Kosonsoy ixtisoslashtirilgan maktabi
1.14K subscribers
10.7K photos
875 videos
428 files
3.48K links
🇺🇿Eng zòr ta'lim kanali
Kanalda:
Barcha sinflar uchun boshqotirmalar👨‍🏫
📰 Taʼlim yangiliklari📰
Taklif va shikoyatlar uchun bot mavjud:
https://t.iss.one/Kosonsoy_IMbot
Download Telegram
#Biz_OITSga_qarshimiz
#Kosonsoy_tuman_IM

📆 1-dekabr-Xalqaro OITSga qarshi kurash kuni munosabati bilan Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining "Orasta qizlar" to‘garagi a'zolari tomonidan "Biz OITSga qarshimiz" shiori ostida, milliy qadriyatlarimiz asosida jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

🖌Tadbirda "To‘maris", "Nodirabegim", "Mediklar" va "Zulfiyaxonim izdoshlari" jamoalari 5 ta shart bo‘yicha bellashdilar.

Tanlov natijalariga ko‘ra:
🥇-o‘rin "Mediklar" jamoasiga;
🥈-o‘rin "To‘maris" jamoasiga;
🥉-o‘rin " Nodirabegim" jamoasiga nasib etdi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shavkat Mirziyoyev: “Iqlim muammolari hatto dunyo geosiyosiy arxitekturasiga ham ta’sir ko‘rsatmoqda”

O‘zbekiston prezidenti BAAning Dubay shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning iqlim o‘zgarishiga bag‘ishlangan 2023-yilgi sammitida nutq so‘zladi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Jarayon
#Zakovat_bellashuvi
#Aql_jangi

📝📝📝

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 6-7-8-9-10-11sinf oʻquvchilari o'rtasida ingliz tili oʻqituvchisi Ahadjon Ahmadjonov tomonidan "Zakovat" intellektual o'yinining 4-turi tashkil etildi.

✔️✔️✔️
Bilimlar jangida 12 ta jamoa (72 nafar oʻquvchi) bellashdilar. Qizg'in bahslarga to'la kechgan uchrashuvda jamoalar qimmatli reyting ballarini qo‘lga kiritishdi.

Ma‘lumot o‘rnida aytib oʻtish joiz, Birinchi yarim yillik yakunida g‘olib deb topilgan 3 jamoa qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadilar .



🏆🏆🏆


Barcha ishtirokchilarga minnatdorchilik bildiramiz.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Bizda_shunday_o‘quvchilar_bor
#KosonsoyIM
#Muvaffaqiyat

🔥Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining 11.01-sinf oʻquvchisi Abdillajonov Rasuljon muddatidan avval oliy taʼlim talabasi boʻldi, u Turkiya davlatining Atlas universiteti talabalari safiga qabul qilindi.

👆 Rasuljon Abdullajonov IELTS sinovlarida muvaffaqiyat qozonib, xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi C1 (IELTS 7)sertifikatini qoʻlga kiritgan edi.

Ma‘lumot o‘rnida aytib oʻtish joizki, bitiruvchimiz AQSh ning bir nechta universitetlariga xujjatlarini topshirgan va qabul xatlarini kutmoqda.

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi jamoasi ushbu muvaffaqiyat egasiga minnatdorchilik bildiradi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
#Zakovat
#Kosonsoy_IM
#Reyting

4-turdan so'ng jamoalar egallab turgan o‘rinlar

Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabi.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabining tarbiya fani o'qituvchisi
Sayyora Po‘latova viloyat TV sining "Guldasta" ko'rsatuvi mehmoni

https://youtube.com/watch?v=UosxYRSR-B4&si=xk9HAF75I2OVl8kH
❗️Пиротехника буюмларидан фойдаланганлик учун жарима мавжуд

Пиротехника буюмларини қонунга хилоф равишда ишлаб чиқариш, тайёрлаш, сақлаш, ташиш, жўнатиш, улардан фойдаланиш, худди шунингдек уларни қонунга хилоф равишда Ўзбекистонга олиб кириш ёки ўтказиш – ҳуқуқбузарлик ашёларини мусодара қилиб, 1 млн 700 минг сўмдан 6 млн 800 минг сўмгача жарима солишга сабаб бўлади.

📌 Шунингдек, пиротехника воситалари, қурол ва унинг ўқ-дорилари, ҳарбий мақсаддаги маҳсулотлар рекламасига доир талабларни бузганлик – БҲМнинг 50 баравари (17 млн сўм) миқдорида жарима солишга сабаб бўлади.
#8_Dekabr
#Konstitutsiya_baxtimiz_qomusi
#Davra_suhbati
#Kosonsoy_IM

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Kosonsoy tuman ixtisoslashtirilgan maktabida 8-dekabr - O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan sana munosabati bilan ma‘naviy-huquqiy tadbir bo'lib o'tdi.

Tadbirda mehmon sifatida ishtirok etgan Kosonsoy tuman Adliya bo'limi xodimlari O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining yaratilish tarixi, undagi xalq manfaatlarini ko'zlab qabul qilingan hayotiy normalar, fuqarolarning huquq va burchlari, erkinliklari xususida fikr yuritdilar.

Tadbir davomida o‘quvchilar o'zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan batafsil javob oldilar.

https://t.iss.one/ixtisoslashganmaktab
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Davlat_Konstitutsiyasi
#31_yoshda
Kosonsoy ixtisoslashgan maktabi 8-A-02 sinf õquvchilarining 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya- baxtimiz poydevori" mavzusida tayyorlagan videoroligi.