Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.13K subscribers
10.8K photos
876 videos
429 files
3.52K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
Zulfiya mukofotini berish tartibiga o‘zgartirish kiritildi


Prezident farmoni bilan “Zulfiya nomidagi davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi farmonga o‘zgartirish kiritildi. Unga ko‘ra, endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlanadi. Shuningdek, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil (ilgari 2 yil edi) mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi.


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

🏛Ixtisoslashtirilgan maktablar agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashgan maktabi 11.01 sinf o'quvchisi Ahatjonov Alisher AQSH ning Cincinnati universitetiga muddatidan avval o'qishga qabul qilinda va 4 yillik 40 000 $ miqdorida grand sohibiga aylandi.

👆Ahatjonov Alisher IELTS sinovlarida muvaffaqiyat qozonib, xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi B2 (IELTS 6.5) sertifikatini qoʻlga kiritgan edi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Кўринглар. Атиги 20 дақиқа. Ҳаётга муносабатингиз ўзгаради.

Навоийда битта оддий оиланинг 3 та фарзанди Президент мактабига кирибди. Мактабга 24 та ўринга 4000 та ҳужжат топширилган экан. Онасининг ҳикояси ҳам йиғлатади, ҳам мотивация беради.

Болаларнинг муваффақиятга эришишида ота-она нақадар муҳим роль ўйнаши шу оилада яққол кўринган. Умрингиздаги энг муҳим инвестиция – фарзандларга берилган меҳр ва эътибор. У каррасига кўпайиб қайтади. Билимли фарзандлар ота-онасига тож кийдиради.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kosonsoy_IM
#Buyuk_siymolarga_ehtirom
#challenge

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari Agentligi tizimidagi  Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 8.02 sinf o‘quvchisi Islomjonova Munisaning ulug'  mutafakkir  bobomiz Alisher Navoiy tavallud kuniga bag‘ishlab tayyorlagan videoroligi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🗓 Бугун – 9 февраль куни буюк бобокалонимиз шоир, мутафаккир, давлат арбоби Алишер Навоий таваллуд топган кун.

Навоийнинг ҳақиқатда буюк шоирлигига шубҳа билан қараганлар унинг ижодига тегишли мазкур 👆 мисраларни чапдан ўнгга, хоҳласа тепадан пастга қарата ўқиб кўрсин...
#Navoiy_tavalludining_583_yilligi
#Kosonsoy_IM

ALISHER NAVOIY ILMNI ULUG'LAGAN

Nizomiddin Mir Alisher 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, temuriylar xonadoniga yaqin bo‘lgan davlat xizmatchisi Gʻiyosiddin Bahodir oilasida tavallud topgan.

Navoiy 16 ta adabiy janrda ijod qilgan. Shoirning lirik merosi umumiy hajmi 50000 misradan ortiq “Xazoyinul-maoniy” nomli to‘rt devonga jamlangan. Turkiy tildagi ilk “Xamsa" ni 2 yil davomida yozadi. Dunyoning 64 tiliga tarjima qilingan bu asar 51 ming misradan ortiq. Navoiy adabiy merosi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularni vatanparvarlik ruhida, umuminsoniy gʻoyalar asosida tarbiyalashda muhim ahamiyatga ega.

Mutafakkir ilmga muhabbat insonning eng goʻzal va zarur fazilatlaridan biri, har bir kishining eng muhim burchi bilim olishdir, deb hisoblagan.
Hirot shahrida bunyod ettirgan “Ixlosiya” madrasasi yonida maktab ochib, bolalarni oʻqitish va tarbiyalashga homiylik qilgan.

Alisher Navoiy 1501-yil 3-yanvarda vafot etgan.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Navoiyga_ehtirom
#Ixtisosolashtirilgan_maktab

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabida gʻazal mulkining sultoni Alisher Navoiy tavalludiga bagʻishlangan madaniy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

Tadbirni maktab direktori F.Begmatov kirish soʻzi bilan ochib berdi.Tadbir davomida maktab oʻquvchilari Alisher Navoiy ijodidan ruboiy va gʻazallar keltirdilar, XV-XVI asr voqealari sahna koʻrinishida namoyon etildi.

Alisher Navoiy va shoh Husayn Boyqaro oʻrtasidagi munosabatlar oʻquvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbirda namoyish etilgan kuy-qoʻshiqlar va raqslar yigʻilganlarga quvonch bagʻishladi. Bayram tadbirida hamkor tashkilotlar va ota-onalar vakillari ham ishtirok etishdi.

Tadbir soʻngida maktabning faol oʻquvchilari taqdirlandi.

Maktab jamoasi ushbu tadbirni tashkil etishda jonbozlik koʻrsatgan barcha oʻquvchilar, shuningdek ona tili va adabiyoti fani ustozlariga minnatdorchilik bildiradi.


https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab