik qiladi.

Qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha olimpiada mamlakatimiz tarixida birinchi marta o‘tkazilmoqda.

⚡️Ushbu olimpiadalarda:
Olimpiadaning joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi.
▶️ Shuningdek,
2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari;
2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

📝 Olimpiada quyidagi fanlardan o‘tkaziladi:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science

Olimpiada barcha hududlarda belgilangan kunlar mobaynida bir vaqtda bo‘lib o‘tadi.

Topshiriqlar:
🧮 Matematika va Science fanlaridan
Test
Yozma ish

🧬 Fizika, Kimyo va Biologiya fanlaridan
Test
Yozma ish

💻 Informatika va axborot texnologiyalari fanidan
Dasturlash (coding) bo‘yicha o‘quvchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishadi.

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o‘rinlarni egallagan) o‘quvchilar olimpiadaning Agentlik  bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
📣 DIQQAT, OLIMPIADA!!!

❗️Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan  Agentlik fan olimpiadasining respublika bosqichini
🔴
NAMANGAN VILOYAT HUDUDIY BO'LIMI
kanalida onlayn  kuzatib borishingiz mumkin.

📝 Olimpiada natijalari bilan quyidagi guruhlarda tanishib borishingiz mumkin:
Matematika
Fizika
Kimyo
Biologiya
Informatika va axborot texnologiyalari
Science
Qizlar olimpiadasi

Har bir fan va sinflar kesimida 3 nafardan (1-2-3-o'rinlarni egallagan) o'quvchilar agentlik olimpiadasining  respublika gʻolibi, deb topiladi .
#Jarayon
#STEAM_olimpiadasi
#Birinchi_kun

♻️🔰Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida  STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va  axborot texnologiyalari, science) fanlari bo'yicha  5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida  ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlanmoqda.

❗️Eslatib o'tamiz, Agentlik fan olimpiadasiga 23.02.2024 kunidan START berildi.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati hududiy bo‘limi jamoasi barcha ishtirokchi o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilaydi.

https://t.iss.one/piima_namangan
#Jarayon
#STEAM_fanlari_olimpiadasi
#Birinchi_kun
#Namangan_viloyati

♻️🔰Ixtisoslashtirilgan  ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman  ixtisoslashtirilgan maktabida  STEAM (matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va  axborot texnologiyalari, science) fanlari bo'yicha  5-11-sinf o'quvchilari o'rtasida  ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi fan olimpiadasining viloyat bosqichi boshlandi.

O‘quvchilar auditoriya nazoratchilari kuzatuvi ostida tegishli fan doirasida test va yozma ish topshiriqlarini bajaradilar.

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi Namangan viloyati hududiy bo‘limi jamoasi barcha ishtirokchi o‘quvchilarga muvaffaqiyat tilaydi.

https://t.iss.one/piima_namangan